4-bosqich talabasi Xomidova Mashhura Umidjon qizi
Download 31 Kb.
|
maqola1
Shaxsni ijtimoiy muhitda rivojlanishi Andijon davlat Universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi o'qituvchisi Shoabdullayeva Lazokatxon Andijon davlat Universiteti Pedagogoka psixologiya yo'nalishi 4-bosqich talabasi Xomidova Mashhura Umidjon qizi Anatatsiya: ushbu maqolada shaxsni ijtimoiy muhitdagi rivoji keng yoritilib berilgan bòlib bunda shaxs òzi nima jamiyatga qanday foyda keltiradi va uning sayi harakatlari nmalardan iborat ijtimoiy muhit nima undagi omillar rivojlanishi kabi mavzular keng yoritilib òtilgan. Anatation: в этой статье широко освещаются такие темы, как развитие личности в социальной среде что такое личность и как она приносит пользу обществу, и что такое социальная среда, в которой она развивается. Anatomy: in this article we have given a broad overview of personality in social environment development by personality òzi what benefits the society and what are the social environment in which the actions of its sayi are made up of Nm factors are widely covered in topics such as development. Kalit so'zlar : Shaxs ,Individ ,Jamiyat ,rivojlanish , Ijtimoiy muhit ,ijtimoiy tarbiya, inson, madaniy muhit, shaxsni yònalganligi,odam. Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan Shaxs irsiyat muhit va tarbiya jarayonlarida rivojlanib shakllanib boradi.Shaxs -tushunchasi faqat insongagina taaluqli bòlib aniq bir inson ya'ni jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi.Odam shaxs bòlishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi aqlan òz òzini anglashi òzining xususiyatlari va sifatlari bilan jamiyatning boahqa a'zolaridan farqlanib turishi zarur.Shaxs tushunchasi kop yillardan beri olimlarni òylantirib kelgan hisoblanadi. SHaxsni o'rganishning ijtimoiy-psixologik yondashuvi uni ijtimoiylashuvning bevosita mahsuli sifatida qarab, uning ijtimoiy psixologik tizimini bevosita o'rab turgan ijtimoiy muhit ta'sirida o'rganadi. Bu borada bir qancha olimlarning o'ziga xos nuqtai nazarlari ham mavjud. Masalan, K.K. Platonov shaxs tizimida to'rtta asosiy jabhani ajaratadi: 1) SHaxsning yo'nalganligi va munosabatlari tizimi: uning mayllari, xohish-istaklari, qiziqishlari, layoqati, ideallari, dunyoqarashi, e'tiqodi kabilarni o'z ichiga oladi. Bu tizimdagi xususiyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, ular insonning jamiyatda yashashi, undan oladigan tarbiya shakllari, mafkuraviy muhit asosida shakllanadi. 2) SHaxsning individual ijtimoiy tajribasi: bu jabhadagi sifatlar inson hayoti mobaynida orttiradigan bilimlari, malaka va ko'nikmalari asosida namoyon bo'ladi. Bu sifatlar ijtimoiy xarakterli bo'lib, ko'proq ta'lim jarayonida shakllanadi. 3) Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari: xotira, idrok, sezgilar, tafakkur, qobiliyatlar kabi bir qarashda tug'ma omillarga bog'liq xususiyatlar inson umri davomida takomillashishi va uning boshqa ijtimoiy sifatlari ta'sirida individual o'ziga xoslik kasb etishi mumkin. 4) Biologik xususiyatlarga bog'liq shaxs sifatlari: bunga shaxsning tipologik, yoshiga oid, jinsiy xususiyatlari kiradi va u ko'pincha bioijtimoiy omillar sifatida qaraladi. A.N. Suxov va A.A. Derkachlarning ta'kidlashlarida shaxsning ijtimoiy psixologik xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo uning fikrlash tarzi, qadriyatlari tizimi, motivasion belgilari (yo'nalganlik, hayotiy maqsadlar, rejalar, hayot tarzi), kognitiv sifatlar (ijtimoiy tasavvurlar, hayot manzaralari to'g'risidagi fikrlari), “Men”-konsepsiyasi, “Men”-obrazi, o'ziga munosabati, o'ziga nisbatan bahosi; o'zini tushunadi. Odam shaxs bòlib rivojlanishi uchun u albatta ijtimoiy muhitda yashashi boshqa insonlar bilan munosabatda muloqotda bòlishi zarur , aks holda u individga aylanadi.Individ sòzi lotinchadan olingan bòlib 'bòlinmas , ajralmas ' degan ma'nolarni anglatadi.Individ - bu biologik, fiziologik, ijtimoiy, ‘psixologik xususiyatlari birligida alohida olingan insondir.individ shaxs bolib shaklanishi jamiyatda kechadi. Bu haqida juda kòplab olimlar nazaryalari mavjud.Rodjers shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo‘lib, o‘zini baholash darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘ladi.Amerikalik ruhshunos Maslouning nuqtai nazariga asosan insonning asosiy ehtiyoji – bu o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini mukammallashtirish va o‘zini namoyon etishdir deb aytadi.Amerikalik ruhshunos E. Bern va nemis ruhshunosi K. Levin. Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib hisoblanadi.A.N. Leontev o‘zining markaziy o‘rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. Yuqoridagi olimlarning shaxs haqidagi nazaryalari bizga shaxs haqidagi tasavurimizni ortishiga va shaxsni tahlil qila olishimizga amaliy yordam beradi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta‟sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi.Inson butun umri davomida ham.psixik ham.ijtimoiy jihatdan òzgarib boradi.Ijtimoiylashuv – inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o‟zlashtirilishi jarayoni. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan milliy madaniyat an‟analarining o‟zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Madaniy muhitga moslashish jarayoni sifatida ijtimoiylashuv insonning butun umri bo‟yi davom etadi, biroq bu jarayon bolaning ikki yoshdan olti yoshgacha bo‟lgan davrida boshlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki jamiyat doimo òzgarib turadi unda yashovchi insonlar esa jamiyatga qarab òzgarib moslashib borishadi.jamyatda yashovchi va ma'lum bir faoliyat turi bilan shug'ullanuvchi narmal til qonun-qoidalariga amal qiladigan ,psixik jihatdan taraqqiy etagan ,o'zini hatti-xarakatlarini ongli boshqara oladigan , odamgagina shaxs deyiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati. 1.V.M.Karimova ,, Ijtimoiy psixologiya '' T--2007-yil 2.M.P Budyakina ,, Ijtimoiy psixologiya'' -SPb. 2003-yil 3.E.Ģoziyev ,, Umumiy psixologiya'' T--2002-yil 4.V.M.Karimova Psixologiya oquv qòllanma T--2002-yil Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling