4 KAZUS
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan
O.Maxkamova tuman xokimiyatiga murojaat qilib, 2022 yilda davlat budjetiga
mablag‘lar jalb qilish yuzasidan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan davlat
obligatsiyalarini sotib olish uchun murojaat qildi. Biroq tuman xokimligi
tomonidan davlat obligatsiyalari jismoniy shaxslariga berilmasligi va bu ularning
vakolatiga kirmasligini bildirib, unga rad javobini berishdi.
Savol:
1. Davlat krediti munosabatlari subʼektlari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini
taxlil qiling.
2. Davlat krediti turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Davlat krediti va bank krediti o‘rtasidagi o‘zaro farqlarni taxlil qiling
4. Mazkur muammoli vaziyatdan kelib chiqib davlat obligatsiyalarini
jismoniy shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishini taxlil qiling
5. Muammoli vaziyatdagi xudud tuman xokimligi xarakatlariga baxo bergan
holda kazusdagi muammoga yechim bering.
Javoblar:
Ushbu kazusga yechim berishdan avval, moliya va moliya huquqi
tushunchalarini yoritib o’tish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Moliya-
markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash,
taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy
munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va
daromadlar asosida yuz beradi.
1
Moliya huquqi- davlat va mahalliy hokimiyat organlarining o’z oldiga qo’ygan
vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan pul jamg’armalarining tashkil
topishi taqsimlanishi va foydalanilishi jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladigan normalar yig’indisi hisoblanadi.
2
Har qanday
soha borki, uni tartibga soluvchi normalari mavjud. Shuningdek, moliyaviy
munosabatlarni ham tartibga soluvchi normalari, qonun- qoidalari mavjud. Xulosa
qilganda, moliya huquqi ham ana shunday normalarning yig’indisidan iborat.
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Moliya
2
Moliya huquqi: maruzalar kursi/ E.xojiev, O.Kamolov. B. Artiqov, -T O’zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi 2012,
Do'stlaringiz bilan baham: |