4-amaliy mashg‘ulot (4 soat) statistika jadvallari va grafiklari


Download 187.55 Kb.
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi187.55 Kb.
#1764326
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

4-amaliy mashg‘ulot (4 soat)

STATISTIKA JADVALLARI VA GRAFIKLARI


Maqsad: Statistika jadvallari, statistik grafiklar turlarini va uning qo’llanilishini, ahamiyatini talabalarga yetkazish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi, 2002 yil 26 dekabr.
2. Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 40-58 betlar., Noutbuk va tarqatma materiallar
3. http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:


4.1. Statistika jadvallari
4.2. Statistikada grafiklar
4.3. Statistik grafiklar turlari
Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.
Tashqi ko’rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi.
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi (4.1-sxema).
Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali); kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha: informatsiya tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) jadvallarga bo’linadi (4.2-sxema).
Oddiy jadvallar deyilganda egasi faqat hodisalar, yillar, ob’ektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallarga aytiladi.
Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va xronologik jadvallarga bo’linadi. Jadval egasida hodisalar sanog’i berilishi mumkin.
4.1 – jadval. Tuman oziq-ovqat do’konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi




Download 187.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling