4-Amaliy mashg’uloti. Mavzu: Yigirish havo tozalash tizimidan chiqadigan chiqindi miqdorini aniqlash. Topshiriq


Download 151.94 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi151.94 Kb.
#1230125
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Amaliy mashg\'ulot

Retsirkulyasion barabanli filtr FT-1
Titish tozalash mashinalarining ventiliyatorlaridan chiqayotgan changli havo, bir bosqichli FT-1 filtrining kirishi patrubkasiga yo‘naltiriladi, so‘ngra to‘rli baraban joylashgan qurulmaning difuzoriga o‘tadi. Diyametri 750 mm li baraban 1 sm2 90-120 ta teshikchalari to‘r bilan qoplangan bo‘lib, 1-4 saotda bir marta to‘liq aylanadi. Changli havo baraban sirtidagi to‘r sirtida taxminan 25 mm qalinlikdagi momiq qatlamni qoldirib baraban ichiga o‘tadi.
Ya’ni filtrlanadi havo tozalanadi, tozalangan havo barabanning ichidan uning ikki yon tomonidan tashqariga chiqadi. Baraban sirtidagi tolalar qatlami yog‘och valik yordamida zichlanadi va barabandan ajratib olinadi. Momiqlar maxsus qoplar yoki qutilarga yig‘iladi. U erdan davriy ravishda aravachalarga solinib, chiqindilar bo‘limiga jo‘natiladi.
Ikki bosqichli FT-2 filtri.
Ikki bosqichli FT-2 filtri yuqorida ko‘rib o‘tilgan engli va barabanli filtrlarning kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu filtrda changli havo dastlab to‘rli barabanlarda qisman so‘ngra englarda to‘liq tozalanadi. FT-2 filtrida ikki bosqichli tozalashning mavjudligi uni bevosita ishlab chiqarish inshootlari ichkarisiga o‘rnatish imkonini beradi. Retsirkulyasion filtrlarning ishlatilishi titish-tozalash o‘timida harorat va namlik ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yorda bo‘lishi va tarash mashinalari uchun talab darajasidagi tolali qatlamni tayyorlash imkonini beradi.


1.3-rasm. Ikki bosqichli FT-2 filtri.
1-qabul quvuri; 2-klapan; 3,8-bunkerlar;
4-engil filtr; 5-baraban korpusi; 6-to‘rli baraban; 7-zichlovchi valik; 9-vertikal quvur:
10-potrupka; 11-zaslonka; 12-ventiliyator


Changli havoni tozalash tizimlari
To‘qimachilik sanoatida changli havoni tozalash juda muhim masala bo‘lib bunga alohida ahamiyat beriladi. Bu birinchi navbatda ishlovchilar salomatligiga ta’sir qiladi, ikkinchidan texnologik jarayonning barkarorligiga, sifatli mahsulot chiqazish va ekologik muhitni yaxshilashga bog‘liq masala hisoblanadi.
Xozirgi paytda dunyo to‘qimachilik korxonalarida LTG, Trutzschler va Changshu firmalarining tolali chiqindilarni markazlashgan xolda yig‘uvchi va changsizlatiruvchi tizimlari samarali ishlatilmoqda.

Download 151.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling