4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyaSI
Xalqaro korporatsiyalarning mohiyati, tuzilmasi va ko’rinishlari
Download 85.89 Kb.
|
5.3. Xalqaro korporatsiyalarning mohiyati, tuzilmasi va ko’rinishlari
O’z tarkibiga bosh boshqaruvchi markaz orqali rivojlanishning umumiy strategiyasini ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi, ikki yoki undan ortiq mamlakatda xo’jalik birliklariga ega bo’lgan xamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya mutaxassislar tomonidan transmilliy korporatsiya (TMK) nomini olgan. Jahon iqtisodiyotining o’ziga xos «umurtqa pog’onasi» bo’lgan zamonaviy TMKlarning xarakterli belgilari quyidagilar hisoblanadi: Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish faoliyatining katta qismini bosh shtab-kvartira joylashgan mamlakat iqtisodiy makoni chegarasidan tashqariga olib chiqish; Turli davlatlarda shahobchalar, shu’ba va assotsiatsiyalangan kompaniyalarning katta tarmog’ini shakllantirish; Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va rejalashtirish sharoitida tashqi va ichki investitsion oqimlarni boshqarish; Kapitallar, ishchi kuchi, axborot ko’chishi (transferti)ning firma ichkarisidagi kanallarining ko’pligi. Ishlab chiqarish quvvatlarini va servis markazlarini jahonning turli hududlariga bo’lib-bo’lib joylashtirish(diversifikatsiyalash), bunday korporatsiyalarga xalqaro mehnat taqsimoti shartlari va ichki milliy bozor xususiyatlaridan kelib chiquvchi ustunliklardan foydalanish hisobiga katta daromad olish imkoniyatini beradi. Milliy kompaniyani xalqaro kompaniyaga aylanishiga konkret misol sifatida «Elektrolyuks» guruhini keltirish mumkin. «Elektrolyuks» elektr uskunalari ishlab chiqish va ta’mirlash bilan shug’ullanuvchi ikki shved firmasining qo’shilish yo’li bilan 1912 yilda tashkil etilgan. 50-yillarda bu kompaniya avval SHvetsiyada so’ngra boshqa Skandinaviya mamlakatlarida xam yetakchi mavqega ega bo’ldi. Tayyorlanayotgan mahsulotlar nomenklaturasini uzluksiz kengaytirib borgan xolda kompaniya G’arbiy Yevropada savdo va xizmat ko’rsatish korxonalari tarmog’ini yaratishga kirishdi. 80-yillarda «Elektrolyuks» o’z tuzilmasiga AQSH («Uayt Konsolideytid» elektr uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda 3-o’rinda turardi), Germaniya («AEG» - 1-o’rin), Italiyaning («Zanussi» - 1-o’rin) kabi bir necha yirik kompaniyalarini qo’shib oldi. Hozirgi paytda uni jahonning 75 mamlakatida bo’limlari mavjud, bu TMKning personali 110 ming kishidan ortiq, yillik aylanmasi 16 mlrd. doll.dan oshadi. TMKning namunaviy tuzilmasini bosh kompaniya (ushbu mamlakatda ro’yxatdan o’tgan korporatsiyaning bosh shtab-kvartirasi) va boshqa davlatlarda joylashgan shahobchalar, shu’ba va assotsiatsiyalashgan kompaniyalar tizimi. Ko’pincha TMK tuzilmasiga moliya-kredit muassasalari (banklar, investitsiya fondlari va sug’urta kompaniyalari) xam kiritilish mumkin. Bundan tashqari yirik xalqaro korporatsiyalar odatda o’zining muhofaza xizmati, kadrlar treningi, transport va boshqa xizmatlariga ega bo’lishadi. SHahobchalarning shu’ba korxonalardan farqi shundaki, ular o’z balansi va iqtisodiy mustaqillikka ega emas. Assotsiatsiyalashgan kompaniyalarga kelsak, ular bosh kompaniya tomonidan odatda shartnoma munosabatlari tizimi (pudrat, trast kabilar) orqali nazorat qilinadi. TMK ko’rinishlari tanlangan mezonga bog’lik ravishda turlicha sinflanadi. Eng keng tarqalgan alomat xalqaro korporatsiyaning bosh tuzilmasi nizom fondidagi kapital ulushini belgilovchi milliy mansublik belgisi hisoblanadi. Bu holatda quyidagilar ajratib ko’rsatiladi: monomilliy kompaniyalar (milliy kompaniya, masalan — SHveytsariyadagi "Nestle" kontserni); multimilliy kompaniyalar (baynalmilal kompaniya, masalan — ingliz-golland "Royyal Datch SHell" korporatsiyasi); konsortsiumlar (uzoq muddatli kapital sig’imli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun bir necha korporatsiyalar aktivlarining bir qismini vaqtinchalik maqsadga yo’naltirilgan birlashtirish). Jahon iqtisodiyoti qayd etilgan guruhlarning solishtirma og’irligi doimo o’zgarib turadi. 70-yillarda monomilliy TMKlar ko’pchilikni tashkil etgan bo’lsa, 80-yillarga kelib konsortsiumlar paydo bo’ldi. So’nggi o’n yil ichida raqobat ko’rashining kuchayishi va global bozorlardagi inqirozli vaziyatlar tufayli milliy kompaniyalar bir-biri bilan qo’shilib multimilliy TMKlarga aylandi. Xo’sh, transmilliy korporatsiyalarni paydo bo’lishiga sabab nima? TMKlar paydo bo’lishining asosiy sababi milliy-davlat chegaralaridan chiqib ketgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvidir. Ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi yirik komnaniyalar tomonidan xorijiy mamlakatlarda o’z bo’limlarini tashkil etib, milliy korporatsiyalarning TMKga aylanishi orqali ekspansiya xarakteriga ega bo’ladi. Jahon iqtisodiyotida kapital olib chiqish xalqaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir. Transmilliy korporatsiyalar vujudga kelishining sabablaridan yana biri haddan tashqari foyda olishga bo’lgan intilishidir. O’z navbatida, kuchli raqobat bu kurashda g’alaba qozonish zaruriyati, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning kontsentratsiyasi ham TMKlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida TMKlar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Transmilliy korporatsiyalarda kapitalining harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo’layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bo’ladi. Download 85.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling