4-amaliy mashg‘ulot


Download 462.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi462.66 Kb.
#1323525
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliy QXM

MS Word matn muharriri. Muharrir (lot. – tartibga keltirilgan) – 
kompyuterning obyektlari (matn, jadval, grafika, dasturlar) bilan ishlashni amalga 
oshiruvchi dasturiy ta’minot tizimidir. 
Matnli hujjatlarni tayyorlovchi dasturlar guruhini asosan ikkiga ajratishadi: 
matn muharrirlari va matn protsessorlari. 
Matn muharrirlari – matnli fayllarni formatlash elementlari ishlatilmasdan 
tayyorlaydigan dasturlardir. 
Formatlash elementlari deganda matn qismlarini xar xil shriftlar va 
boshqalar bilan ajratib ko‘rsatilmaganligi tushuniladi. Bunday muharrirlar asosan 
kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi. 
Matn protsessorlari matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa obyektlar 
joylashtirish imkoniyatini beradigan dasturdir. 
Ayrim matn protsessorlari WYSIWYG-muharriri deb ataladi. Buning 
ma’nosi What You See Is What You Get – nimani ko‘rayotgan bo‘lsang shuni 
olasan degani. Boshqacha qilib aytganda kompyuter ekranida hujjatni qanday 
ko‘rsang uni chop etganda qog‘ozdagi nusxasida ham shundayligicha ko‘rasan. 
Bunday turdagi muharrirlarga MS Wordni misol qilish mumkin. 
 
Matn elementlari 
 
Matn ma’lum kodlashtirish (KOI, UNICODE) orqali ifodalangan belgilar 
to‘plamidan tashkil topadi. 
Belgi deganda klaviatura yordamida kiritiladigan va monitor ekranida 
ko‘rinadigan har qanday harf, raqam, tinish belgisi, arifmetik amal belgisi va 
boshqalar tushuniladi. 
So‘z ikki tarafidan bo‘sh joy yoki tinish belgilari bilan ajratilgan har qanday 
belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. 
Satr deb sahifaning har bir qatorini tashkil qilgan belgilar ketma-ketligiga 
aytiladi. 
Abzas – Enter tugmasi bosilguncha bo‘lgan belgilar ketma-ketligidir. 
Bo‘lim – Вставка menyusidagi Разрыв buyrug‘i yordamida matnni alohida 
qismlarga ajratish. 

Download 462.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling