4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. Ishning maqsadi
Download 299.46 Kb.
|
4-AMALIY ISH
Dizayn bo’yicha murakkab logotip
Agar logotipda ko’plab yorqin ranglar mavjud bo’lsa, u qora-oq variantda yaxshi qaralishini tekshirish zarur. Logotip uchun ikkidan ortiq ko’pi bilan uchtadan ortiq rang qo’llanishi tavsiya etilmaydi. Biroq, agar firma blankalarini rangli printerda bosib chiqarish kerak bo’lsa, u holda qanday yo’l tutilishi mumkin? Yaxshi logotip qora-oq gammada ham juda yaxshi qaraladi. Dizaynda texnik vazifa tuziladi va uni mijozga to’ldirishi uchun topshiriladi. Logotip, afsuski, bayon etilishi (ayniqsa so’zli) dizaynning tugallangan mahsulot to’g’risidagi tasavvuriga har doim ham mos kelavermaydi. Buyurtmachi har doim ham atamalarga tushunavermaydi yoki badiiy savodi yo’qligi uchun sizning maketingizdan u nima istayotganini bilmaydi. Shuning uchun texnik vazifani bexato, bilimdonlikda aniq va ravshan to’ldirilishi sizni o’nlab ortiqcha variantlarni yaratishdan saqlaydi va vaqtingizni hamda kuchingizni tejashga imkon beradi. Logotip turlari qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz. Shakldor logotip shakllardan tashkil topadi; qoidaga ko’ra shakllar nimanidir ifodalaydi va kompaniya bilan uyushgan holda bo’ladi, masalan, agar bog’ xo’jaligining logotipida olmadan foydalanilsa, bu firma nima bilan shug’ullanishi tushunarli bo’ladi. Shriftli logotip harflardan tuziladi; u firma nomi yoki slogandan iborat bo’lishi mumkin. Standart shriftlardan foydalanilgani kabi qo’lyozma va dekorativ shriftlardan ham foydalaniladi. Bunday logotiplarni yaratishda ko’pincha berilgan kompaniya uchun maxsus o’ziga xos shriftlar ishlab chiqiladi. Yozuvli shakldor logotip. Harf va shakllar uyg’unlashuvi uchun qo’llaniladi; bunday variant ko’p uchraydi. Ba’zan ma’lum shakllarga yozilgan harflar ham bo’ladi. 90-rasm. Mashhur firmalar logotiplari Bunda dunyoda mashhur kompaniyalarning logotiplari ko’rsatilgan. Logotiplar har xil shakllar va yozuvlarga ega, ba’zilari faqat shakllarga, ba’zilari esa faqat yozuvga ega. E’tibor bering – logotiplarda o’ziga xos ajoyib shriftlardan foydalanilgan. Download 299.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling