4-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: otda buyruqlar qatori


Download 182.59 Kb.
bet2/11
Sana30.04.2023
Hajmi182.59 Kb.
#1410777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-Amaliy mashg‘ulot. OTda buyruqlar qatori

MS DOS tarkibi. MS DOS operatsion sistemasi quyidagilardan tashkil topgan:

  1. IO.SYS va MSDOS.SYS diskli fayllar. Bu fayllar MS DOS ning asosiy sistemali fayllari bo‘lib, kompyuter ishga tushirilganda ular operativ xotirada doimiy joylashadi va MS DOS ning asosiy dasturlarini o‘z ichiga oladi. Ular diskning o‘zak katalogida joylashadi va MS DOS ni ishga tushiradi. Bu fayllardan oddiy yo‘l bilan yumshoq diskka nusxa olish mumkin emas.

  2. COMMAND.COM (buyruq protsessori) fayli. Bu fayl ham diskning o‘zak katalogida joylashgan bo‘lib, MS DOS ning asosiy buyruqlarini bajaradi. Bunda u kerakli dasturlarni topadi, operativ xotiraga yuklaydi va boshqaruvni uzatadi. Natijada DOS ning taklif buying‘i chiqadi.

  3. MS DOS ning tashqi buyruqlari ham alohida dastur bo‘lib, disklarni formatlash yoki tekshirish kabi amallarni bajaradi.

  4. Drayverlar maxsus dastur bo‘lib, MS DOS ni to‘ldiradi. Drayverlar OS ishga tushishi bilan xotiraga yuklanadi va uning xizmatlari CONFIG.SYS faylida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

  5. BIOS (kiritish va chiqarishning asosiy sistemasi) — kompyu-terning doimiy xotirasida joylashadi va kompyuterning qurihnalarini tekshiradi. U MS DOS ning ajralmas qismidir.

DOS bilan foydalanuvchi orasidagi muloqot buyruqlar qatori orqali amalga oshiriladi. Agar DOS foydalanuvchi bilan muloqotga tayyor bo‘lsa, u holda ekranda quyidagi taklifni chiqaradi. Masalan, A:\> yoki C:\> by — DOS buyruqlarni qabul qilishga tayyor degani. DOS ning taklif buyrug‘ini PROMPT buyrug‘i orqali o‘zgartirishimiz mumkin. Kelgusida kichik kursor o‘chib-yonib turgan joyni taklif buyrug‘i deb ataymiz.
Buyruq qatori ustida quyidagi tugmalardan foydalanish mumkin:

  • [Backspace] — kypcop turgan joydan oldingi belgini yo‘qo-tish.

  • [Del] — kursor turgan joydagi belgini yo‘qotish. [F3]— oldingi buyruqni buyruqlar qatoriga chaqirish.

  • [Ins] — qo‘yish holatini yoqish yoki o‘chirish.

  • [Esc] — buyruqlar qatorini tozalash.

DOS buyruqlari fayl va kataloglar ustida amallar bajaradi. Demak, fayl va katalog atamalari nima ekanligini tushunib olishimiz kerak.



Download 182.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling