4-Amaliy mashg’ulot.(2-soat) Mavzu: O‘rovchi va kesuvchi usulda loyiha – chizig‘ini o‘tkazish
Download 32.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-Amaliy
4-Amaliy mashg’ulot.(2-soat) Mavzu: O‘rovchi va kesuvchi usulda loyiha – chizig‘ini o‘tkazish. Loyiha chizig‘ining nazorat balandlik nuqtalaridan yuqoridagi belgilari bo‘ylama profilni loyihalashdan oldin tayinlangan bo‘lishi kerak. Ancha ko‘p miqdorda qor bosadigan ochiq joylarda yo‘llarni qordan tozalash oson bo‘lishi uchun yo‘l poyi chetini qor qoplamining sirtidan 0,4-1,2 m baland qilib olish tavsiya etiladi Sun’iy inshootlar yonidagi joylarda loyiha chizig‘ining belgilarini tayinlash va chiziqni o‘tkazish ancha murakkab ish. Loyiha chizig‘ining vaziyati ko‘prikga yondosh ko‘tarmalarni suv bosmasligini, shuningdek, baland suvlarni o‘tkazish davrida inshootning to‘sqinliksiz ishlashini ta’minlash uchun suv sathidan ko‘prik ravog‘i tag qismining balandligini ta’minlab byerishi zarur. Sun’iy inshootning o‘zanning pasaygan joylari ustidan balandligi quyidagi kattaliklarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi: oqayotgan suvning inshootga kirish oldidagi ko‘tarilishini hisobga olgan holdagi chuqurligi u; ko‘tarilgan suv sathi bilan ko‘prik ravog‘ining pastki qismi orasidagi bo‘sh oraliq z; kichik sun’iy inshootlarda bo‘sh oraliq oqib qolayotgan narsalarni xavfsiz o‘tkazib yuborishni va toshqin vaqtida ko‘prik to’g’onini suv bosmasligini, kema yuradigan daryolarda esa kemalarni o‘tkazib yuborishni ta’minlashi zarur; ko‘prik to’g’oni balandligi, quvurlar uchun esa quvur ustiga to‘kilgan grunt qalinligi quvur devorining qalinligi bilan birga. Qayirlarda ko‘tarmaning balandligi suvning ko‘tarilgan sathining joylashuvidan kelib chiqib belgilanadi. Toshqin vaqtida katta maydonlarni suv bosadigan va to‘lqin hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta daryolarda ko‘tarma chetining belgisi to‘iqin ustidan baland turish nuqtai nazaridan tayinlanishi zarur Kichik va o‘rtacha sun’iy inshootlarni loyihalashda loyiha chizig‘ining ravonligini ta’minlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi. 1.Ko‘prik bo‘ylama qiyalikda joylashtiriladi. Agar ko‘prik qoplamasi ko‘prikka kirish yo‘llarning qoplamasiga o‘xshash bo‘lsa, u holda ko‘prikning maksimal bo‘ylama qiyaligi kirish yo‘llariniki kabi bo‘lishi kerak, yog‘och to‘shamalar yotqizishda ko‘prikdagi yo‘l qismining bo‘ylama qiyaligi taxtalar bo‘ylamasiga yotqizilganda 20%0 dan va ko’ndalangiga yotqizilganda 30%0 dan oshmasligi kerak. Bo‘ylama qiyaliklari katta yo‘l uchastkalarda joylashgan kichik ko‘priklar ba’zan vodiylarning qirg‘oqlaridan biriga suriladi, bunda suv oqimining sun’iy o‘zani quriladi. Bo‘ylama qiyalikli joydagi ko‘prikning har ikki tomoni biror masofaga davom ettirilishi kerak. 2.Ko‘prik vyertikal egri chiziqda joylashganda loyiha chizig‘i ko‘prik yaqinida sinmaydigan qilib joylashtiriladi; loyiha chizig‘ining bunday sinishi odatda ko‘prik gorizontal maydonchalarda qurilganida albatta yuz byeradi. 3.Ko‘prik ostida o‘zan chuqurlashtiriladi. Bunday qarorga kelish zarurati tekislik joylarda kuchsiz o‘nqir-cho‘nqirli talveglarni kesib o‘tishda yuzaga keladi, bulardagi oqayotgan suvning maishiy chuqurligi 20-30 sm dan oshmaydi. Suv sarfining Xammasi va yoki uning katta qismi ko‘prik ostidagi ariqdan o‘tkazib yuboriladi. O‘zanni chuqurlashtirish uchun soyning qiyaligi shunday bo‘ylama qiyalikni byerishga imkon byerishi kerakki, bunda o‘zanni loy bosmasligi, ariqni esa ko‘prik yaqinidagi yuzaga chiqarishga imkoniyat yaratilishi kerak. 4.Sun’iy inshootlarning ishchi belgilari pasaytiriladi. Bu yechimga ko‘prik teshigini va oqish chuqurligini kamaytirishni, shuningdek, ko‘tarilgan sath balandligini kamaytirishni ta’minlaydi, yoki katta diametrli bitta quvurni bir nechta kichik quvurlar bilan almashtirish yo‘li bilan yerishiladi. Tog‘ va chuqur jarlardan o‘tadigan joylarda ko‘tarmalarni loyihalashda sun’iy inshoot quriladigan joyning (ko‘tarmalar va o‘ymalarning hajmlari teng degan mulohazalar bilan aniqlanadigan)ishchi belgilari baland suvlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan eng kam ko‘tarma balandligidan odatda katta bo‘lib chiqadi. Baland ko‘priklar konusli qilib qurilganligi va ularning uzunligi to‘shama bo‘yicha balandlik ortishi bilan ancha uzayishi sababli Tog‘ va chuqur jarlardan o‘tishda quvurlar yotqizish eng maqsadga muvofiq yechimdir, biroq bunda quvurlarning sel oqizib kelgan narsalar yoki jala oqimlari oqizib kelgan narsalar bilan tiqilib qolish xavfi bo‘lmasligi kerak Kema yuradigan katta daryolarni kesib o‘tish joylarida ko‘prikning yo‘l qismining ko‘prikka kirish yo‘lidagi ko‘tarmalardan balandligi-ko‘tarilib turishi muqarrardir, aks holda ko‘tarmalar juda baland bo‘lgan bo‘lardi. Bu holda loyiha chizig‘i ko‘prikka kirish ravonligini ta’minlashi kerak. Buning uchun ko‘prikka yondosh ko‘tarmaning qiyaligi ko‘pi bilan 30%o qabul qilinadi, ko‘tarilish oxiri va ko‘prikning boshlanishi orasiga gorizontal maydoncha qilinadi, u vyertikal egri chiziqlarning tangensini joylashtirish uchun etarli bo‘ladi. Qayirda prolyotli qilib kurilgan katta ko‘priklarda kema yuradigan qismda zarur bo‘lgan o‘shimcha ko‘tarilish bo‘ylama qiyalikda qayir prolyotlari ko‘rish yo‘li bilan ta’minlanadi. Loyiha chizig‘ining vaziyati, shuningdek, suvni yon ariqlar va rezyervlar bo‘ylab uzluksiz oqizib turishni ta’minlashi kerak. Har qaysi ariqning butun uzunligiga -suv ayrg‘ichdan sun’iy inshootga chiqish joyigacha yoki ariqlarda suvni tashlash joyigacha ariqlarning qiyaligi bir tomonga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. U suvning to‘xtab qolmasdan yerkin oqishini ta’minlashi zarur. Buning uchun o‘t bosadigan va davriy ishlaydigan yo‘l ariqlarining qiyaligi kamida 5%o bo‘lishi kerak. Faqat ayrim hollarda, suv chetlatish juda qiyin bo‘lgan tekislik sharoitlarida,bo‘ylama qiyalikni 3%o gacha kamaytirishga ruxsat byeriladi. Suvni ariqlardan past joylarga - yo‘ldan chetki past joylarga oqizib yuborishning xar bir imkoniyatidan foydalanish zarur, buning uchun tegishli joylarda qiyaligi kamida 2%o bo‘lgan chetlatish o‘zanlari quriladi. 1.5-rasm. Kichik ko‘priklarda loyiha chizig‘ini o‘tkazish misollari . T Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling