4. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar


Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko’ra


Download 20.19 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2021
Hajmi20.19 Kb.
#180497
1   2   3   4
Bog'liq
Axloqiy madaniyat

Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko’ra:

  • Axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g’oyalar. Masalan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;



  • Axloqiy amaliyotda bevosita qo’llaniladigan axloqiy qadriyatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko’zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki majburlash vositalarini qo’llab pirovard natijaga olib keluvchi qadriyatlar;



  • Axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo’ladigan axloqiy qadriyatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin.

Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi O’zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, irqidan qat’i nazar o’zbek xalqi o’zining milliy axloqiy qadriyatlari — sabr-qanoat, jamoatchilik, o’zaro yordam, saxovat, tinchlikni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.

Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o’rin tutadi va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog’liq. Diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansada uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog’langan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling