CREATE TABLE tel_numb(fio text NOT NULL, address text, tel text NOT NULL)
primary key - Maydon birlamchi kalitligini, Ya’ni ilova qilish mumkin bo‘lgan yozuv identifikatori ekanligini aks etadi.
CREATE TABLE tel_numb(fio text, address text, tel text, PRIMARY KEY (fio))
auto_increment – Maydonga Yangi yozuv qo‘shishda maydon unikal qiymat qabul qiladi va jadvalda hech qachon bir xil nomerli maydonlar mavjud bo‘lmaydi.
CREATE TABLE tel_numb(fio text AUTO_INCREMENT, address text, tel text)
default – maydon uchun ko‘zda tutilgan qiymatni aniqlaydi. Agar joylanayotgan yozuvda bu maydon uchun qiymat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shu qiymat kiritiladi.
CREATE TABLE tel_numb(fio text, address text DEFAULT 'Ne ukazan', tel text)
SHOW Komandalar
Ma’lumotlar bazasi muvaffaqiyatli yaratiganini tekshirish uchun, kompyuteringizda qanday ma’lumotlar bazasi mavjudligini ko‘rsatuvchi SHOW DATABASES, komandasini bajarish mumkin:
mysql> SHOW DATABASES;
Hamma jadvallar muvaffaqiyatli yaratilganiga ishonch hosil qilish uchun, SHOW TABLES komandasini bajaramiz.
Tanlangan jadval hamma ustunlari ro‘yxatini quyidagi so‘rov yordamida chiqarish mumkin:
mysql> SHOW FIELDS FROM tel_numb;
DESCRIBE
DESCRIBE Komandasi yaratilgan jadvallar strukturasini ko‘rsatadi va quyidagi sintaksisga ega:
DESCRIBE table_name
Bu erda table_name – strukturasi so‘ralayotgan jadval.
DESCRIBE Komanda SQL standartiga kirmaydi va MySQL ichki komandasidir.
Keling quyidagi SQL- so‘rov bajarib forums, jadvali strukturasini ko‘ramiz:
mysql> DESCRIBE tel_numb;
MySQL ma’lumotlar bazasidan jadvalni o‘chirish (DROP TABLE)
Jadvalni O‘chirish uchun DROP TABLE komandasidan foydalaniladi
DROP TABLE table_name
table_name – o‘chirilayotgan jadval nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |