4-Amaliy mashgʼulot. Mavzu: Tuproq hasharotlarini yashash muhitiga moslashuv xususiyatlari. Kerakli materiallar va jihozlar
Download 14.41 Kb.
|
Амалий машгулот №4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning qisqacha mazmuni
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
№ 4-Amaliy mashgʼulot. Mavzu: Tuproq hasharotlarini yashash muhitiga moslashuv xususiyatlari. Kerakli materiallar va jihozlar: hasharot pereparatlari, pinset, qogʼoz yastiqchalar, entomolok ignalar, bannerlar, videofilmlar. Kalit soʼzlar: tuproq, namlik, xarorat, yorugʼlik, hasharot, gʼumbak, tuxum, ingichka, imago. Mavzuning maqsadi: Tuproqda yashovchi hasharotlarning yashash muhitiga moslashuv xususiyatlarini oʼrganish. Mavzuning qisqacha mazmuni: Hasharotlarning ko'p sonli turlari tuproqda yashaydi. Ularning ayrim guruhlari tuproq bilan shunday bog'langanki, deyarli uning yuzasiga chiqishmaydi. Bu, ayniqsa, tuban hasharotlar (Apterygota) ning kenja sinfiga tegishlidir. Protura, Diplura va Collembola orasida ayrim turlarigina bir qancha muddatga tuproq yuzasi va undagi organik qoldiqlarning ustida paydo bo'ladi, ko'pincha ular u yerlarni qandaydir noqulay sharoitlar (suv toshqini va h.k.) dagina tark etishga majbur bo'ladi. Tuban hasharotlarning juda kam turlarigina tuproqdan tashqarida doimiy yashashga moslashgan. Bularga qildumlilar Lepisma saccharina L. va Machilis Latr, avlodi turlari va oyoqdumlilardan Sminthurus viridis L. misol bo'lishi mumkin. Yuqori hasharotlar (Pterygota) ning ayrim turlari ham hayotining barcha yoki deyarli barcha qismida tuproqdan chiqmaydi.Termitlar (Isoptera) ning faqat qanotli yetuk zotlari tuproq yuzasida paydo bo'ladi, buzoqboshi (Gryllotalpa sp. sp.) esa tuproq yuzasida kamdan-kam paydo bo'ladi.Hasharotlarning ko'pchiligi imago fazasida tuproq shakllariga mansub bo'lmaydi va ularda qanot rivojlanadi. Lekin shunga qaramay, ayrim turdagi yuqori hasharotlar imago fazasida tuproqda yashaydi; bu mazkur holatda ko'pincha uchish apparatining yo'qotilishi bilan bog'liq bo'lgan ikkinchi hodisa hisoblanadi. Bunday hasharotlar qato riga rivojlanishining barcha bosqichlarida tuproqni tark etmaydigan ildiz bit (Aphidodea) larining ko'plab chala siklli turlari kiradi. Chu molilar (Formicidae) koʻplab turlarining hayot tarzi o'ziga xos bo'lgan ligi sababli urg'ochilari urug'langanidan so'ng yerosti hayot tarziga (yoki boshqa qator turlarda yerusti chumoli uyasi ichida) o'tadi.Hasharotlarning juda ko'plab turlari faqat ular ontogenezining ma'lum bir davrlarida yoki mavsumlarida tuproqdagi hayot bilan bog'liq bo'ladi. Ayrim tur hasharotlar, masalan, chigirtkasimonlar (Acridodea), chirildoq (Gryllodea) va temirchak (Tettigoniidae)larning faqatgina embrional rivojlanishi tuproqda o'tadi. Hasharotlarning ko'plab turlari lichinka davrini, to'liq o'zgaruvchan (holometamorphsis) hasharotlar esa g'umbakka aylanish davrini ham tuproqda o'tkazadi.Chala o'zgaruvchan (Hemimetamorphsis) hasharotlardan misol sifatida buzoqboshi Cicadidae oilasiga mansub saratonlarni keltirish mumkin. To'liq o'zgaruvchan hasharotlardan vizildoq (Carabidae) qo'ng'izlarining ko'plab turlari, yirtqichlar (Staphylinidae), qarsildoq (Elateridae), qaratonli (Tenebrionidae), plastikmo'ylablilar (Scarabaeidae), bargxo'rlar (Chrysomelidae), mo'ylovdorlar (Cerambycidae), uzunburun (Curculionidae) qo'ng'iz larining ayrim turlari, to'rqanotlilardan chumolisherlar (Myrme leonidae); ikkiqanotlilardan - Bibionidae, Tipulidae, Stratiomyidae, Tabanidae, Asilidae, Therevidae oilalariga mansub turlar, kapalaklardan Agrotinae kenja oilasi turlari; pardaqanotsimonlilardan ko'plab asalarisimon hasharotlar (Apodea), Sphecodea va h.k. lar tuproqdagi uyachalarda rivojlanadi. Ushbu hasharotlar orasida ayrim turlari tuproq yuzasi yoki o'simliklarga tuxum qo'yadi, ularning lichinkalari esa tuproq ichiga kirib ketadi yoki tuxumdan chiqishi bilanoq (oziqlangunicha) tuganak uzunburunlar (Sitona sp. sp.), Cicadidae kenja turkumiga mansub saratonlilar, tamaki tunlami (Agrotis obesa Hb.) kabi yoki dastlab o'simlikning yerusti qismida oziqlanadi, so'ngra birinchi yoki ikkinchi tullashdan keyin kuzgi tunlam va undov tunlami qurtlari (Agrotis segetum Den. et Schiff., A. exclamationis L.) singari tuproqqa kiradi. Juda ko'plab hasharotlarning lichinkalari va qurtlari tuproq hamda tuproqda faqatgina gʻumbak oldi faza va gʻumbakka aylanish fazasini o'tkazadi; bularga ko'plab bargxo'r qo'ng'izlar (Chryso melidae), Seydomyidae, Muscidae, Larvivoridae, Phasiidae va b. oilalariga mansub ko'plab ikkiqanotlilar, ko'plab kapalaklar, xususan, brajniklar (Sphingidae), ko'plab tunlamlar (Noctuidae), odimlovchilar (Geometridae) va b.; arrakashlar (Tenthredinidae) oilasiga mansub ayrim pardasimonqanotli hasharotlar, ixneumonid (Ichneumonidae) yaydoqchilar va boshqalar kiradi. Qo'shimcha chala oʻzgaruvchan hasharotlardan (Hemimetamorphsis) ayrim tripslar (Thysanoptera) tinchlik preimaginal fazasini tuproqda o'tkazadi. Ko'pgina tuproq hasharotlari tanasining tuproqda ochgan yo'llarining devoriga tiralib oladigan va yo'llarni ochishda ishtirok etadigan ayrim uchastkalarigina maxsus sklerotizatsiya hamda mustah kamlikka ega. Masalan, xrushlar (Melolonthinae) lichinkalari yoki zich tuproqda yashaydigan simqurtlar Pleonomus tereticollis Men. da bosh kapsulasining uning pishiqligi choklarning bo'lmasligi bilan ortishi aniqlangan. Faqatgina tuproq yoriqlari boʻylab yuradigan hasharot larning qoplamlari sklerotizasiyalanmaydi (masalan, Collembola).Tuproq hasharotlarining teri qoplamlari juda zichlashgan va sklerotizatsiyalanganligiga qaramay, ularning qoplami, odatda, suvni yaxshi o'tkazadi. Ularda tanasining yuzasi orqali bugʻlanishning kamayishi bilan bog'liq bo'lgan moslamalar rivojlanmagan yoki ikkilamchi yo'qotilgan bunga hojat ham yo'q, chunki ular yashay digan tuproq zarralari orasidagi havo namlik bilan ko'proq to'yingan. Tuproqning ustki qatlamlarida namlik yetarli bo'lmagan holatlarda, bu haqida quyida batafsil aytilganidek, ularning ko'pchiligi yanada chuqurroq va namlangan qatlamlarga kirib ketadi.Tuproq hasharotlari teri qoplamining suv o'tkazuvchanligi yuqori bo'lganligi sababli ularning ayiruv a'zolari yuqori darajada rivojlangan. Malpigiya kanalchalari bo'lmagan oyoqdumlilar, qo'shdumlilar, (Diplura) larda uning o'rnini maxsus pastki lab bezlar almashadi; bundan tashqari, ularda ayiruv vazifasini orqa ichak ham bajaradi. Antonning (1908) o'rnatishicha, malpigiya kanalchalari boʻlgan tuproqda yashaydigan hasharotlar, uzunoyoq Ctenophora angustipennis Loew. lichinkalarida ham ayiruv funksiyasini orqa ichak bajarishini aniqlagan. Qildumlilar (Thysanura) da malpigiya kanalchalari bilan bir qatorda ayiruv pastki lab bezlari ham mavjud.Tuproq hasharotlarida malpigiya kanalchalari uzun va yaxshi rivojlangan; bu xususan plastinka mo'ylovli qo'ng'izlarining lichin kalari, simqurtlar va uzunoyoqlilar lichinkalari uchun aniqlangan. Ayiruv sistemasining kuchli rivojlanishi organizmdagi ortiqcha suyuqlikni ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Tuproqda yashovchi hasharotlarni sanab bering. 2.Bu hasharotlar tuproqda yashashga qanday moslashgan. 3.Tuproqda yashovchi hasharotlar qanday oziqlanadi. 4.Tuproqda yashovchi hasharotlarning nafas olish tizimi qanday. 5.Tuproqda yashovchi hasharotlarning koʼrayishi qanday sodir boʼladi. 6.Bu hasharotlarning vazifasi nimalardan iborat. Topshiriq. 1.Oʼtilgan mavzuni oʼqib kelish. 2.17-rasmni chizish. 3.Oʼtilgan mavzu boʼyicha prizintatsiya tayyorlab kelish. Download 14.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling