4-bob. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi


Download 140.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi140.3 Kb.
#187778
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza matni(1)



4-BOB. MEHNAT TAQSIMOTI VA KOOPERATSIYASI 

4.1. Korxonalarda mehnat taqsimotining ahamiyati 

Bugungi kunda raqobatda yengib chiqishning asosiy omillaridan biri, 

makroiqtisodiyotga  taalluqli,  jamiyat  va  shaxsiy  sektorlardagi 

korxonalarda  ishlab  chiqarish  (xizmat  ko‘rsatish)  samaradorligini 

oshirishga  erishishdir.  Bunga  asosan,  mavjud  ishchi  kuchidan  oqilona 

foydalanish evaziga muvaffaq bo‘lish mumkin. Ishchi kuchidan samarali 

foydalanish, ko‘pincha, bajarilishi zarur bo‘lgan har xil ishlar (xizmatlar) 

ayrim ijrochilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishiga, chunonchi ular ish bilan 

malakasiga, tajribasiga va hatto zukkoligiga yarasha bab-baravar ta’min 

etilishiga bog‘liq. Masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi 

navbatda, bajarilishi zarur bo‘lgan mehnatni ishlab chiqarish yoki xizmat 

ko‘rsatish  korxonalarida  puxta  o‘ylab,  oqilona  taqsimlash  lozim.  Bu 

tashkiliy  masala  mehnat  taqsimoti  deb  ataladi.  Mehnat  taqsimoti 

deganimizda,  har  xil  mehnat  turlarining  bir-biridan  ajratilishini, 

pirovardida  mehnat  faoliyati  bilan  bandlikni  tushunamiz.  «Mehnat 

taqsimoti» atamasi xodimlarning mehnat funksiyalarini aniq belgilashni 

va  birgalikdagi  faoliyat  davomida  ularni  chegaralab,  ajratib  qo‘yishni 

anglatadi.  

Mehnat taqsimoti iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlaridan 

biri  sifatidagi  tabiiy  va  zaruriy  jarayon  bo‘lib,  uning  kerakligi  va 

ahamiyati  ko‘pgina  olimlar  tomonidan  isbotlab  berilgan.  Chunonchi, 

Markaziy  Osiyolik  Abu  Rayhon  Beruniy  va  Abu  Ali  Ibn  Sino  ham  bu 

masalaga alohida e’tibor berganlar. 


Download 140.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling