4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Detallarni plastik deformatsiyalash usulida ta’mirlashni o‘rganish
Download 86.08 Kb.
|
4-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Detallarni nakatkalash.
Detallarni to‘g‘rilash. Detalning buzilgan shaklini tiklash jarayoni to‘g‘rilash deyiladi. Bunday usulda egilgan va buralgan detallar tug‘rilanadi (35-rasm). To‘g‘rilashda ta’sir etuvchi kuch Rd ning yo‘nalishi kerakli bo‘lgan deformatsiya δ ning yo‘nalishiga mos keladi.
Tashqi kuchlar yordamida qizitib to‘g‘rilash, ta’mirlash korxonalarida nisbatan kam qo‘llaniladi. Ularda, asosan, tashqi kuchlar bilan sovuq holda to‘g‘rilashdan foydalaniladi. To‘g‘rilash natijasida turg‘un bo‘lishini ta’minlash uchun to‘g‘rilashni 400-4500 S temperaturaga qizitib bajarish lozim. Bunday qizitishda qoldik ichki kuchlanishlar kamayib, detalning ishlash qobiliyati 90% gacha tiklanadi. Mahalliy naklyop bilan to‘g‘rilash tirsakli valning urishi valning butun o‘zunligi bo‘yicha 0,03…0,5% dan ortiq bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Naklyop tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini tutashtiruvchi yo‘zaga zarb berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tirsakli val buyinlarini jilvirlashdan oldin valni to‘g‘rilash yaxshi natijalar beradi, chunki bunda yuniladigan metall qatlamini kamaytirish mumkin. Valni sovuq holda to‘g‘rilagandan so‘ng, uni 1000 S gacha qizitib, shu temperaturada 3 soat ushlab turiladi. So‘ngra darz bor-yo‘qligini defektoskopda tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Detallarni nakatkalash. Detal metalini rolikning tishlari yordamida siqib chiqarish yo‘li bilan uning tashqi diametrini kattalashtirish jarayoni nakatkalash deyiladi. Nakatkalashda ta’sir qiluvchi kuch yo‘nalishi talab qilingan deformatsiya δ ga qarama-qarshi bo‘ladi (36-rasm). Bu usulda detalning o‘lchami uning ishchi qismlaridan metallni siqib chiqarish hisobiga o‘zgaradi. Nakatkalash o‘tkir tishli, toblangan roliklar bilan bajariladi, bunda detalda g‘adur-budur yo‘zalar hosil bo‘ladi. To‘g‘ri va qiyshiq tishli roliklar bilan nakatkalanganda yaxshiroq natijalarga erishish mumkin. Nakatkalash roligi U-12 po‘latdan yasalgan bo‘lib, uning qattiqligi HRC bo‘yicha 50-55 birlikni tashkil etadi. Nakatkalashda tayanch yuza 50% gacha kamayishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nakatkalangan yo‘zaning eyilishiga qarshiligi jilvirlangan tyokis yo‘za eyilishiga qarshiligining 87% ini tashkil qiladi. Nakatkalashda val diametri 0,4 mm gacha oshishi mumkin. Nakatkalashni kam eyilgan valning bo‘yinlarida amalga oshiriladi. Nakatkalash usuli bilan ta’mirlanadigan detallarga quyidagi talablar qo‘yiladi: Download 86.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling