4-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Sopol buyumlarni turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja


Download 50.77 Kb.
bet6/6
Sana21.11.2023
Hajmi50.77 Kb.
#1791078
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 Sopol buyumlarni turlari va ishlab chiqarish texnologiyasi

O‘tga chidamli sopol materiallr. Xumdonlarni, suv bug‘i haydovchi qozonlar, gaz generatorlari, o‘txonalar, shuningdek, yuqori harorat ta'sirida bo‘lgan uskunalarni muhofaza qilishda o‘tga chidamli qurilish materiallari keng ishlatiladi. Bular ichida eng ko‘p tarqalgani shamot(pishirilgan loy) g‘ishtidir. O‘tga chidamli shamot buyumlari deganda, tarkibida 30-45% gacha Al2O3 (glinozyom) bo‘lgan alyumosilikat tog‘ jinslarini o‘tga chidamli tuproqqa qo‘shib va tayyorlangan qorishmani qoliplab, keyin 12000C haroratda pishirib olingan materialni tushunish mumkin.
Respublikada o‘tga chidamli buyumlarning yetishmasligi xom ashyo zahiralarini qidirish va tekshirish ishlarini keng miqyosda boshlashga da'vat etdi. Angrendan topilgan tuproqdan o‘tga chidamli buyumlar ishlab chiqarish mumkin ekanligi ko‘pgina tajribaxonalari va markaziy ilmiy tekshirish institutlari tomonidan tekshirib ko‘rildi.
O‘zbekiston metallurgiya va shisha sanoatining o‘sishi natijasida yuqori sifatli o‘tga chidamli g‘ishtlarga bo‘lgan ehtiyoj yana ortdi. Dinasli(qum tuproqli) g‘ishtning o‘tga chidamliligi juda yuqori bo‘lib (1670-17900C), uni kvarsit tog‘ jinsi (tarkibida 95-97% SiO2 bor) bilan bog‘lovchi, o‘tga chidamli tuproqni qorishtirib, so‘ng qoliplab pishiriladi. Respublikada dinas g‘ishtlari uchun asosiy xom ashyo-kvarsit zahiralari Grunch buloqda, Oqtoshda va Farg‘onada topilgan.
Shunday qilib, respublika uchun juda zarur bo‘lgan dinas yoki shamot g‘ishtlarini ko‘plab ishlab chiqarishga to‘la imkoniyat bor.
Mavzuni jonlantirish uchun savollar:

  1. Sopol materiallar va buyumlar nimadan iborat?

  2. Sopol materiallar tayyorlash uchun xom ashyo sifatida qanday materiallar ishlatiladi?

  3. Sopol materiallar va buyumlar turlarini ayting.

  4. Sopol buyumlar ishlab chiqarishning umumiy texnologik sxemasini qisqacha ta'riflab bering?

  5. Sopol g‘ishtning sifati qanday ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi va qurilishda u qaerda ishlatiladi?

Download 50.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling