4-kurs 425 guruh talabasi Aliqulov Ullat Abdug’aniyevichning kurs ishi
Download 0.58 Mb.
|
Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta maxsus kasb-hunar kollajlarida maxsus tibbiy guruhlarda jismoniy tarbiya darslarini o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari
- Xulosa.....................................................................................................................46
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Xalq Vazirligi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand – 2023 Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs 425 guruh talabasi Aliqulov Ullat Abdug’aniyevichning KURS ISHI O’rta maxsus kasb-hunar kollajlarida maxsus tibbiy guruhlarda jismoniy tarbiya darslarini o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari Reja Kirish.......................................................................................................................2 Asosiy qism Jismoniy tarbiya ahamiyati..........................................................................4 1.1 Jismoni tarbiyada o’quv qoidalar..................................................................8 1.2 Fan sifatida sifatida uning ta’limdagi o’rni...................................................12 2. Jismoniy qoidaning tibbiy holatlardagi o’rni va mashq qilish uslublari.......17 2.1 Davolashda ham jismoniy tarbiya xususiyatlari...........................................21 2.2 Tibbiy ta’lim orqali sog’lomlashtirishni targ’ib qilish va yoyish.................26 3. Bir nechta tibbiy mashq uslublari va uning inson salomatligiga ta’siri........30 3.1 Ta’limda ruxsat etilgan chiniqish mashqlarining otkazilishi turlari.............35 3.2 Oliy ta’limda jimoniy tarbiya darslarini takomillashtirish uslublari............40 Xulosa.....................................................................................................................46 Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................49 Kirish Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy sifatlar rivojining o‘ziga xos jihatlarini, harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir. Trenerning yosh zonalarini bilishi ko‘p yillik mashq jarayonini yaxshiroq tizimlashtirishga imkon beradi. Biroq yosh ko‘p yillik mashg‘ulotning oqilona tizimi qurishda e’tiborga olish zarur bo‘lgan yagona omil emas. Sportchilarning alohida jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlarni, shuningdek, texnik – taktik faoliyatlarni sifatli o‘zlashtirish uchun moyillikni ham chuqur o‘rganish lozim. Yoshlik davrida barcha jismoniy qobiliyatlar zaxirasi mavjud bo‘ladi. Buning uchun oqilona va muntazam pedagogik ta’sirotlar ta’daq-langan bo‘lishi kerak. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyat-larini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ta’sirot yoshga mos rivojlanish jarayonining u yoki bu pog‘onasida o‘sishi eng yorqin ifodalangan qobiliyatlarning to‘la namoyon bo‘lishiga yordam beradi. 2-jadvalda maktab yoshidagi bolalar harakat faoli-yatlarining rivojlanishidagi sezgi bosqichlari topografiyasi berilgan Yuqoridagi qatorda o‘g‘il bolalarda harakat faoliyati rivojla-nishining sezgirlik bosqichlari, pastki qatorda esa qizlardagi xuddi shunday bosqichlar ko‘rsatilgan. Mazkur ma’lumotlarning hisobga olinishi trenerga u yoki bu jismoniy qobiliyatlarning o‘sishidagi to‘xtab qolishlarga barham berish imkoniyatini yaratadi. Jismoniy qobiliyatlar tushunchasiga aynan harakat faoliyatining namoyon bo‘lishi bilan birga bu namoyon bo‘lishning o‘ziga xosli-gini belgilovchi ruhiy-fiziologik xususiyatlar ham kiradi. Kuchning miqdoriy o‘lchami sifatida mushak zo‘riqishining kat-taligi xizmat qiladi; tezkorlikning o‘lchami – mushak qisqarishlari tezligi, uning yashirin davri, shuningdek, muayyan masofa kes-masida harakatlanish tezligi; chidamkorlikniki – mushak ishining bajarilish davomiyligidir. Periferik harakat apparati, ichki organlar faoliyatining holati, biokimyoviy jarayonlar har bir jismoniy sifatning namoyon bo‘lishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Jismoniy sifatlarning takomillashuvida ongli irodaviy nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tezlik chidamliligining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ish jarayonida tang holatni yengib o‘tish malakasi 400-1500 m ga yugurishdagi muvaffaqiyatni jiddiy darajada oldindan belgilab beradi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning tuzilishga xos asoslari tayanch – harakat apparati, markaziy va periferik asab tizimi, ichki a’zolardagi ijobiy morfologik hamda biokimyoviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Demak, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi somatik hamda vegetativ faoliyatlarning muvofiqligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador ekan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling