4-Amaliyot Elektr pechlarining qizdirish va quritish uchun mo’ljallangan elementlarini hisoblash


Download 203.04 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi203.04 Kb.
#1145060

4-Amaliyot
Elektr pechlarining qizdirish va quritish uchun mo’ljallangan elementlarini hisoblash.
Elektr pechlarining qizdirish elementlarini hisoblashdan maqsad ularning simi yoki lentasining kesim yuzasini, uzunligini aniqlash va ularning pech kamerasiga joylashtirishdan iborat. Bizning elektr pechimizda issiqliq asosan nurlanish bilan uzatiladi, qizdirish xarorati 8000 C, pechning nominal quvvati
PH = 70 kVt.
Hisoblashlardan oldin pechining har bir zonasi uchun qizdirish elementlarining ulanish sxemasi tanlanadi. Elektr pechi 380 V tsex tarmog’dan ta’minlansa qizdirgichlarni yulduz yoki uchburchak shaklida ulash mumkin, bunda qizdirgichlar o’zaro ketma-ket yoki parallel ulanadi. Qizdirgichlarni ulanish sxemasi tanlahgandan so’ng har fazaning Pfquvvati va faza kuchlanishi Uf ma’lum bo’ladi. Maxsulotni qizdirish xaroratidan kelib chiqib [A-5] dagi
4-1. jadvaldan qizdirgich materiali va tq temperaturasi tanlanadi.



Qizdirish elementining materiali



Tavsiya etilaladigan harorat, Co

Uzliksiz rejimda

Uzkukli rejimda

1

X20H80 va X20H80T

1050

1060

2

X15H60

950

900

3

X25H20, X23H18

850

800

4

X13YU4

750

650

5

OX23YU5A

1050

1000

6

OX27YU5A

1150

1100

7

Karborund

1350

1300

8

Molibden disiltsidi

1550

1500

Qizdirish elementlarini qabul qilingan konstruktsiyasini hisobga olib qizdirgichni Wd solishtirma quvvati aniqlanadi. Qizdirgichni Wd solishtirma quvvati - bu qizdirgichni birlik yuzasidan ajralib chiqadigan quvvat bo’ladi(Vt/m2) va u qizdirgichni xizmat qilish vaqtiga 10000 soatga mos kelishi kerak. 2-rasmda qizdirgichni Wd solishtirma quvvatini buyum temperaturasi tb va tq qizdirgich temperaturasiga bog’lanish grafiklari tasvirlangan.





4.2-rasm: Idealqizdirgichni Wid solishtirma quvvatini buyum temperaturasi tb va tq qizdirgich temperaturasiga bog’lanish grafiklari.
Idealqizdirgichni Wid solishtirma quvvati real solishtirma quvvat Wd bilan quyidagicha bog’langan
Wd = αW id
Bu erda: α – popravka koeffitsienti, u pechni issiqliq yo’qotishini hisobga oladi:
α = 0,2- 0,3 simli spirallar uchun;
α = 0,6 simli zigzaglar uchun;
α = 0,4 – 0,6 lentali zigzaglar uchun.
Qizdirgichlarni konstruktiv o’lchamlari quyidagicha aniqlanadi: simli qizdirgichlar uchun
d = 3√4 Pf2ρ∙1062 Uf2 Wd ;
Lf = π Uf2 d2/ 4 Pf∙ρ∙103
Lentali qizdirgichlar uchun
a =3√ Pf2ρ∙106/2m(m+1) Uf2 Wd ;
Lf = Uf2 ma/ Pf∙ρ∙103
Bunda m=b/a, a - lenta qalinligi, b – lentaning eni.
m = 5 ÷ 15 lentaning shakli (sortamenti) hisobga olinadi, eng keng tarqalgan lenta m = 10.
Qizdirqichlarni qolgan o’lchamlari quyidagi bog’lanishlar orqali aniqlanadi:
Spiral diametri D = (4 ÷ 6)d - xrom-alyumin qotishmalar uchun,
D = (7 ÷ 10)d – nixromlar uchun,
t = (3 ÷ 5)d - spiral qadami,
t ≥ (5 ÷ 9)d - simli zigzag qadami,
t ≥ (2 ÷ 5)b - lentali zigzag qadami.
Zigzag qadami H = 0,15 ÷ 0,3 m - xrom-alyumin qotishmalar uchun,
H = 0,2 ÷ 0,4 m – nixromlar uchun.
Zigzagni burilish radiusi R ≥ d yoki R = (4 ÷ 5)a.
10000 C gacha qizdiriladigan qizdirgichlar uchun 0,001×0,01 m o’lchamli lenta ishlatiladi, yuqori temperaturalarda 0,002×0,02 m dan kam bo’lmasligi lozim. Simli spirallar uchun sim diametri 0,003m, simli zigzaglar uchun 0,006m bo’lishi kerak.
Qizdirish elementlarini sim yoki lentaning sortameti bo’yicha ham hisoblash mumkin. Bunda qizdirgich fazasi qarshiligi bo’yicha, sim yoki lentani sortamentini hisobga olib, qizdirgich uzunligi hisoblanadi
Pf= Uf2/Rf
Lf = π d2 Rf/ 4ρ;
Lf = a b Rf
Bu usul bilan hisoblangan qizdirgichlar meyyoriy solishtirma quvvat bo’yicha tekshiriladi. Qizdirgichlarni real solishtirma quvvati aniqlanadi:
Simli qizdirgichlar uchun:
Wd = Pf∙103/ π d Lf;
Lentali qizdirgichlar uchun
Wd = Pf∙103/ 2(a+b) Lf;
Agar Wd ≤W id bo’lsa qizdirgich to’g’ri tanlangan bo’ladi, agar Wd ≥W idbo’lsa simni yoki lentaning kesim yuzasi to’g’ri kelmasligini bildiradi va demak kattaroq o’lchamdagi sim yoki lenta olish kerak bo’ladi.
Bizning elektr pechimizning texnik xarateristikalari quyidagicha:
Quvvati P = 37,5;
Ishchi temperaturasi tq = 4500C
Tarmoq kuchlanishi uch fazali Uc = 380 V;
Pech saxtasining o’lchamlari: diametri 0,8 m, balandligi 1,2 m;
Ishlash rejimi - davomiy.
Qizdirgichlar yulduz shaklida ulanadi, har bir fazaga bittadan qizdirgish elementini ulaymiz. U holda pechning faza quvvati
Pf = 37,5/3 = 12,5 kVt, faza kuchlanishi Uf = 220 V.
1.1-jadvaldan qizdirgich materialini tanlaymiz, X13YU4 nixrom olamiz, uning qizish xarorati 7500 C , solishtirma qarshiligi ρ = 1,2∙10-6 Om∙m.
2-rasmdan tb = 4500C bo’yicha ideal qizdirgichning solishtirma quvvatini olamiz Wid = 3,8∙104 Vt/m2. Lentali zigzag uchun effektiv koeffitsient qiymatini α = 0,4 deb olamiz. U holda tanlangan qizdirgichni solishtirma quvvati
Wd = 0,4∙3,8∙10-4 = 1,52∙10-4 Vt/m
Lentali qizdirgich uchun m = 10 deb olib, lentaning qalinligini hisoblaymiz

1,5×15 mm o’lchamli lenta olamiz, uning bir faza uchun uzunligi
Lf= 2202∙10∙1,52∙ 10 -6/ 22∙1,2∙10-6∙103 = 41,25 m
Faza qizdirgichini bitta seksiya qilib tayyorlaymiz. Uchta faza sektsiyalarini bir-bir ustun qilib joylashtiramiz. Zigzag balandligini H = 0,25m qilib olamiz, sektsiyalar orasidagi masofani 0,1m qo’yamiz. Pech shaxtasining aylanasi bo’yicha uzunligini hisoblaymiz
lf = 3.14∙ 0,8 – 0,1 = 2,4 m
Har bir qadam uchun lentaning uzunligi
lt = 2(H-2R)+2πR = 2H + 2R(π-2)
R = 5a= 5∙1,5∙10-3 = 7,5∙10-3 m
U holda lt = 2∙ 0,25 + 2∙ 7.5 10-3(3,14-2) = 0,52 m
Zigzaglar soni n = Lf/ lt = 41,25/0,52 = 79
Zigzag qadami t = lf/n = 2,4/79 = 0,03
Ya’ni bu t = 2b ga moz keladi
t ≥ (2 ÷ 5)b 0,03>2∙0,01 = 0,02
Download 203.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling