4-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Chizma geometriya va chizmachilik belgi hamda simvolikalari. Fanlararo munosabatdagi o‘z va o‘zlashgan, umumiylikka EGA bo‘lgan tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlar
Proeksiyalar tekisliklarini belgilash
Download 442.96 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu Chizma geometriya va chizmachilik belgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Proeksiyalar o‘qi x, y, z bilan belgilanadi;
- 11. Chiziqning izlarini belgilash
- 12. Tekislikning izlarini belgilash
- 13. Yordamchi nuqtalar
- Fanlararo munosabatdagi o‘z va o‘zlashgan, umumiylikka ega bo‘lgan tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlar.
8. Proeksiyalar tekisliklarini belgilash:
Vyoki P 2 - frontal proeksiyalar tekisligi, H yoki P 1 - gorizontal proeksiyalar tekisligi, Wyoki P 3 - profil proeksiyalar tekisligi. Almashtirilgan proeksiyalar tekisligi - P 4 , P 5 , P 6 ,. . . yoki V 1 ,H 1 ,W 1 , V 2 ,H 2 , W 2 bilan belgilanadi. 9. Proeksiyalar o‘qi x, y, z bilan belgilanadi; x - abssissa o‘qi, y - ordinata o‘qi, z - applikata o‘qi. 10. Nuqta, chiziq, tekislik, sirt va boshqa geometrik figuralarning proeksiyalari harf va raqamlarga qo‘yiladigan - quyi / 1 , 2 , 3 / yoki yuqori / I , II , III / indekslarni qo‘yilishi bilan belgilanadi. Masalan: a) A I yoki A 1 – A nuqtaning gorizontal proeksiyasi, b) A II yoki A 2 – A nuqtaning frontal proeksiyasi, v) A III yoki A 3 – A nuqtaning profil proeksiyasi, g) a,b I yoki a 1 ,b 1 - chiziqning gorizontal proeksiyasi, d) a II , b II yoki a 2 , b 2 - chiziqning frontal proeksiyasi, e) a III , b III yoki a 3 , b 3 - chiziqning profil proeksiyasi, j) α I , β I , γ I yoki α 1 , β 1 , γ 1 – sirtlarning gorizontal proeksiyasi, z) α II , β II , γ II yoki α 2 , β 2 , γ 2 – sirtlarning frontal proeksiyasi, i) α III , β III , γ III yoki α 3 ,β 3 ,γ 3 – sirtlarning profil proeksiyasi. Almashtirilgan (o‘zgartirilgan) proeksiyalar tekisliklaridagi preksiya belgilari quyi indekslar bilan yoki quyi indeks bilan birga yuqori indekslar qo‘shilgan holda birgalikdagi shaklda ham qo‘yiladi. Masalan: A 4 , A 5 , A 6 , . . . ; A 1 I , A 1 II , A 1 III ; A 2 I , A 2 II , A 2 III , . . . . 11. Chiziqning izlarini belgilash: a) a H , b H , c H - to‘g‘ri chiziqning gorizontal izi, b) a V , b V , c V - to‘g‘ri chiziqning frontal izi, v) a W , v) b W , c W - to‘g‘ri chiziqning profil izi, g) a 1 H , b 1 H , C H - to‘g‘ri chiziq gorizontal izining gorizontal proeksiyasi, d) a 1 V , b 1 V , C V - to‘g‘ri chiziqning frontal izining frontal proeksiyasi, e) a 1 W , b 1 W , C W - to‘g‘ri chiziqning profil izining profil proeksiyasi va boshqalar. 12. Tekislikning izlarini belgilash: a) P H , T H , R H - tekislikning gorizontal izi, b) P V , T V , R V - tekislikning frontal izi, v) P W , T W , R W - tekislikning profil izi. 13. Yordamchi nuqtalar: A O , B O , C O , D O Geometrik figuralarning o‘zaro munosabatini belgilaydigan Fanlararo munosabatdagi o‘z va o‘zlashgan, umumiylikka ega bo‘lgan tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlar. Tilimizdagi mavjud so‘zlar, atamalar, terminlar ma’nolarining kengayishi va torayishi, ma’nolarning o‘sishi, ma’no ko‘chishi tarzda ro‘y beradi. Ular qanday tarzda ro‘y berishidan qat’iy nazar, bilish jarayonining boshlangdch bosqichi hisoblangan, idrok etishning tovush asosidagi madumot bodib, bilish jarayonida bilim manbai hisoblanadi. Idrok va tafakkur qilish jarayonlarida ilmiy va amaliy ahamiyatlarga ega bodgan tegishli tushunchalar hosil bodishida ishtirok etadi. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalar tizimining shakllanishi ular tomonidan ilmiy bilimlar tizimini egallashning muhim ilmiy elementlaridan biridir. Har bir o‘quv fani o‘zaro bogdangan asosiy ilmiy tushunchalar tizimidan tashkil topgandir. O‘quvchilarning fan bo‘yicha toda bilimlarining sifati esa tushunchalarning qanday va qanchalik o‘zlashtirilganligidan kelib chiqadi. Demak, maktab chizmachilik kursini odganish uchun uning mazmunini egallash lozim. Chizmachilik kursining mazmunini esa asosan, chizmaning proeksion mohiyatini qamrab oluvchi turli xil tushunchalar, qisqartma va qoidalar to‘plami hisoblangan ESKD-KHYAT (Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi) standartlari tashkil etadi. Tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib qonun va nazariyalarning o‘zlashtirilishi haqida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas. Tushunchalarni egallash o‘quvchilarning tahlil va sintez, solishtirish va taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi amallar bajarish orqali faol aqliy faoliyatlari bilan bogdiq. Biron bir fikrni tushunchalar bilan amallar bajarmay turib ifodalashning iloji yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarda shakllantirilayotgan tushunchalar ular tomonidan qanchalik yaxshi o‘zlashtirilsa, ularda muhokama, xulosa tuzish shunchalik yengillashadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, maktab chizmachilik fanidagi odganilayotgan materialdagi turli xil ilmiy tushunchalar va ularning ta’riflari bularning majmuasidir. Bayon etilgan fikrlar bilan tushunchalaming shakllanishidagi munosabati chegaralanib qolmaydi. O‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirishi o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga o‘quv materialini ilmiy tilda bayon etishga imkon beradi. Boshqacha ta’riflaganda, didaktikaning ilmiylik prinsipini amalga oshirishning qulay manbaidir. Ta’lim jarayonida tushunchalaming rivojlanishi bilan fandagi rivojlanishida bir qancha umumiy jihatlari, shuningdek, mohiyatan farqlari mavjud. Fandagi singari ta’limda tushunchalaming shakllanishi va rivojlanishi dialektik ziddiyatli, murakkab jarayondan iborat. O‘quvchilar tushunchalarni darhol o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan uning mazmunini, hajmini, boshqa tushunchalar bilan aloqasini bilib boradi. Tushunchalarni o‘zlashtirish o‘rnatilgan ilmiy va yangi faktlarni tushuntirishga yetarli bo‘lmagan, mavjud tushunchalar bazasi o‘rtasidagi hosil bo‘lgan ziddiyatni yengib o‘tish asnosida amalga oshiriladi. Fanda (ilmiy bilishda) tushunchalaming hosil bo‘lishi va rivojlanishi - olimlarning ijodiy izlanishlarining mahsulidir. Ta’limda esa o‘quvchilarda tushunchalaming shakllanishi o‘qituvchi rahbarligi ostida sodir bo‘ladi. Bu o‘qituvchining o‘quv dasturi bilan, o‘quv qo‘llanma va ta’lim nazariyasi va amaliyotining holati bilan aniqlanadigan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati natijasining mahsulidir. Ilmiy bilishda tushunchalaming hosil bo‘lishi va rivojlanishi- ongning ob’ektiv dunyoni chuqurroq anglashdagi, uzoq jarayon davom etadigan rivojlanishining natijasidir, bilishning bir qancha bosqichining yig‘indisidir. Ta’lim jarayonida esa, o‘quvchilarda fanning tarkibiga kirgan va qat’iy tasdiqlangan, insonlarning ilmiy va amaliy faoliyatlarida keng qo‘llaniluvchi tushunchalaming shakllanishi yuz beradi. Bu jarayonda ham tushunchaning rivojlanishi sodir bo‘ladi, ammo u faqat o‘quvchilarning ongidagina sodir bo‘ladi, bu yerda yangilik elenmenti sub’ektiv xarakterga egadir. Ilmiy bilishda tushunchalar yordamida ongimizda aks etuvchi narsa va hodisalarning ham hossalarini ajratish - o‘nlab olimlar, ba’zida esa, turli xil mamlakat olimlari avlodining ijodiy faoliyatidir. O‘quvchilar esa tushunchalami ta’lim muassasalarida o‘qish davrida o‘zlashtirishadi. Fanda bir tizimning tushunchalarini o‘zlashtirishda boshqa tizimdagi tushunchalar bilan ularning o‘zaro bogdiqligi sharti amalga oshirilsa, o‘zlashtirilish samaraliroq bodadi. Mazkur fan tushunchalarining o‘zlashtirilishida fanlararo bogdanish shartiga rioya etilsa, bu jarayon jadallashadi. Zamonaviy ta’lim sharoitida, ilmiy informatsiyalarning hajmi tobora ortib borayotgan bir vaqtda, fanlararo aloqani amalga oshirish borgan sari katta ahamiyatga ega bodib bormoqda. Fanlararo bogdanish bu odganiladigan o‘quv materiali mazmunida, uning strukturasi va ta’lim berish metodlarida ilmiy fanlar o‘rtasidagi aloqaning aksidir. Ta’lim jarayonida fanlararo aloqaning o‘rnatilishi diqqatni oshirishga sharoit yaratuvchi omillardan biri bodib, fanlarning o‘zaro bir- biriga odishi, ularning integratsiyasi hisoblanadi, bu esa xususiy ilmiy tushunchalarni umumilmiy yoki bir qator fanlar uchun umumiy bodgan tushunchalarga aylanishiga olib keladi. Ma’lumki, maktab chizmachilik kursi bevosita aloqador fanlar va shuningdek, qardosh fanlar bilan spetsifik xarakteri hamda ayrim ilmiy terminlarining integratsiyasi bilan zich yoki sayoz darajada bogdangan. Bu rivojlanishdagi jarayon bodib, hozirgi kunga kelib bu fan bogdanish kodamining kengligi bilan boshqa fanlardan qolishmaydi, mehnat, matematika, tabiatshunoslik, geometriya, tasviriy san’at, fizika, ximiya, geografiya va hozirgi kunda informatika bilan chambarchas aloqadadir. Maktab chizmachilik kursini odganish davomida fanlarning mazkur aloqalarda bodishi vaqtiga qarab ularni uchta guruhga ajratish mumkin: 1. Oldindan aloqada bodgan fanlar; 2. Hamohang, birgalikda aloqadagi fanlar; 3. Keyingi aloqada boduvchi fanlar. Bu aloqalarini ko‘rib chiqsak - 8 sinfda o‘quvchilar o‘quv fanining boshida “chizma va texnik rasm” tushunchasi bilan tanishadilar, chiziq turlari to‘g‘risida tasavvur shakllanadi va chizma bajarish (geometrik yasashlar) va ularga odcham qo‘yish qoidalari (standartlar)ni odganadilar. Kursning ikkinchi yarimida chizma hosil bodishining nazariy asoslari (proeksiyalash)ni odganishadi va ularda fazoviy tasavvur qilish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Kodinishlar (bosh-olddan kodinish, ustddan va chapdan kodinish) va aksonometrik (izometrik, dimetrik) proeksiyalar to‘gdisida ma’lumotlar bilan fazoviy tasavvur rivojlantiriladi. Fanni o‘qish davomida eskizlar to‘gdisida ma’lumotlar qo‘shiladi va bu bilan chizma bajarish tartibi ketma-ketligiga rioya etishga odgatiladi. 9 sinfda chizmachilik fanining boshida 8-sinfda olingan ma’lumotlar chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Keyinchalik o‘quvchilar kesimlar va qirqimlar to‘gdisidagi ma’lumotlar bilan tanishadi. Ularda fazoviy tasavvur dinamikasini oshirishga qaratilgan bir nechta loyihalash masalari beriladi. Fanning ikkinchi yarmida ular mashinasozlik chizmachiligiga oid ma’lumotlar bilan tanishadilar. Standart detallar - bolt, gayka, shayba, vint, va boshqa shu kabi rezbali biriktirish detallari to‘g‘risida tushunchalarga ega bodishadi va ularning tasvirlanishini va chizmada unga qarab o‘qishni odganishadi. Kurs oxirida yig‘ma birlik, yigdsh chizmasi, spetsifikatsiya, sxema, qurilish chizmasi haqida tushunchalar olishadi. Ularni bajarish (chizish) to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bodishadi. Nazorat uchun savollar: 1. Chizmachilik tayanch tushunchalarni ifoda qiluvchi terminlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlili haqida nimalarni tushindingiz? 2. Chizma geometriya belgi va simvolikalar mazmuni nimada? 3. Geometrik figura va ularning munosabatlari uchun belgi va simvolikalar mustaqil belgilang. Download 442.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling