4 chizma geometriya haqida umumiy ma`lumotlar. Auto cad dasturi haqida tushuncha. Reja


Download 98.64 Kb.

Sana21.08.2018
Hajmi98.64 Kb.

4.1. CHIZMA GEOMETRIYA HAQIDA UMUMIY 

MA`LUMOTLAR. AUTO CAD DASTURI HAQIDA 

TUSHUNCHA. 

     


Reja:

 

1. 


Chizma geometriya haqida umumiy ma`lumotlar. 

2. Chizma geometriya fanini kelib chiqish tarixi. 

3. AutoCAD tizimi haqida umumiy ma‟lumotlar.  

 

Chizma geometriya haqida umumiy  ma`lumotlar



.

Chizma  geometriya umumiy 

geometriyaning  bir  shoxobchasi  bo'lib,  narsalarni  tasvirlash  usullari  yordamida 

ularning  shakllari,  o'Ichamlari  va  o'zaro  joylashishlariga  tegishli  pozitsion  va 

metrik  masalalarni  yechishni  o'rganadi.  Chizma  geometriya  matematika  fanlari 

bilan  uzviy  bog'liq  bo'lib,  umumtexnika  fanlaridan  hisoblanadi.  Chizma 

geometriya  boshqa  geometriyalardan  o'zining  asosiy  usuli,  ya'ni  tasvirlash  usuli 

bilan farq qiladi. U tasvirlash usullari yordamida o'quvchining fazoviy tasavvurini 

kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o'qiy bilish hamda 

amaliyotdagi  turli  muhandislik  masalalarini  yechishga  yordam  beradi.  Chizma 

geometriya  qonunqoidalari  bilan  nafaqat  mavjud  narsalarni,  balki  tasawur 

qilinadigan  narsalarni  ham  tasvirlash  mumkin.  Fazodagi  shakllarning  tekislikdagi 

chizmalari  chizma  geometriya  usullari  bilan  ma'lum  qonun-qoidalar  asosida  hosil 

qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy shaklini chizish va o'lchamlarini 

aniqlash mumkin. Chizmalar yordamida geometrik shakllarga tegishli stereometrik 

masalalar  yechiladi.  Chizmalarsiz  fan  va  texnika  taraqqiyotini  tasawur  qilib 

bo'lmaydi.  Arxitektor  va  muhandislar  ijodiy  fikrlarini  faqat  chizmalar  yordamida 

to'liq  bayon  eta  oladilar.  Chizmalar  asosida  barcha  muhandislik  inshootlari 

quriladi,  mashinalar,  mashina  qismlari,  meditsina  asboblari  va  hokazolar  ishlab 

chiqariiadi.  Shakllarning  bizga  ma'lum  bo'lgan  barcha  geometrik  xossalarini 

ularning  chizmalaridan  olingan  ma'lumotlardan  ham  aniqlasa  bo'ladi.  Shuning 

uchun  ham  buyumlarning  chizmalarini  ularning  geometrik  xususiyatlarini  o'zida 

aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb atash mumkin. Chizma geometriya fani 

quyidagilarni o'rganadi:  

•  fazoviy  shakllarning  tekislikdagi  tasvirlari,  ya'ni  tekis  modellari  (chizmalari)ni 

yasash;  

• tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo'l bilan yechish;  


•  shakllarning  berilgan  tekis  chizmalari  bo'yicha  ularning  fazoviy  urinishi  va  12 

vaziyatini tasavvur qilish hamda yaqqol tasvirlarini yasash;  

•  geometrik  shakllarning  chizmalarini  bajarish  va  o'qish  orqali  o'quvchining 

fazoviy tasavvurini rivojlantirish.     

   Ma'lumki, geometrik shaklning xossalarini analitik va grafik usullarda fekshirish 

mumkin.  Shakllarning  grafik  modeliga  nsosan  ularning  analitik  usulda  berilishini 

va  aksincha,  shakllarning  analitik  ko'rinishidan  ularning  chizmalarini  yasash 

usullarini chizma geometriyada ham ko'rish mumkin. Loyihalanadigan buyumlarni 

faqatgina  grafik  usulda  tasvirlash  hozirgi  zamon  ishlab  chiqarish  talablarini 

qanoatlantirmaydi. Shuning uchun chizmalarni hajarishda grafik usullar bilan birga 

analitik usullardan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda buyumlarning chizmalarini 

kompyuter  grafikasi  vositalari  yordamida  tayyorlashda  avtomatlashtirilgan 

loyihalash  sistemalarining kirib  kelishi chizma geometriya  fanining rivojlanishida 

yangicha mazmun kasb etmoqda. 

Chizma  gyometriya  boshqa  fanlar  singari  inson  mexnati  faoliyati  natijasida 

vujudga  kelgan.  Qadimgi  inshootlar  qoldiqlaridan  ma`lum  bulishicha  miloddan 

avval  ham  tasvirlar  asosida  bajarilgan  chizmalardan  foedalanilgan.  Canoat  va 

texnika  tarmoqlarining  rinojlanishi  bilan  tasvirlar  yasash  usullari  ham 

takomillashib borgan. Uyig`onish davrida arxitektura  va tasviriyi can`atning jadal 

rivojlanishi  natijasida  G`arbiyi  Evropada  geometrik  asosda  tasvirlash  usullari 

haqidagi  mf`lumotlar  poyido  bula  boshladi.  Bu  soxadagi  nazariyotchi  olimlardan 

biri  italyan  olimi 

Leon  Alberti

  (1404-1472)  bulib,  u  uzining  «Rassomchilik 

haqida»  va  «Me`morchilik  haqida»  nomli  asarlarida  perspektivaning  kinematik 

asoslarini  ishlab  chiqqan.  Grafik  yasash  usullarning  kengi  rivoji  italyan  rassomi, 

olimi  va  muxandisi  Leonardo  Da  Vinchi  (1452-1519)  nomi  bilan  bog`liq.  U 

uzining  amaliyi  faoliyatida  perspektiv  tasvirlar,  shu  jumladan,  «kuzatish» 

perspektivasi  qonunlarini  qullash  doirasini  kengayitirgan.  Taniqli  nemis  rassomi 

AlberextDyurer  (1471-1528)  o`zining  “Qo`llanma”  asarida  tekis  va  fazoviy  egri 

chiziqlarni  yasashining  bir  qancha  usullarini  keltirdi.  U  “Dyurer  usuli”  deb 

nomlangan  persektiv  yasashlarining  yangi  o`ziga  xos  usulini  yaratgan.  Italyan 

olimi  Gvido  Ubaldning  (1545-1607)  “Prespektiva  bo`yicha  xaqiqiy  o`lchamlarni 

aniqlashga asos slogan”. Frasiuz matematigi Jirar Dezarg (1593-1662) “Narsalarni 

persepektivada tasvirlashning umumiy usuli” nomli asarida persektiv yasashlardan 

koordinatlar  usulini  qo`llash  bilan  chizma  geometriya  faniga  katta  xissa  qo`shdi. 

Nemis  geometrii  Lambert  (1723-1777)  elementlar  geometriya  masalalarini 

perspektiva  yasashlar asosida grafik uslida yechishni tavsiya qildi. Shunday qilib, 

XVIII  asr  oxirlariga  kelib  proesiyalash  usullari  bo`yicha  yetarli  tajriba  to`plandi. 

Ammo  bu  usullar  tarqoq  bo`lib,  yaxlit  nazariyaga  birlashtirilmagan  edi.  Fransuz 

geometrii  Gaspar  Monj  (1746-1818)  o`zining  14  “Geometriya  deseriptiva” 

(“Chizma  geometriya”)  asarida  tasvirlash  usullari  soxasidagi  bilimlarini 

umumlashtirdi  va  sistemaga  soldi.  U  bu  bilan  chizma  geometriyaga  fan  sifatida 


asos  soldi.  Rossiyada  chizma  geometriya  1810-yildan  Peterburg  muhandislari 

qorpusi  instituti  (xozirgi  Peterburg  temir  yo`llari  transporti  inctituti)  da  fransuz 

tilida o`qila boshladi. Fani o`qitish uchun 

Gaspar Monj

 ning shogirdi K.Pote taklif 

qilindi.  Keyinchalik  Potening  yordamchisi  Ya.  A  Pote  taklif  qilindi.  Keyinchalik 

Potening yordamchisi Ya. A.Sevfstiyanov (1796-1846) chizma geometriyadan rus 

tilida  ma`lumotlar  uqiyi  boshladi.  1821-yilda  u  «Chizma  geometriya  asoslari» 

kursini  nashir  etdi.  Bu  rus  tilidagi  birinchi  orginal  darslik  bulib,  uz  davrida 

evropada  ushbu  fan  buyicha  yozilgan  kitoblardan  ancha  ustun  turardi.  Ya. 

A.Sevfstiyanovga  1824-  yildaruslardan  birinchi  proftccorlik  unvoni  berildi. 

Professor  V.  I.  Kurdyumovning  (1853-1904)  ishlari  uning  nazariy  jixatdan 

chuqurligi, ilmiy asoslarining izchilligi bilan ajralib turadi. Uning 1886-1919 tasvir 

usullariga  yangicha  qarashlarini  ilgari  surdi.  Uning  vektorli  chizma  geomteriya 

haqidagi  fikirlari  hozir  ham  ilmiy  ahamiyatini  yo`qotgani  yo`q.  Olim  o`zining 

“Yangi geometriya chizmachilikning asosiy sifatida”, “Yangi chizma yeometriya” 

kabi  asarlarida  sonlar  vektorlardan  foydalandi.  Texnika  fanlari  doktori,  professor 

N.A.  Rinin  (1877-1943)  tasvirlash  usullari  soxasidagi  juda  ko`p  ilmiy  ishlar 

muallifidir.  Uning  fanning  barcha  bo`limlari  qamrab  oluvchi  “Chizma 

geometriya”,  “Aksonametriya”,  “Sonlar  bilan  belgilangan  proeksiyalar”, 

“Proeksiya”,  “Chiziqli  prspektiva  elementlari”  kabi  mashxur  darwsliklardan 

tashqari, kupgina ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlari ma‟lum. D. I.  Kargin (1880-

1949)  chizma  geometriya  va  muhandislik  grafikasi  faniga  katta  xissa  qo`shgan 

olim  bo`lib,  rafik  xisoblashlar  va  yasashlarini  aniq  bararish  bo`yicha  ilmiy  ishlar 

olib boragan. D.  I.kargin grafika bo`yicha  birinchi fan doktoridir. Professor M.Y. 

Gromov  (1884-1963)  ilmiy  ishlarining  asosiy  yo`nalishi  egri  chiziqlar  va 

sirtlarining  xosil  bo`lish  nazariyasini  bo`yitishdan  iborat.  U  sobiq  ittifoqdan 

birinchilar  qatorida  “Chizma  geometriyada  egri  chiziqlar  va  sirtlarning  15 

kinematik asoslar” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1935-1941 

yillarda  M.Y.  Gromov  Toshkent  to`qimachilik  va  yangi  sanoat  instituti  “Chizma 

geometriya  va  chizmachlik”  kafedrasiga  raxbarlik  qildi.  Shu  davrda  u  ilmiy-

metodik  ishlarini  rivojlanib,  1937-yilda  “Proeksion  chizmachilik  bo`yicha 

masalalar  to`plami”  o`quv  qo`llanmasi  yaratdi.  Olim  1941-1945  yillarda  hazirgi 

Toshkent irrigasiya va memorchilik instituti ma‟ruzalar o`qidi. Fizika-matematika 

fanlari  doktori,  professor  N.F.  Chetveruxin  (1891-1947)  sovet  davrining  eng 

mashxur  muhandislik  grafikasi  ekspert  kompozitsiyasining  raisi  bo`lgan.  N.F. 

Chetveruxinning  “Shartli  tasvirlash  nazariyasi”  asari  tasvirlash  nazariyasi 

qo`shilgan  ulkan  xissa  bo`ldi.  Bundan  tashqari  olimning  “Geometrik 

yasashlarining usullari” nomi darsliklar muallifidir. Professor V.O.Gordan (1892-

1971)  chizma  geometriya  va  muhandislik  grafikasi  o`qitish  bo`yicha  yetuk 

mutaxassis  bo`lib,  uning  umumta‟lim  maktablari  uchun  chizmachilik  darsligi  bir 

necha  yillar  mobaynida  millionlab  o`quvchilar  uchun  zarur  qo`llanma  vazifasini 

o`tab kelgan. 1941-1945-yillarda Gordan Toshkent to`qimachilki va  yebgil sanoat 

instituti  “Chizma  geometriya  va  chizmachilik”  kafedrasiga  raxbarlik  qildi.  Shu 

yillarda u “Chizma geometriyakursi” kitobini yozib tugatdi. Xozirgi kunda bu kitib 


24  marat  nashr  qilinib,  Rossiya  oily  texnika  o`quv  yurtlari  uchun  asosiy  klassik 

darslik hisoblanadi. Texnika fanlari doktori, professor A.I. Dobryakovning (1895-

1947)  “Chizma  geometric  kurslari”  ancha  mukammal  darslik  hisoblanib, 

arxektekturaqurilish  ixtisosligidagi  oily  o`quv  yurtlariga  mo`jallangan.  Olimning 

“Chizma  geometriya  masalalar  to`plami”  ushbu  kitobning  mantiqiy  davomidir. 

A.I.Dobryakov  tomonidan  persepektiva  va  soyalar  nazariyasining  o`ta  muhim 

masalalari ishlab chiqilib, natijada yangi teoremalar tariflab berdi. 16 1.2. Chizma 

geometriya fanining o`rta osiyoda rivojlanishi. O`rta Osiyoda chizma geometriyaga 

oid ilk ma‟lumotlar IX-XI asarlarda yashab o`tgan qomusiy olimlar 

Muxammad al-

Xorazmiy

  (789-850),  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  va  boshqalarning 

“Geometriya”,  “Geodeziya”,  “Astronomiya”  kabi  asallarida  keltirilgan  Temuriy 

davrida  Movarounnaxp  xududida  muxtasham  binolar,  masjid  va  madrasalar  qad 

ko`tardi. Barpo etilgan binolar albatta, aniq chizmalar asosida ko`rilgan. Chizmalar 

esa  maxsus  chizmachilik  asboblari  vosetasida  bajarilganligi  haqida  ko`pgina 

ma‟lumotlar  bor.  Professor  S.M.Kolotovichning  (1885-1965)  tasvirlash  usullarini 

rivojlantirish soxasidagi xizmatlari aloxida o`rin tutadi. 1926-1944-yillarda ukrain 

olimi  O`zbekistonning  turli  ko`rinish  tashkilotlarida  va  O`rta  Osiyo  industrial 

instituti “Chizma geometriya va arxiktektura loyixalash” kafedrasida ishlab, 1933- 

yili  “Chizma  geometriya  kursi”  ni  chop  etdi.  O`zbekistonda  chizma  geometriya 

tarixi  Turkiston  Xalq  Unverseti  (hozirgi  O`zbekiston  Milliy  Unverseti)  faoliyati 

bilan  bo`g`liq.  1930-1934-yillarida  Unversetiti  tarkibidan  bir  necha  oily  texnika 

o`quv  yurtlari  ajralib  chiqib,  ularda  “Chizma  geometriya  va  chizmachilik” 

kafedralari  tashkil  qilinadi  va  o`qitila  boshlaydi.  Darslabki  yillarda  fanni  o`qitish 

metodikasi  talabalar  bajaradigan  chizmalar  (topshiriqlar)  to`plamlari  tuzishga  va 

yosh  o`qituvchilar  pedagogik  maxoratini  oshirishga  katta  e‟tibor  berildi. 

O`zbekistonda chizma geometriya fani bo`yicha birinchi pedagog Raxim Xorunov 

(1911-1992) 1953-yilda R. Xorunov Leningratda “Parallel proeksiyalashda yaqqol 

tasvirlash yasashning ba‟zi bir masalalari” mavzusida nomizodlik dissertatsiyasini 

himoya  qiladi.  1953-1983  yillar  davomida  u  Toshkent  temir  yo`llar  transporti 

inistitutida kafedra mudiri bo`lib o`z ilmiy maktabini yaratdi, bir necha nomzodlik 

ishlariga  rahbarlik  qildi.  1961-yili  R.Xorunov  tomonidan  “Chizma  geometriya 

kursi”  dan  darslik  chop  etilib,  bu  o`zbek  tilida  chizma  geometriya  fani 

terminologiya  tizimi  majmuasi  yartilishiga  olib  keldi.  Darslikning  keyingi 

nashrlariga  fanning  namunaviy  dastur  belgilangan  17  barcha  bo`limlar  kiritilib,  u 

arxitektura-qurilish 

mutaxassislariga 

muljallab 

tayyorlangan. 

1966-yilda 

R.Xorunovga professorlik unvoni, 1981-yilda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan 

arbobi unvoni berildi. Yousuf Qirg`izboev (1912-1995) Noshkent tuqimachilik  vf 

engil  sanoat  institutida  1951-1978  yillarda  kafedra  mudiri  sifatida  faoliyat 

yoritgan.  U  1958-  yilda  birichi  bor  o`zbek  tilida  mexanika  ixtisosliklari  uchun 

«chizma geomitriya» darsligini chop itdi. Kitobda tasvirlash usullari ishlatiladigan 

o`zbekcha  atamalar  tizimi  yaratildi.  1961  yilda  Yousuf  Qirg`izboevga  dosentlik 

undoni  birildi.  1974  yilda  Yo.  Qirg`izboev,  E.  Sobirov,  L.  Hakimov  va  I. 

Raximovlar  muallifligida  «Mashinasozlik  chizmaciligi  kursi»  chop  etildi.  Bu 


o`zbek  tilida  yaratilgan  birinch  adabiyot  bulib,  unda  nazariyi  va  amaliyi  bilimlar 

bilan  bir  qatorda  chizmachilik  atamalar  ishlab  chiqildi  1963-yildan  boshlab 

Respublikamiz pedagoglaridan Sh. K. Muradov birinchi bulib Kitvdagi prof. S. M. 

Kolotov  ilmiyi  maktabiga  aspiranturaga  kirishi  munosabati  bilan  ukran  va  uzbek 

olimlari urtasida ilmiyi hamkorlik  vujudga keldi. Kiev ilmiyi  maktabining raxbari 

texnika fanlari doktori, professor V. E. Mixayilenkoning 1968-yillarda Buxoro  va 

Samarqand  oliyi  uquv  yortlarida  ma`ruzalar  uqishi,  undan  kiyingi  uillarda 

Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Urganch,Chimkent  va  Jambul  shaxarlarga  tashrif 

buyorib,ilmiyi smenarlar utkazishi hamda izlanuvchi  va  aspirantlar tanlab olinishi 

O`zbekiston  va  qushni  respublikalarda  fanning  rivojlanishiga  turtki  buldi.  Hozir 

respublikamizda  faoliyat  yoritayotgan  26  fan  nomzodidan  23  tasi  shu  ilmiyi 

maktabda  dissirtasiya  himoya  qilgan,  ulardan  3  nafari  professor,(Sh.K.Murodov, 

J.Ya.Yodgorov, R,K.Ismatullaev) df 1 nafari fan doktori (D.F.Quchqorov) buldi. 

AutoCAD tizimi haqida umumiy ma’lumotlar.  

Bugungi  kunda  juda  ko‟plab  kompyuter  grafik  dasturlari  mavjud  bo‟lib,  ularni 

qaysi  sohada  qollanilishi  bilan  bir  biridan  farqlanadi.  Har  bir  soha  mutaxassislari 

o‟z  faoliyatlari  uchun  qulay  bo‟lgan  grafik  dasturni  tanlaydilar.  Dasturlarning 

imkoniyat  chegaralari  ham  ma‟lum  bir  sohaga  yo‟naltirilgan  bo‟ladi.  Demak, 

grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. 

Aksariyat  hollarda  grafik  dasturni  qo‟llashdan  oldin  boshqa  bir  dasturlarni  yoki 

fanlarni  o‟zlashtirishga  ehtiyoj  seziladi.  Shunisi  bilan  ham  grafik  dasturlar 

murakkablashib 

boradi. 


AutoCAD

 - АQSh Autodesk kоmpаniyasining avtomatik loyihalash paketi bo‟lib, 

kompyuterli 

modellashtirish 

va 

loyihalash 



ishlarini 

sifatli 


bajarishda, 

foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez  va  malakali,  yuqori darajali aniqlikda 

ishlab  chiqishda,  hamda  bir  vaqtda  qog„ozga  chiqarish  imkoniyatini  beradigan 

tizimdir. 

AutoCAD  dаsturi  1982  yildа  yarаtilgаn  bo‟lib,  u  dаstlаb  fаqаt  MS  DOS  tizimi 

uchun  ishlаb  chiqilgаn  edi.  2000  yildаn  bоshlаb  grаfik  yasаshlаrni 

аvtоmаtlаshtirish  аsоsidа  lоyihаlаsh  dаsturlаri  mukаmmаl  yarаtilа  bоshlаndi  vа 

hоzirgi  vаqtdа  Autodesk  kоmpаniyasi  AutoCAD  tizimini  fаqаt  Microsoft 

Windows uchun ishlаb chiqmоqdа. Lоyihаlаsh ishlаrini аvtоmаtlаshtirish dеgаndа 

nimаni  tushunish  kеrаk?  Аvvаlо  grаfik  yasаshlаrni  grаfik  dаsturlаrning 

imkоniyatlаri  аsоsidа  аvtоmаtik  аniq  bаjаrish  tushunilаdi.  Zаmоnаviy  AutoCAD 

(Auto  Computer-Aided  Design  –  kоmp`yutеr  yordаmidа  аvtоmаtik  lоyihаlаsh) 

tizimi intеrfеysi kоmp`yutеrning eng zаmоnаviy  vоsitаlаri  vа tеxnоlоgiyalаrining 

imkоniyatlаrini  hisоbgа  оlgаn  hоldа  yarаtilgаnligi  bоis  chizmа  vа  sxеmаlаrni, 

lоyihаlаsh  mаsаlаlаrini  yuqоri  sifаtdа  bаjаrilishini  kаfоlаtlаydi.  AutoCAD 

dasturining  yaratilganligiga  25  yildan  oshgan  bo‟lsada,  avtomatik  loyihalash 

dasturlari  orasida  hanuzgacha  yetakchi  o‟rinni  egallab  kelmoqda.  Chunki 

AutoCAD  dasturi  mukammal  va  ommabop  dastur  bo‟lib,  u  har  qanday  turdagi 

sxema  va  chizmalarni  yaratishni  yuqori  aniqlikda  va  sifatli  bajaradi.  Shuningdek, 


mazkur  dasturdan  foydalanuvchilarning  ijodiy  imkoniyatlarini  to‟la  amalga 

oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis 

– texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida AutoCAD 

tizimidan 

foydalanishlari 

ommalashib 

bormoqda.  

 

AutoCAD  2006 dasturi  o‟rnatiladigan  kompyuter  ma‟lum  bir  minimal  talablarga 

javob  berishi,  parametrlarga  ega  bo‟lishi  lozim.  Ushbu  talablarga  quyidagilar 

kiradi: 


 

Operatsion sistema.  

 

WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2) 



 

WINDOWS XP Home (sp1 yoki 2) 



 

WINDOWS XP Tablet PC 



 

WINDOWS 2000 (sp4) 



2.

 

Web – brauzer 



 

Microsoft Internet Explorer 6.0 (sp1 yoki yanada yangi paket) 



Izoh: dastur o’rnatilgandan so’ng rasmiylashtirish uchun zarur. 

 

3.



 

Processor 

 



Pentium IV yoki undan yuqori 1.5 GGts 

4.

 



OZU (operativ xotira) 

 



512 MB (tavsiya etiladi)  

5.

 



Video 

 



1024X768 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum) 

6.

 



Qattiq disk (vinchester) 

 



1 GB o‟ringa ega bo‟lishi 

7.

 



Ko‟rsatish qurilmasi 

 



Sichqoncha «Trecbol» yoki boshqalar 

8.

 



CD – ROM  

 


 

Dasturni o‟rnatish uchun, qaysi model bo‟lishidan qat‟iy nazar zarur   



Ushbu mа`ruzаdа lоyihаlаsh ishlаrini аvtоmаtlаshtirishning grаfik dаsturi 

AutoCAD tizimining imkоniyatlаri bilаn tаnishib chiqаmiz.  

 

 

II. Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli. 



 

 

AutoCAD ishga tushirilgandan so‟ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur 



parametrlari o‟rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o‟qituvchi tomoidan 

o‟rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga 

keltiriladi. 

 

sh stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin: 



 

1-rasm. AutoCAD dasturning bosh oynasi ya‟ni loyihalash muhiti. 

 

 



Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: 

 

1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko‟rsatilgan sarlavha; 



 

2. Asosiy menyu; 



 

3. Asboblarning standart paneli; 

 

4. “Ob‟yektning xususiyati” paneli;  



 

5. “Chizish” paneli; 

 

6. “O‟zgartirish” paneli; 



 

7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri); 

 

8. Holatlar satri; 



 

9. Asosiy ishchi maydon; 

 

10.Chizmadagi joriy holatni ko‟rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati. 



 

AutoCAD 2004 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo‟lib, uning ko‟rinish 1-

rasmdagidan farq qilishi mumkin. 

 

AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi: 

 

AutoCAD 2004 tizimi interfeysining birinchi satrida 



[

sarlavha chiqariladi, bu yerda „Drawing1‟ muharrirlanayotgan chizma (fayl) 



nomi, „.dwg‟ esa fayl kengaytmasidir. 

 

AutoCAD 2004 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri 



joylashgan ( 3-rasm) u quyidagi bo‟limlardan tashkil topgan: 

 

 



 

 

1.3-rasm. 

 

 

1.



 

“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi; 

2.

 

“Редактировать” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir 



qilish menyusi; 

3.

 



“Вид” – Ekran ko‟rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va 

boshqa buyruqlarni o‟rnatadi; 



4.

 

“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo‟yishni ta‟minlash; 



5.

 

“Формат” – rang va chiziq turlari, matn holatini va o‟lchamini boshaqarish, 



o‟lchamlar birligini o‟rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar 

menyusi; 

6.

 

“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari 



menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma 

ko‟rsatgichini o‟rnatish kabi buyruqlar bajariladi; 

7.

 

“Рисовать” – turli shakllar chizish va hajmini o‟zgartirish kabi buyruqlarni 



bajaradi; 

8.

 



“Размер” – o‟lcham ko‟rsatgichlarini boshqarish va ularni qo‟yish 

buyruqlari ochiladi; 

9.

 

“Изменить” – chizma elementlarini o‟zgartirish – chizmani va undagi 



yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi; 

10.


 

“Express” – servis xizmati ko‟satish; 

11.

 

“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo‟lgan axborotlarni fayldan faylga o‟tib 



ularni ochadi; 

12.


 

“Справка” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun 

to‟liq ma‟lumot berilgan. 

III. Standart asboblar paneli. 

 

Standart asboblar paneli asosiy menyu ostida joylashgan (4-rasm). Asboblarning 



standart panelida ko‟p ishlatiladigan menyu buyruqlarining chaqirish uchun 

maxsus tugmachlar joylashtirilgan. 

 

 

1.4-rasm. 



 

“Новый” - yangi list ochish buyrug‟ tugmasi; 

1.

 

“Открыть (Ctrl+O)” – mavjud faylni ochish buyrug‟i; 



2.

 

“Сохранить (Ctrl+S)” - faylni hotirada saqlash buyrug‟i; 



3.

 

“Печать (Ctrl+P)” – chizmani qog‟ozga chiqarish tugmasi; 



4.

 

“Настройки печати”- chizmani chop qilishga tayyorlash; 



5.

 

“Публиковать”- DWF formatida chop qilish; 



6.

 

“Поместить в буфер (Ctrl+X)”- chizmadan belgilab olinganlarni – 



elementlarni buferga kesib olish; 

7.

 



“Копировать в буфер (Ctrl+C)”- tanlab olingan elementlarni buferga 

nusxasini olish; 

8.

 

“Вставить из буфера (Ctrl+V)”- buferdagi nusxani belgilangan o‟ringa 



qo‟yish; 

9.

 



“Учитывать свойства”- ob‟ekt haqidagi ma‟lumotlarni inobatga olish; 

10.


 

“Отменить действие”- oxirgi amalni bekor qilish; 



11.

 

“Повторить действие”- oxirgi bekor qilingan amalni qayta tiklash;; 



12.

 

“Панорама реального времени”- foydalanuvchiga model fazosini-



chizmani qulay joyga siljitish; 

13.


 

“Масштаб реального времени”- ayni vaqtda ko‟rinishlarni kattalashtirish 

yoki kichiklashtirish; 

14.


 

“Масштаб окна”- ekran masshtabi; 

15.

 

“Прежний масштаб”- dastlabki masshtabga qaytish; 



16.

 

“Свойства (Ctrl+1)”- xossalar; 



17.

 

“Дизайн-центр (Ctrl+ 2)”- dizayn – markaz; 



18.

 

“Палитры инструментов (Ctrl+3)”- uskunalar palitrasi; 



19.

 

“Справка”- ma‟lumotnoma; 



20.

 

“Менеджер стилей текста”- matn stillari boshqaruvchisi; 



21.

 

“Управления стилями”-stillar bilan boshqarish; 



22.

 

“Менеджер стилей размера”-o‟lcham stillari menedjeri; 



23.

 

“Стили размеров”- o‟lchamlar stillari; 



IV. “Свойства объекта”- “Ob’yektning xususiyati” paneli(5-rasm 

 

 



 

1.5-rasm. 

 

1. “Менеджер свойств слоя”- qatlam xossalari menedjeri; 



2. “Создать слой”- ekranda qatlam yaratish; 

3. “Сделать слой объекта текущим”-ob‟ekt qatlamini joriy qatlamga aylantirish; 

4. “Предыдущий слой”- dastlabki (oldingi) qatlam; 

5. “Цвета”- tasvirdagi chiziqlarga rang berish; 

6. “Типы линей”- tasvirdagi chiziqlarga tip berish; 

7. “Толщина линии”- tasvirdagi chiziqlarga yo‟g‟onlik berish; 

 

V. “Рисования”- “Chizish” paneli(6-rasm 

 

 



 

1.6-rasm. 

1. “Линия”- chiziq (kesma) chizish tugmasi; 

2. “Линия конструкции”- to‟g‟ri chziq chizish tugmasi; 

3. “Полилиния”- ko‟p chiziq chizish tugmasi; 

4. “Полигон”- ko‟p burchak chizish tugmasi; 

5. “Прямоугольник”- to‟rtburchak chizish tugmasi; 



6. “Дуга”- yoy chizish tugmasi; 

7. “Окружность”- doira chizish tugmasi; 

8. “Регион”- soha chizish tugmasi; 

9. “Сплайн”- egri chiziq chizish tugmasi; 

10. “Эллипс”- ellips chizish tugmasi; 

11. “Эллипсоидная дуга”- ellipsoid yoy chizish tugmasi; 

12. “Вставить блок”- blokni qo‟yish tugmasi; 

13. “Сделать блок”- blok yaratish tugmasi; 

14. “Точка”- nuqta qo‟yish tugmasi; 

15. “Штрих”- kesin va qirqim yuzalarini shtrixlash tugmasi; 

16. “Область”- 3D ob‟ektiga soha ochish tugmasi; 

17. “Многостроковый текст”- ko‟p satrli yozuvlar bajarish tugmasi. 

 

VI. “Изменить”- “O’zgartirish” paneli (7-rasm) 

 

 



1.7-rasm. 

1. “Стереть”- tanlangan ob‟ektni o‟chirish tugmasi; 

2. “Копировать объект”- ob‟ektdan nusxa olib ko‟chrish tugmasi; 

3. “Отражение”- ob‟ektga simmetrik tasvir yasash tugmasi; 

4. “Сдвиг”- tanlangan ob‟ektni siljitish tugmasi; 

5. “Массив”- ob‟ektning tasvirini ko‟paytirib tasvirlash tugmasi; 

6. “Переместить”- tanlangan ob‟ektni ko‟chrish tugmasi; 

7. “Вращать”- ob‟ektni biror burchakka aylantirish (burash) tugmasi; 

8. “Масштаб”- ob‟ektning tasvirlarini va o‟lchamlarini o‟zgartirish tugmasi; 

9. “Растяжение”- tanlangan ob‟ektni uzaytirish tugmasi; 

10. “Обрезка”- ob‟ektning ortiqcha qismini kesib tashlash buyrug‟ining tugmasi; 

11. “Расширение”- tanlangan ob‟ektni kengaytirish tugmasi; 

12. “Прервать в точке”- ob‟ektni nuqtada uzish tugmasi; 

13. “Прервать”- ob‟ektni nuqtalar oralig‟ida uzish tugmasi; 

14. “Фаска”- burchak hosil qilib kesishuvchi chziqlarning burchagi faskasini olish 

tugmasi; 

15. “Обод”- ob‟ektlardagi burchaklarni aylana yoyi yordamida yumoloqlash 

tugmasi; 

16. “Взорвать(Разорвать)”- ob‟ektlarni birlashtiruv qismlarini uzib olib yo‟qotish 

tugmasi. 

AutoCAD tizimidа grаfik dаsturlаrning elеmеntlаrini ulаrgа mоs bo‟lgаn tаyyor 

buyruqlаr pаkеtidаn fоydаlаnib bеrilgаn o‟llchаmlаrini kоmp`yutеrgа kiritib, 

bеvоsitа mulоqоtlаr kеtmа-kеtligi аsоsidа tаsvirlаr bаjаrilаdi. Bundаy buyruqlаr 

tаrkibigа lоyihаlаsh ishlаrini аvtоmаtlаshtirish uchun qo‟shimchа buyruqlаr hаm 

kiritilаdi.  

 


                                                          NAZORAT SAVOLLARI: 

     1. AutoCAD tizimi haqida umumiy ma‟lumotlar aytib bering.  

2. Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli. bayon qiling. 

3. Ob‟yektning xususiyati paneli. 



4. O‟zgartirish” paneli. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling