4-amaliy mashg’ulot. Rus bolalar adabiyoti va uning yetakchi xususiyatlari Reja
Darsni mustahkamlash uchun savollar
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
4-amaliy Latofat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samuil Yakovlevich Marshak
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Shoirning ozodalikka bag‘ishlangan qanday she’rlarini bilasiz? 2. „Suvarakxon“ asarining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3. „Doktor Voyjonim“ asaridan siz o‘zingizga qanday xulosa chiqardingiz ?
Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotida Samuil Yakovle- vich Marshakning roli katta. U rus bolalar adabiyotida kich- kintoylar uchun katta she’riyat yaratib bergan ulkan san’atkor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir. S. Y. Marshak 1887- yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak san’atkorda shoirlik iste’dodi juda erta uyg‘ondi. „Òo‘rt-besh yoshlarimda, — deb eslaydi shoir, — she’rlar yoza boshladim. O‘n bir yoshlarimda, bir qancha poe- malar yaratdim. Goratsiyning „Odamlar“ini tarjima qildim“. S. Y. Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‘qishga kiradi. Bu yerda bo‘lajak shoir o‘z zamonasining yetuk san’at- korlari bilan yaqindan tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906- yildan boshlab felyetonlari, she’r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi. S. Y. Marshak 1912- yilda Angliyaga jo‘naydi. London uni- versitetining san’at fakultetiga o‘qishga kiradi. Òa’til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi, qishloq maktabla- rida bo‘ladi. Ingliz xalq qo‘shiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Òagor va boshqalar- ning she’r va poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi. 1914- yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. U 1915 —22- yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri bo‘lib kamol topishida katta rol o‘ynaydi. S. Y. Marshak 20- yillarda o‘zining she’r, ertak va poemalari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. „Qa- yerda ovqatlanding, ey chumchuq“, „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“, „Kecha va bugun“, „Sirk“ va boshqa shu kabi mashhur asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi. 1939- yilda Marshakning „Petya nimadan qo‘rqar edi?“, „Korablcha“ singari mashhur she’rlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etdi. Ayniqsa, 1943- yilda yaratilgan „O‘n ikki oy“ nomli ertak- dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur bo‘lib ketdi. „Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo‘ladi, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish ko‘radi,“ — degan shoir bir umr bolalarni sevdi, ular uchun g‘oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi. S. Y. Marshakning nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“dir. Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos bo‘lgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki o‘ziga ortiqcha oro bersa, oqibatini o‘ylamay ko‘r-ko‘rona ish tutsa, o‘zidan kattalarning pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa yutqazadi, o‘z baxtini qo‘ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Kichkintoylarning otaxon shoiri S. Y. Marshak bu asarda turli hayvon va jonivorlar misolida ularning yashash sharoitlari, tovushlari, qolaversa yemak ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni oshna qiladi. S. Y. Marshak „Yong‘in“, „Pochta“, „Musobaqalar doskasi“ asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. S. Y. Marshak yaratgan juda ko‘p qahramonlarni o‘zi shaxsan tanigan, bilgan yoki eshitgan bo‘ladi, ba’zan esa gazeta material- lari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, hayotiy prototi pi mavjud. Jumladan, student V. Burskiy („No- ma’lum qahramon haqida qissa“), Igor Chkalov („Qahramonning o‘g‘li“), Katya Budanova („Katya Budanova“), Seryoja Smirnov („Sizning kitobingizni qanday nashr qiladilar?“) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi. Shoir „Noma’lum qahra- mon haqida qissa“ poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish bilan 30- yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahra-
mon qiyofasini yaratish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. S. Y. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, o‘zlarining qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari, erish- gan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmas- liklarini, oddiy hayotiy detal — o‘t ichida qolgan bir qizchaning hayotini saqlab qolgan bola misolida tasvir etadi. Bola, mana, ko‘rib qo‘yinglar, men jasorat ko‘rsatdim, deya ko‘kragiga urib maqtanish o‘rniga, tezgina odamlar orasiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi. Hozir ham o‘quvchilar o‘rtasida maktab jihozlarini asrab- avaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir o‘zining „Stol kelgan qayerdan?“ degan she’rida maktab jihozlari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun katta- larning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib beradi. „Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni,“ — deb yozgan edi M. Gorkiy. Bunday yuksak maq- tovga S. Y. Marshak halol mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling