4-bob. Ish o’rinlarida mehnat muxofazasini ta’minlash


Axborot texnologiyalaridan foydalanish va talab etilgan qoidalar


Download 0.59 Mb.
bet2/4
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1307324
1   2   3   4
Bog'liq
MEHNAT.MX XAKIMOVA

4.2. Axborot texnologiyalaridan foydalanish va talab etilgan qoidalar
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari barcha sohalarga izchil tatbiq etilayotir.[2]
Hozirgi vaqtda zamonaviy texnologiyalarsiz o‘z hayot tarzimizni tasavvur eta olmaymiz. Chunki ular bizga har kunlik ishimizda yordamchi hisoblanadilar. Ulardan foydalanganda me'yor va to‘g‘ri foydalanishni bilishimiz zarur. Aks holda, sog‘lig‘imizga zarar yetkazib qo‘yamiz.
Havfsizlik texnikasi qoidalari.
Komp'yuter xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
• komp'yuter xonasiga ustki kiyimda kirish;
• komp'yuter va uning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish;
• komp'yuterni tashqi qurilmalar: printer,disk yurit-gich,"Sichqon", Joystik va boshqalar bilan ulash;
• monitorlarning yorug‘lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish;
• displey ekranlariga qo‘l va boshqa narsalarni tekkizish hamda qurilmalarning ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
• komp'yuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o‘t yoqish;
• qurilmalar yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
• xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo‘lgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalarni olib kirish;
• komp'yuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo‘yish;
• qurilmalarga ho‘l qo‘l bilan tegish va ularni ulash;
• qurilmalarning teshiklariga ruchka, chizg‘ich va boshqa narsalarni tiqish;
• tugmalarni bosishda kuch ishlatish;
• ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;
• umumiy manba ulagich yoqilgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
3.3. Komp'yuter xonasida ba'zi gigienik talablar
• har bir EHM uchun mos minimal yuza (agar xona balandligi 4 m dan kam bo‘lmasa) 6 m2, hajmi 24 m3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar xona balandligi 4 m dan kam bo‘lsa, har bir ish o‘rniga mos keluvhsi yuzani kattalashtirish tavsiya etiladi;
• sun'iy yoritish qurilmalari (lampochkalar) va deraza komp'yuter ekranida aks etmaydigan bo‘lishi kerak;
• sun'iy yoritilishda o‘quvchi stoli sathining yoritilish darajasi 300-500 lyuks oralig‘ida bo‘lishi kerak, yoritgichlar yorug‘likni yoyib tarqatuvchi armaturali bo‘lishikerak;
• yorug‘lik manbai sifatida samaradorligi va spektral tarkibi jihatidan mos keluvchi 40 Vt, 58 Vt quvvatli luminessent lampalar yoki energiya kam sarflaydigan 36 Vt quvvatli LB, LXB, qo‘llash tavsiya etiladi;
• EHM o‘quv xonalarida LP036 seriyasidagi yoritgichlar qo‘llash tavsiya etiladi;
• derazali devor bilan stollar orasidagi masofa kamida
800 mm;
• derazali devorga qarama-qarshi devor bilan stol orasidagi masofa kamida 600 mm;
• EHM xonasidagi barcha ishchi joylardagi shovqin 50 db dan oshmasligi lozim.
• Xonadagi harorat va namlik quyidagi jadvalda ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak:

Kompyuterdan foydalanish jarayonida tanani qanday tutish qoidalari:


Oyoqlar joylashuvi. Oyog‘ingiz birini ustidan ikkinchisini qo‘ymang, chunki bu oyoqlarda qon aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Ularni shunday qo‘yingki ikki oyog‘ingiz yerda bir xil joylashsin.[2]
Umurtqa pog‘onangizni to‘g‘ri tutib o‘tirishingiz kerak. Buning uchun maxsus stulda o‘tiring. Bu stulning suyanadigan joyi sizning umurtqa pog‘onangizni to‘g‘ri ushlab turadi.


3.1-rasm. Foydalanuvch stulda to‘g‘ri o‘tirishi qoidasi

Qo‘llaringizni shunday joylashtiringki ular stolda bir tekis joylashishsin. Panjalarni ushlab turuvchi maxsus sichqoncha uchun yostiqcha oling. Quyidagi rasmda qo‘llar qanday holda bo‘lish kerakligi haqida batafsil ko‘rsatilgan.

3.2-rasm. Klaviaturadan foydalanish qoidasi
Ko‘zlar va bo‘yin. Monitoringiz markazi ko‘zlaringiz joylashgan joyi bilan teng bo‘lishi kerak. Bunda bo‘yningizga ham og‘irlik tushmaydi, chunki u to‘g‘ri holatda bo‘ladi.


3.3-rasm. Monitorga qarash qoidasi
Zamonaviy monitorlar. Oddiy lampali monitoringizni LD yoki LED monitorlarga almashtiring, chunki ulardan nur chiqish darajasi judayam past. Monitoringiz judayam yorug‘ bo‘lsa uning nurini sizga qulay darajagacha pasaytiring.

3.4-rasm. Zamonaviy LSD monitor

Ko‘zlarga dam. Ko‘zlaringizga har soat 10-15 daqiqa dam berib turing. O‘simliklarga, osmonga yoki akvariumga qarang.
Ko‘z mashqlari bilan shug‘ullaning. Ko‘zlaringiz qorachig‘ini 10-15 martta soat millari bo‘ylab va teskari yo‘nalishda aylantiring.

3.5(a)-rasm. Ko‘z mashqlari

Keyin gorizontal, vertikal va diagonal yo‘nalishda 10-15 marta harakatlantiring. Oxiri ko‘zlaringizni tez ochib yopib pirpirating.



3.5(b)-rasm. Ko‘z mashqlari

Stol tennisi ham ko‘zlarga juda foydasi katta. Monitorga, ya'ni faqatgina bir joyga qarab turgan ko‘z mushaklari harakatsiz bo‘lib qoladi, bu esa ko‘zingiz nurini yo‘qotishga olib keladi. Stol tennisi esa harakatsiz mushaklarni ishga tushuradi.


Mahsus ko‘zoynaklar. Optikadan ko‘pgina mayda teshikchalarga ega qora maxsus ko‘zoynak oling. 10-15daqiqaga kiyib yuring.

3.6-rasm. Maxsus teshikli qora ko‘zoynak

Qo‘lingizga ruchka yoki qalam olib uni har xil joyga harakatlantiring (o‘ngga chapga, tepaga pastga, yaqinroq uzoqroq), boshingizni qimirlatmasdan ko‘zingizni ruchka ketidan yo‘naltiring.[3]


Kerishib turing. Har zamon o‘ng, chap orqa va oldinga qo‘llaringizni ko‘tarib qattiq kerishing.
Sabzavot, mevalar, asal iste'mol qilib turing. Chunki ular ko‘zga foydali bo‘lgan vitamin va minerallarga boy.
Yuqoridagi berilgan qoidalarga amal qilsangiz o‘zingizga sog‘lom hayot ta'minlagan bo‘lasiz.
Foydalanuvchining markazdan hamda komp'yuter tarmog‘iga ulangan umumiy va individual komp'yuterlardan foydalanish qoidalari.
Foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilarning maxfiy va umumiy resurslaridan foydalanish haq-huquqlarini hurmat qilishlari lozim.
Foydalanuvchi o‘zining harakatlari bilan boshqa foydalanuvchilarning ishiga halaqit bermayotganligiga va ularnnig haq-huquqlarini buzmayotganligiga ishonchi komil bo‘lishi lozim.
Tarmoqdan foydalanayotganda ommoviy bo‘lmagan axborotlarga uning egasining ruxsatisizkirish huquqi taqiqlanadi. Oziga tegishli bo‘lmagan axborot-malumotlarga ziyon etkazish, yo‘qotish yoki qalbakilashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hisob tizimini aylanib chiqish, unga ziyon yetkazilishi yoki noto‘g‘ri xabar, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki uni qabul qiluvchining axloq-etikasi meyorlariga mos kelmaydigan axborot malumotlarni tarqatish,shuningdek aldovchi, xavotirlanuvchi yoki tahdid qiluvchi xabarlarni yuborish, markaz resurslaridan foydalanilganda bu resurslardan ruxsatisiz foydalanish taqiqlanadi.
Markaz komp'yuter tarmog‘iga umumiy foydalanish komp'yuteridan foydalanish qoidalari.
Umumiy foydalanish kimpyuterlarida ishlash uchun tarmoq mamurining ruxsati zarurdir. Tarmoq mamuridan tashqari hech qanday boshqa komp'yuter foydalanuvchisi, komp'yuterdan hattoki vaqtinchali foydalanishga ham ruxsat berishi mumkin emas; komp'yuterdan ruxsatsiz foydalanish qatiyan taqiqlanadi.
Markazdagi malum bir komp'yuterda ishlashga ruxsat berilganda foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi, komp'yuter va tarmoqning umumiy resurslaridan foydalanishning belgilangan chegaralari bilan tanishtiriladi, ro‘yxatga olingan nom va so‘z (parol) beriladi. Foydalanuvchi o‘zining shartli so‘zini (parolini) maxfiy saqlashi lozim. Ozining shartli so‘zini (parolini) boshqa shaxsga bildirishi, shuningdek o‘zga shaxsning shartli so‘zidan (parolidan) boshqa shaxsga malum bulib qolganligi haqida gumon paydo bo‘lgan holatda, u darhol uni almashtirish yoki shartli so‘zning (parolning) almashtirilishi haqida iltimos bilan mamurga murojaat qilishi lozim.
Kompyuter resurslarining taqsimoti bilan bog‘liq savollar bo‘yicha uning mamuriga murojaat qilinishi lozim. U foydalanayotga resurslar hajmining o‘zgarishiga, yoki tizimning yuklatilganligiga yoki xafsizligiga tasir qilinishiga olib kelsa (masalan, komp'yuterda umumiy kollektiv kiritish huquqi serveri o‘rnatilishi ), komp'yuter mamuri tomonidan ruxsat etilishi lozim.
Kompyuter tarmog‘iga ulangan umumiy foydalanish komp'yuterini idora qilish qoidalari:
Umumiy foydalanish komyuter ma'muri ushbu qoidalar bilan tanishgan bo‘lishi kerak.Komp'yuteri ulangan foydalanuvchini qoidalar bilan tanishtirish vazifasi tarmoq ma'murida yotadi;
Kompyuterni tarmoqqa ulash ruxsati,tarmoq ma'muri tomonidan beriladi.Ozicha ulanish tarmoqdan foydalanish qoidasining jiddiy buzilishidir;
Tarmoq resurslaridan foydalanish va komp'yuter xafsizligining zaruriy tadbirlarini taminlashni nazorat qilish maqsadida tarmoqqa malumotlarni uzatishda tarmoq mamurining ruxsati talab qilinadi;
Umumiy foydalanish komp'yuteriningmamuri komp'yuterning foudalanuvchilar tomonidan foydalanishni va komp'yuter resurslarining foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanishini nazorat qiladi.Mamur o‘zining komp'yuteridan foydalanuvchilarni ushbu qoidalar, komp'yuter tarmog‘dan etikasiva foydalanuvchining shaxsiy informatsiyasiga kirish huquqini boshqarish va nazorat qilish uslublari bilan tanishtirish shart;
Tarmoqqa ulangan barcha komp'yuterlar, uning resurslaridan foydalanuvchilar demakdir. Komp'yuter mamuri tarmoqdagi boshqa komp'yuterlar ishiga to‘sqinlik qilmasdan huquqini kamsitmagan holda o‘z harakatlariga etibor bilan munosabatda bo‘lishi lozimdir.
Umumiy foydalanish komp'yuteri mamuri bo‘yicha komp'yuter foydalanuvchilarning qiziqishlarini himoyalash maqsadida, komp'yuterdagi informatsilar himoyasi vaunga kirish huquqiga rioya qilinish nazorati bo‘yicha barcha zaruriy tadbirlar qabul qilishi lozim.
Mamurlar o‘z ishlarini osonlashtirishlari va samaradorligini oshirishlari uchun komp'yuter xafsizligining taminlanishi bo‘yicha harakatlarida o‘zaro yordam va o‘zaro kelishuv lozimdir. Shuning uchun mamurda ushbu qoidalarning buzilganligi fakti haqida, ayniqsa u yoki boshqa kimdir tomonidan nazorat qilinadigan komp'yuterda joylashtirilgan informatsiga kirish huquqining ruxsatsizligifakti haqida habar yoki shubha paydo bo‘lgan holatlarda, mamur darhol bu haqda tarmoq mamuriga yoki tarmoqdagi komp'yuter xafsizligi uchunjavobgar shaxsga habarqilishi lozim;
Ular tomonidan nazorat qilinayotgankomp'yuter bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqdan foydalanish qoidasining buzilishi hollarida, mamur sabab tekshiruvini va buzilish aybdorini aniqlashni o‘tkazadi va bunday buzilishning tutashiga chora-tadbirlar qabul qiladi. Agar buzilishning aybdori shu komp'yuter foydalanuvchisi bo‘lsa, mamur aybdorni komp'yuterdan foydalanishdan chetlatadi yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘radi.Tekshiruv natijalari va qabul qilingan chora-tadbirlar haqida tarmoq mamuriga yoki tarmoqdagi komp'yuter xafsizligi uchun javobgar shaxsga habar qiladi. [3]
Markaz komp'yuter tarmog‘iga ulangan individual foydalanish komp'yuteridan foydalanish qoidalari:
Komp'yuterni tarmoqqa ulash ruxsati, tarmoq mamuri tomonidan beriladi. Ozicha ulanish tarmoqdan foydalanish qoidasining jiddiy buzilishidir.
Foydalanuvchi uning komp'yuteriva markaz tarmog‘dagi va uning chegarasidan tashqarisidagi boshqa komp'yuterlar o‘rtasidagi barcha axborot almashinuvlar uchun shaxsiy javobgarlikni olib boradi.
Barchamizga ma'lumki, ishlab chiqarish korxonalarida deyarli barcha texnologiyalar elektr toki yordamida ishlaydi. Shuning uchun ham har bir kishi elektr energiyasidan foydalangan holda elektr xavfsizligi haqida tushunchaga ega bo‘lishi lozim.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling