Xulosa.
Dunyo
iqtisodiyotining
globallashuvi
va
davlatlararo
integratsiyalashuvning tezlashishi yuz berayotgan
bugungi shiddatli
zamon milliy bojxona organlari xodimlari oldiga nafaqat mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, balki
tashqi iqtisodiy faoliyatni
faollashtirish maqsadida uning ishtirokchilariga qulay sharoitlarni
yaratish va jarayonlarni huquqiy jihatdan samarali
tartibga solish kabi
muhim vazifalarni yuklaydi.
Xulosa o'rnida qayd etish lozimki, globallashuv
va integratsiya
jarayonlari rivojlanishining hozirgi bosqichida O'zbekiston Respublikasi
bojxona organlari oldidagi dolzarb vazifa xalqaro qoidalar va normalarga
muvofiq, bojxona nazorati va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish
bo'yicha xalqaro standartlardan samarali foydalanish, mamlakatimizning
xalqaro etkazib berish zanjirida raqobatlashish
imkoniyatlarini
ta'minlashdan iborat. Ushbu maqsadlarga eng avvalo, oliy ta'lim
mazmunini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, xalqaro tajribalardan
kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or
standartlarini joriy etish, mehnat
bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash
tizimini takomillashtirish orqaligina erishish mumkin.