4-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Sopol buyumlarni turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja


Download 50.77 Kb.
bet5/6
Sana21.11.2023
Hajmi50.77 Kb.
#1791078
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 Sopol buyumlarni turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi

Devorbop sopol g‘ishtlar. Respublikamizda eng ko‘p tarqalgan devorbop materiallardan biri – oddiy qurilish g‘ishtidir. O‘zbekistonda qurilish g‘ishtlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida asosan sog‘ tuproq ishlatiladi. Sog‘ tuproq kelib chiqishi, tarkibi va texnik xususiyatlariga ko‘ra oddiy tuproqdan kam farq qiladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, sog‘ tuproq tarkibi faol minerallarga boyroq ekan. Toshkent atrofidagi sog‘ tuproqning tarkibi g‘uyidagicha (% hisobida): kvars (SiO2) – 37,87; kalsiy karbonat (CaCO3)-18,97; magniy karbonati – (Mg CO3)-3,07; gips-1,33; kaliyli dala shpati – 6,4; plagioklaz – 11,4; slyuda – 14,02; kaolinit – 3,53; kalsiy va magniy silikatlari (CaSO4 MgSO4)-448; limanit – 4,86; titan oksidi – 0,46; eruvchan kremniy – 1,03.
Bundan sog‘ tuproqdan ishlangan g‘ishtning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-200 kgsm2 (6-20 MPa), qurigandan keyingi kirishishi 2,5-6,0% bo‘lib, 900-10600C haroratda pishirilgandan keyingi suv shimuvchanligi esa 19-29% ga teng.
Oqava va drenaj quvurlari. Respublikada oqava va drenaj quvurlari Toshkentda maxsus qurilgan zavodda ancha yillardan buyon ishlab chiqariladi. Xom ashyo sifatida Qizilqiyadan topilgan tabiiy kuygan loy (gliej) ishlatiladi. Bundan tashqari, xom ashyo qorishmasiga 40-50% miqdorida oldin pishirib, keyin maydalangan loy qo‘shib oqava quvurlari tayyorlanadi.
Tayyor loy qorishmasi quvurlar qoliplovchi tik o‘rnatilgan pressda ishlanib keyin quritiladi.
Pishirishdan oldin (namligi 6-8% bo‘lganda) xom quvurlarga sir surtiladi va 13000C haroratda vaqti-vaqti bilan ishlaydigan gaz xumdonlarda bir necha qavat qilib tik o‘rnatilgan holda pishiriladi. Quvur devorlarini sirlashda tarkibida 8% atrofida temir oksidi bo‘lgan oson eruvchan Qizilqiya, Angren, Langar tuproqlaridan tayyorlangan suyuq qorishma ishlatiladi.
Diametri 150,200,250,300,350 va 400 mm ga teng qilib chiqariladigan quvurlar mustahkamligi kamida 175 kgsm2 (17,5 MPa), suv o‘tkazmasligi, kislota va ishqor ta'siriga chidamliligi UzRST shartlarini to‘la qondiradi.
Toshkent sopol buyumlari ishlab chiqaruvchi tajriba zavodi chinni(fayans)bop xom ashyo tanlashda ko‘p tekshirishlar olib bordi. Natijada Ohangaron ko‘mir konidan chiqadigan oson eruvchan tuproq (kaolin) fayans uchun yaroqli xom ashyo ekanligi aniqlandi. Fayans bo‘tqasini tayyorlash uchun, 9-jadvaldagi tarkibiy qismlardan iborat xom ashyo tegirmonga bir yo‘la solinib tuyiladi. Keyin 60-64% namlikdagi qaymoqsimon qorishma tayyorlanadi. Qorishmadagi zararli aralashma-temir oksidi magnit vositasida tozalanadi va filtrlash usuli bilan 20-22% namlikka keltiriladi, keyin 7-8% namlikka qadar quritilib, presslarda ikki marta qoliplash usuli bilan tayyorlanadi.

Download 50.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling