4-guruh faxriddinov sirojiddin Mavzu 3
Download 18.81 Kb.
|
farmakognoziya 3 faxriddinov
4-guruh faxriddinov sirojiddin Mavzu 3. Tarkibida efir moylar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar Nazorat savollari XI DF bo’yicha mahsulot tarkibidagi efir moyini miqdorini aniqlash va shu usulda aniqlash qanday qonuniyatlarga asoslangan. O'simliklar tarkibidagi efir moyining miqdorini aniqlash uchun 1000 ml hajmdagi tagi dumaloq kolbaga (a) 10:-20 g maydalangan o'simlik organidan solib, ustiga 300 ml suv quyiladi va kolba ustiga sharikli sovitkich (d) tik holda probka (b) orqali o'rnatiladi. Sovitkichning pastki uchiga Ginzberg asbobchasini (e) osib qo'yib, kolba qizdiriladi Ginzberg asbobchasi U simon shaklidagi shisha naycha bo'lib, bir uchi ingichka va qisqaroq, ikkinchi uchi esa uzunroq, keng va millimetrlarga bo'Iingan (10- rasm). Kolbadagi suyuqIik qaynagandan soOng, suv bug'lari efir moyi bug'lari bilan sovitkichga ko'tariladi va u yerda suyuqIikka aylanib, Ginzberg asbobchasiga tomchilab qaytib tushadi. Efir moyi suvdan yengil bo'lgani uchun suyuqIikning tepasiga yig'iladi va suv Ginzber asbobchasining qisqa uchidan kolbaga oqib tushaveradi. Agar asJ bobcha ichidagi efir moyining miqdori 10-20 daqiqa ichida o'zgarmasa (ko'paymasa), kolbani qizdirish to'xtatiladi. Ginzberg asbobchasi. ba sovigandan so'ng asbobchani olib, efir moyi necha ml ekanligi aniqlanadi va foiz miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: V ·100 ·100 x=---- m·(100-a) , bunda, x - o'simliklagi efir moyining hajm og'irlikdagi foiz miqdori; V - Ginzberg asbobchasidagi efir moyining ml hajmi; m - tahlil uchun olingan o'simlik organining miqdori; Q - mahsulotning namligi. Masalan, tahlil qilinganda 10 g yalpiz bargidan 0,2 ml efir moyi ajralib chiqdi. Bargning namligi 14 foiz deylik, absolut quruq bargdagi moyning hajm-og'irlikdagi foiz miqdori esa: 0,2·100·100 244% x=lO-(100-14)=' . Agar aniqlanayotgan efir moyining zichligi 1 dan yuqori bo'lsa, Ginzber asbobchasi ham shunga qarab moslashtiriladi.
Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni aniqlash. Etir moylari tarkibida ba'zan turH aralashmalar (spirt, yog'lar, mineral moylar, suv va boshqalar) uchraydi. Bunga efir moylarini olish vaqtida suvdan yaxshi tozalanmaganligi va qisman falsifikatsiya qilish maqaadida ularga ba'zj moddalar qo'shib yuborish sabab bo'ladi. Shuning uchun efir moyining sifatini aniqlashda tarkibida bo'lgan spirt, mineral moylar va suvga reaksiyalar qilish kerak. Efir moylaridagi spirt aralasbmasini aniqlasb (XI DF bo'yicba). Soat oynasiga quyilgan suv ustiga bir necha tome hi efir moyi tomizilib, qora buyum usti (fon)da ko'rilganda moy tomehilari atrofida loyqalanish bo'lmasligi kerak. Efir moyi loyqalansa, unda spirt aralashmasi borligi ma'lum bo'ladi. Quruq probirkaga 1 ml efir moyi quyiladi, so'ngra paxta tampon bilan probirka yopiladi (paxtani efir moyiga yaqinroq tushiriladi). So'ngra paxta ustiga fuksinning kiehik bo'lakehasi kristali solinadi va probirkadagi efir moyini qaynaguneha qizdiriladi. Agar moyda spirt aralashmasi bo'lsa, uning bug'i probirkadagi paxtadan o'ta turib, fuksinni eritadi, natijada paxta qizil rangga bo'yaladi.
Efir moylari tarkibidagi kislota sonini aniqlash. Kislota sonini aniqlashda tahlilga olingan 1,5-2 g (analitik tarozida tortilgan) efir moyi 5 ml neytral spirtda eritiladi va muntazam chayqatib turib, kaliy ishqorining spirtdagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 1 Kislota soni yordamida efir moyi tarkibida sof holda bo'ladigan birorta ma'Ium kislota miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Kis. Fozi= (K.S.)*M /561*B bunda, K.S. - kislota soni, M - aniqlanishi lozim bo'lgan kislotaning molekula og'irligi; B - shu kislotaning necha asosliligi
Efir moylari tarkibidagi efir sonini aniqlash. Efir va sovunlanish sonlari yordamida efir moyi tarkibidagi ma'ium murakkab efirlarni hamda shu efirni tashkil etgan spirt va kislota miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Murakkab efir, spirt yoki kislota foiz=(E.S.)*M/561*B agar E.S.=56.1*a/P bo`lsa foiz=a*M/10*P*B bunda, E.S. - efir soni; M - murakkab efir, kislota yoki spirtning molekula og'irligi; a - sovunlanish uchun ketgan kaliy ishqorining ml miqdori; P - tahlil uchun olingan efir moyining gramm miqdori; B - kislotaning asosliligi yoki spirtning atomliligi. Qulmoq o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. O’simlik va mahsulotning tashqi ko’rinishi. O’sadigan joylari, yig’ish va quritish. Anatomik tuzilishi. Kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari. Qulmoq, xmel — tutdoshlar oilasiga mansub chirmashib oʻsadigan koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil iklimli mintaqalarda 4 turi tarqalgan. Rossiyaning zax va keng bargli oʻrmonlarida, daryo qirgʻoqlarida oddiy Q., Uzoq Sharqda yapon Q.i oʻsadi. Oʻzbekistonda oddiy q. (N.1iriSh5 .) turi ekiladi. Poyasi chirmashib oʻsadi. Boʻyi 10 m, barglari bandli, qaramaqarshi joylashgan yon bargchali. Urugʻchi gullari 30—50 ta dan qubba-toʻpgullarga yigʻilib barg qoʻltigʻida joylashgan. Urgʻochi gullarida lupulin ajratuvchi tilla-sariq bezchalari bor. Erkak toʻpgullari roʻvak. Mevasi yongʻoqcha. Asosan, urgʻochi qubba toʻpgullari uchun ekiladi. Pivo tayyorlashda, non uchun achitqi sifatida hamda tibbiyotda (dori vositasida) qoʻllaniladn. Manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ildizpoyasini boʻlish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Download 18.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling