4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funktsional xususiyatlari va uning asosiy funktsiyalari individual tuzilmalar misolida


Download 0.86 Mb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1304688
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funktsional

4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funksional xususiyatlari va uning asosiy funksiyalari individual tuzilmalar misolida


Орлиқ мия
Катта яримшарлар
Мияча
Узунчоқ мия
Мия кўпришги
Ўрта мия
Bosh miya uni o'rab turgan pardalar bilan bosh skeletining ichki bo‘shlig‘ida joylashgan. Bosh miya, asosan, uch qism (ustki katta qismi — katta miya, miyacha va miya pog‘onasi) dan iborat. Katta miya chuqur yoriq orqali ikkita yarim sharga bo'lingan. Yarimsharlarning tashqi yuzalari notekis egatlar va pushtalar bilan qoplangan. Orqa tomonda yarimsharlar ostida joylashgan miyacha ko‘ndalang yoriqcha bilan ajralib turadi. O‘ng va chap yarimsharlar bir-biri bilan qadoq tana orqali qo‘shilgan. Yarimsharlar oq va kulrang modda (po‘stlog‘i) dan tashkil topgan. Bosh miya ichida embrion rivojlanishida paydo bo‘lgan bo'shliq — miya qorinchalarini ko‘rish mumkin.
Bosh miyaning pastki yuzasi — tubi bosh skeleti asosining ichki yuzasiga tegib turgani uchun notekis tuzilishga ega. Miya tubining oldida miya yarimsharlari peshona qismining pastki yuzasidan hid bilish yo‘li ko‘rinadi. Bu yo‘lning uchi piyoz shaklida yo‘g‘onlashgan bo‘lib, undan 15— 20 tacha ingichka hid bilish nervi ipchalari chiqadi. Hid bilish yo‘lining orqasida ≪X≫ shaklida ko‘rish nervi boshlanadi.
Miya tubidan 12 juft bosh miya nervlari chiqqan. Ular oldindan boshlab quyidagi tartibda chiqqan:
I juft — hid bilish nervi ipchalari — burun orqali olingan hidni taxlil qiladi
II juft — ko'rish nervi — ko’z orqali olingan vizual ma’lumotni taxlil qilish
III juft — ko'zni harakatlantiruvchi nerv — ko’z qorachiq holati harakatlari
IV juft — g'altak nervi — ko’z harakati
V juft — uch shoxli nerv — mimika harakatlari, chaynash harakatlari
VI juft — uzoqlashtiruvchi nerv — ko’z harakatlari
VII juft — yuz nervi — ta’m sezgisi, ko’z yoshi, so’lak ajralishi efferent signallar, yuz ifodasi

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling