4-amaliy mashgʻulot mavzu: Sheben, shagʻal va qum konlarini qazib olishda birlamchi qayta ishlash jarayonlarining ko’rsatkichlarini hisoblash
Download 31.59 Kb.
|
4-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elak markasi Elakning yuzasi F Elovchi panjara orasi (elak ko’zi) a
4-AMALIY MASHGʻULOT Mavzu: Sheben, shagʻal va qum konlarini qazib olishda birlamchi qayta ishlash jarayonlarining ko’rsatkichlarini hisoblash. Qurilish materiallari hisoblangan sheben, shag’al va qum konlarini qazib olishda kon jinslarini birlamchi qayta ishlash jarayonlari quyidagilardan iborat: 1. Kon massasi tarkibida mavjud bo’lgan ortiqcha materiallardan (loy, chiqindilar) tozalash uchun yuvish. 2.Kon massasini kerakli o’lchamga keltirish uchun va fraksiyalarga ajratish uchun ellash. 3.O’lchami talab darajasidan yuqori bo’lgan jinslarni maydalash. Kon jinslarini tozalsh uchun yuvish jarayoni bosim ostidagi suvni yo’naltirish orqali amalga oshiriladi.Kon jinslarini fraksiyalariga ajratish uchun ellash jarayoni ellaklar orqali amalga oshiriladi.Ellaklar elovchi yuzaning shakliga ko’ra yassi, silindrik (barabanli) va yoysimon shakli turlariga bo’linadi. Kon massasini katta o’lchamlarini maydalash uchun maydalagich uskunalridan foydalaniladi.Maydalagichlarning ish prinsipiga qarab quyidagi turlarga ajratamiz: 1.Jag’li maydalagichlar ШДС-9х12. 2.Konusli maydalagichlar ККД500/75 3.Barabanli tishli maydalagichlar СМД-2 4.Bolg’ali maydalagichlar М6-4Б. 5.Rotorli maydalagichlar ДРК8х6. Amaliy ish quyidagi tartibda hisoblanadi. Mustaqil hisoblash uchun ma’lmotlar jadvaldan olinadi. Elovchi panjaraning unumdorligini aniqlash: Q=2,4*F*a Bu yerda: F-elovchi panjaraning yuzasi m2. Panjaralar orasidagi masofa mm. Kon jinslarini maydalanish darajasini aniqlash: I=Dmax/dmax Bu yerda: Dmax-maydalanishdan oldin kon jinslarining eng katta o’lchami mm. dmax-maydalanishdan keyin kon jinslarining eng katta o’lchami mm. Mustaqil hisoblash uchun ma’lumotlar
Yuqoridagi hisoblash ishalari asosida farayonning texnologik sxemasini tuzish kerak. Download 31.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling