4-amaliy Raqamlashtirilgan konchilik korxonasini tashkil etishda gatning o‘rni Raqamli konchilik korxonasi bu
Yer ostida bajariladigan konchilik ishlarini optimal va bexatar boshqarishda yechilishi zarur bo‘lgan (VG Underground) masalalar
Download 20.22 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karer borti ustuvorligini nazorat qilish tizimini (Rentech MSR) qo‘llashdagi vazifalar
Yer ostida bajariladigan konchilik ishlarini optimal va bexatar boshqarishda yechilishi zarur bo‘lgan (VG Underground) masalalar:
smena davrida texnikaning foydali ish vaqtini oshirish; ishlarni olib borishda personal xavfsizligini oshirish va nazorat qilish; mobil qurulmalar, mashina-qurulmalarini texnik ko‘zdan kechirish va ta’mirlash bilan bog‘liq harakatlarni kamaytirish; qazib olinadigan mineral xomashiyo sifati va xajmining hisobini yuritishni takomillashtirish. Mazkur masalalar raqamli texnologiyalarni qo‘llash hisobidan quydagicha o‘z yechimini topadi: korxonadagi tarozi komplekslari bilan integrallshgan holda avtosamosvallarni yuklashni amaliy nazorat tizimini o‘rnatish orqali qazib olingan va tashilgan tog‘ jinislari va ruda massasi hajmini hisoblashni avtomatlashtirish; yer osti texnikasi ishidagi ishlab chiqarish parametrlarini hisoblash va telemetriya ma’lumotlarini jamlashni avtomatlashtirish; rudnikdagi qazib olingan xomashiyo tashishni to‘g‘ri tashkil etishni nazorat qilish; konchilik ishlarini boshqa qo‘shimcha ishlar bilan sinxron tarzda rejalashtirish; texnika va personalni o‘z o‘rnida saqlanishini ta’minlash orqali yer osti rudnikida konchilik ishlari samarali bo‘lishligini ta’minlash. Karer borti ustuvorligini nazorat qilish tizimini (Rentech MSR) qo‘llashdagi vazifalar: karer borti pog‘onasi tog‘ jinislarining siljishi tufayli mavjud infratuzilma, texnika va odamlarga yetkaziladigan zarar ehtimolini minimallshtirish; ochiq kon ishlarini olib borish samaradorligi va xavsizligini oshirish; bortdagi muammoli uchastklarni aniqlab korxona personalini xavfdan xabardor qilish; ishlab chiqarishning to‘xtab qolish ehtimolini maksimal kamytirish; geomonitoring xizmatini takomillashtirish. Mazkur vazifalarning ijrosi raqamli texnologiyalardan foydalanilgan holda quydagilar hisobidan ta’minlanadi: bo‘rt pog‘onasi tog‘ jinslarining siljish qonuniyatlarini bir vaqtning o‘zida bir nechta uchastkada o‘rganish va ularni ishlashini prognoz qilishni yo‘lga qo‘yish; belgilangan zonalarda tog‘ jinislari silishini 1 mm aniqlikda baholashga erishish; zamonaviy electron optik va lazerli asboblar hamda texnologiyalardan foydalanib, 4 km gacha masofadan turib marksheyderlik monitoring ishlarini MSRni GeoMoS, Quickslope va Trimble 4D bilan integratsiyalashish hisobiga yo‘lga qoyish; karyer bortini 3D modelini yaratishni avtomatlashtirish; avval bajarilgan skanerlash natijalarini avtomatik sinxronlash va oxirgi skanerlangan uchastkalar ichida oldingilariga tegishli ma’lumotlarni aniqlash uchun Rapid Align funksiyasidan foydalanish; ochiq konchilik ishlari ob‘yektlarini tezkor skanerlashni yo‘lga qo‘yish va uzoq, o‘rtacha va qisqa tahlil imkoniyatlaridan qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida unumli foydalanish karerlarda konchilik ishlarini bexatar olib borishga xizmat qiladi. Download 20.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling