4 kurs 404 guruh Pedagogok amaliyot bo’yicha bizga Milliy Universitet rektori tomonidan qaror chiqdi bizninig pedagogic amaliyotimiz 3 sentyabrdan 28 oktyabrgacha bo’lib o’tishi haqida
Download 18.92 Kb.
|
hisobot 2020
O’zbekiston milliy universiteti 4 kurs 404 guruh talabasi Berdiyorova Gulnozaning Sergeli tumani 331 maktabda biologiya fanidan pedagogik amaliyot Hisoboti Toshkent 2020 Hisobot 4 kurs 404 guruh Pedagogok amaliyot bo’yicha bizga Milliy Universitet rektori tomonidan qaror chiqdi bizninig pedagogic amaliyotimiz 3 sentyabrdan 28 oktyabrgacha bo’lib o’tishi haqida. Hozirda bizda pandemiya sababli bizga pedagogic amaliyot yuzasida tushuntirish ishlari onlayn tarzida olib borildi. Telegram kanali orqali biz uchun maxsus guruh ochilib pedagogic amaliyotimizni qanday tarzda o’tashimiz va qanday hujjatlar yig’ib borishimiz lozimligi tushuntirildi va namunaar tashlab berildi biz shu ma’lumotlar va tushuntirishlar orqali pedagogic amaliyotga chiqdik. Hozirda karantin bo’lganligi sababli maktablar o’z vaqtida ochilmadi va darslar onlayn tarzida olib borildi lekin biz maktab hududiga borib u yerda biologiya o’qituvchilari kallektivi bilan tanishdik va bizga ular ham tushuntirish ishlarini olib borishdi. Maktab hududi bilan tanishtirib chiqishdi , dars o’tiladigan xonalarni qayerda joylshganligini ko’rsatib chiqishdi va bizga laboratoriya xonalarini ham ko’rsatib chiqishdi. Pedagogik amaliyotimiz : passiv va aktiv amaliyotga bo’linganini biz ham u yerdagi ustozlarga aytib tushuntirib o’tdik. Va biz maktab boshlangunga qadar maktabda yuritiladigan hujjatlar bilan tanishib chiqdik va onlayn darslarni kuzatib o’quvchilarni darsda faol qatnashishlarinini kuzatib uy vazifalarini bajarishlarini kuzatib bordik. Pandemiya sababli maktablar kech boshlandi biz pedagogic amaliyot o’tagan maktab 18 sentyabrdan boshlandi biz esa 18 sentyabdan maktabga chiqa boshladik va pedagogik amaliyotimizni haqiqatdan amaliy holda bajara boshladik . Xodjayeva Gulchehra , Rustamova Sabogul ustozlari bilan birga biz o’z amaliyotimizni boshladik Men Berdiyorova Gulnoza passiv amaliyotimni Aripjanova Shahlo bilan 18 sentyabrdan boshlab o’qituvchilarni sinf xona oxiridan kuzatib ularning metodlarini organa boshladik. Biz boshida faqat o’qituvchilarimizni kuzatib qanday dars o’tishlarinni o’quvchilar bilan ishlashlarini ko’rib bordik va shu bilan birga dars taxlilinini ham qilib to’ldirib bordik . o’quvchilar bilan ishlash ancha mashaqqatli ekanligini bilib oldik. Bizda ananaviy darslar boshlangan bo’lsada karantin bo’lganligi sababli o’quvchilar va barcha o’qituvchilar maskada va antiseptik vositalardan foydalangan holda darslar o’tib borildi. Bizda passiv amaliyotdan so’ng aktiv amaliyot boshlandi va biz ham amalda dars o’tishni boshladik birinchi martta 6 sinflarga dars o’ttik biz dars o’tadigan kunimiz ertalab 1 soatda ustozimiz bizga dars qanday boshlash va qanday o’tish kerakligini tushuntirib bizgako’maklashdilar va keying soatlardan boshlab biz dars o’tishni boshladik va biz darsga dars ishlanma tayyorlab tarqatma materiallari tayyorlab va yana yangi mavzu yuzasidan rasmlar chiqartirib kelib o’z darsimizni o’ta boshladik . Har birimiz uchun alohida sinflar berishdi va biz o’zimiz mustaqil holda dars o’tishni boshladik bizni chettan ustoz kuzatib o’tirib bizning dars o’tishimizga dars taxlili yozdilar va dars tugaganidan so’ng bizning xato va kamchiliklarimizni aytdilar. Shunday qilib men o’z kamchiliklarimni bilib olib ertasi kuni yana dars o’tishni boshladim har bir darsga men test yoki tarqatma materiallari orqali dars o’ta boshladim. Dars o’tishimiz ustozlarimizni qoniqtirganligi sabablimi ustozlarimiz keyinchali bizga to’liq ishonch bildirgan xolda bizlarga sinf berishdi va shu pedagogic amaliyotimizda biz ularga dars o’tib o’z malakamizni oshirdik. Keyinchalik 1 chorak oxirlab boshlagach darslarga kirib ulardan laboratoriya ishlarini va nazorat ishlarinini ola boshladim pedagogik amaliyot ustozim rejalariga asosan . Men 5 , 6 , 7 , 8 , 9 va 10 chi sinflarga dars o’ttim pedagogik amaliyot davomida o’quvchiar orasida juda bilimli va bilimga chanqoq o’quvchilar ham borligini ko’rib ularga dars o’tish juda maroqli ekanligini tushundim va quvondim. Ammo shunday o’quvchilar bor ekanki ularga dars o’tish chog’ida juda qiyinchilik bilan mavzuni tushuntirdim shu orqali o’qituvchilik juda mashaqatli va sharafli kasb ekanligni bilib oldim. Pedagogic amaliyot davomida boshqa fanlarga ham kirib boshqa malakali ustozlarni ham kuzatdim ulaning dars o’tishlari va o’quvchilarni qanday qilib darsga jalb qilishlarini bir oz bo’lsada o’rgandim men geografiya , fizika darslariga kirdim. Muratova Sarvinoz ustozning darslanini kuzatishga kirdik unda biz ustozimiz geografiya fanidan dars o’tishlarini taxlil qildik va dars davomida ularni o’quvchilar bilan ishlash tarzlarini kuzatdik. Babajanova Zumrat ustozning darslaringa xam kirdik ular fizika darsini bolajonlarga juda qiziqarli qilib o’tdilar va ularga uyga vazifa qilib juda qiziqarli ko’zgazmali qurollar qilib kelishlarini topshiriq qilib berdilar keying darsga o’quvchilar juda ham chiroyli va ajoyib ko’zgazmali qurollar olib kelishibdi. Xulosa Pedagogik amaliyotim davomida men o’z malakamni oshirdim desam mubolag’a bo’lmaydi. Pedagogic amaliyotim davomida xar xil o’quvchilar bilan tanishdim va ular bilan muomala qilishni to’g’rirog’I murosa qilishni ularni tushunishni o’rgandim bu mening kelajagim uchun poydevor bo’ldi deb xam o’ylayman. Amaliyotim davomida malakali ustozlar bilan muloqotda bo’lib ularning maslahatlarini eshitib o’z biliim va ko’nikmalarimni mustahkamlab oldim desam xam bo’ladi. Pedagogik amaliyotim davomida bu kasb nechog’li qiyin va mashaqatli ekanligini tushundim va bu narsani tushunib yetishimga yordam bergan maktab o’qituvchilariga o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Download 18.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling