4-Amaliy mashg'ulot Mavzu


Download 399 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.10.2023
Hajmi399 Kb.
#1734145
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Amaliy mashg'ulot



4-Amaliy mashg'ulot 
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida kichik o‗lchamli va katta o‗lchamli 
korporativ tarmog‗ini loyihalash. 
Ishdan maqsad: Cisco packet Tracer dasturida kichik va katta o‗lchamli 
korporativ tarmoqlarni loyihalashni o‗rganish. Internetda orqali ma‘lumot 
almashishda virtual kanal hosil qilish va bog‗lanishni himoyalash – VPN. 
Qisqacha nazariy ma’lumot. 
Korporativ tarmoq – bu bitta tashkilotga tegishli bo‗lgan va/yoki ushbu 
tashkilot qoidalari bilan mos tarzda boshqariladigan kommunikatsion sistema. 
Kompyuter texnologiyalariga asoslangan korporativ tarmoq Intranet deb 
nomlanadi. Korporativ tarmoqlar yordamida axborotlarni tezkor va xavfsiz uzatish 
va qabul qilish mumkin. Ular bir tashkilotning bitta bino doirasida joylashgan yoki 
geografik taqsimlangan kompyuterlari orasida aloqani ta‘minlab beradi.bunday 
tarmoqlarni qurishning bir nechta usullari mavjud. Uncha uzoq bo‗lmagan vaqtga 
qadar cheklangan sondagi shaxsiy kompyuterlarni birlashtira oladigan Local Area 
Network (LAN) tizimlari ommaviy tarzda qo‗llanilgan. Ular fayllarni uzatishning 
maksimal tezligini va axborot oqimlariga umumiy kirishga ruxsat berilmasligi 
sababli axborotlarning mutlaq xavsizligini ta‘minlab beradi. Bunday turdagi 
turdagi strukturalardan foydalanish xavfsiz hisoblanadi. LANning salbiy 
tomonlariga yuqori narx va foydalanuvchilarning masofadan ulanishi imkonining 
yo‗qligini kiritish mumkin. 
VPN (Virtual Private Network – virtual xususiy tarmoq) – bir yoki bir 
nechta tarmoq bog‗lanishlarini(mantiqiy tarmoq) boshqa yuqori tarmoqda 
birlashtirish 
imkonini 
beruvchi 
texnologiyaning 
umumiy 
nomlanishi. 
Kommunikatsiyalarning ishonchlilik darajasi past yoki noma‘lum darajali 
tarmoqlarda bo‗lishiga qaramasdan (masalan ochiq tarmoqlar) kriptografiya 
vositalaridan (shifrlash, autentifikatsiya, ochiq kalitlar infrastrukturasi, ) 
foydalanish hisobiga mantiqiy tarmoqning ishonchlilik darajasi asosiy tarmoqning 
ishonchlilik darajasiga bog‗liq bo‗lmaydi. 



Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling