4-amaliy mashg’ulot. Statik noaniq ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblash
Download 0.62 Mb.
|
4-amaliyot Statik noaniq ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblash
4-AMALIY MASHG’ULOT. Statik noaniq ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblash.Ko’chishlar usulining mohiyati va noma’lumlari. Sistemaning kinematik noaniqlik darajasi.6.1-rasm Statik aniqmas sistemalarni kuchlar usuli bilan hisoblashda ularning ortiqcha bog’lanishlari soni zo’riqish kuchlari (moment, bo’ylama va ko’ndalang kuchlar) noma’lum deb qabul qilingan edi. Bu zo’riqish miqdorlari aniqlangandan so’ng statik aniqmas sistemaning ko’chishlari hisoblanadi. Bu masalani boshqacha yo’l bilan yechish mumkin, buning uchun avval ramalarda hosil bo’lgan ko’chishlar-ni hisoblab, so’ngra uning ixtiyoriy kesimlaridagi ichki zo’riqish kuchlarining o’zgarish qonuni yoziladi va ularning umumiy epyurasini qurish mumkin. Masalan, 6.1–rasmda tasvirlangan rama tashqi kuchlar ta’sirida deformatsiyalanib, uning tugunlari burchakli va chiziqli ko’chadi (6.1 – rasm). φ1, φ2 – burchakli ko’chishlar; δ1, δ2 – chiziqli ko’chishlar; ψ1, ψ2 – og’ish burchaklari. Ustunning og’ish burchaklarini tugunlarning gorizontal ko’chishi orqali ifodalash mumkin: yoki δ1=ψ1h1; yoki δ2=ψ2h2. Gorizontal ko’chishlar δ1=δ2=δ sababli yozish mumkin. Ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblashda noma’lum miqdor sifatida ulardagi tugunlarning burchakli φ va chiziqli δ ko’chishlari qabul qilinadi. Bu ko’chishlar (φ va δ) ni hisoblashda rama elementlarini faqat egilishi e’tiborga olinib, ularning siqilishi yoki cho’zilishi hisobga olinmaydi. Ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblashda umumiy noma’lumlar soni n ularning tugunlarini burilishi va chiziqli ko’chishlarining yig’indisiga teng bo’ladi. n = nφ+nδ, (6.1) bunda; nφ – bikr tugunlarning burilish burchaklari soni, nδ – tugunlarning chiziqli ko’chishlari soni. Umumiy noma’lumlar soni n ramaning kinematik aniqmaslik darajasi deyiladi. Ramalar ikki guruhga bo’linadi: Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling