4 kurs ishini tayyorlash Mustaqil ishning maqsadi


Download 39.7 Kb.
bet2/7
Sana06.04.2023
Hajmi39.7 Kb.
#1332345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 mustaqil

Konspekt turlari
- reja-konspekt: shakllantirilgan reja asosidagi konspekt hisoblanib, axborot manbasining ma’lum qismlariga mos keladigan, sarlavhaga ega bo’lgan bo’limlardan iborat bo’ladi;
- tekst-konspekt: ma’lum bir tekst - manbadan olingan ko’chirmalar va iqtiboslar asosidagi mantiqiy izchillikdagi bayon shakli;
-erkin konspekt: o’quv materiali bilan turli xil ishlash yo’llarini o’zida birlashtiradi.
- sxematik - konspekt (kontekst-sxema): aniq savollar bo’yicha tuzilgan reja asosidagi konspekt. Talaba konspekt matnida har bir savollarga qisqacha, lo’nda va aniq javob berishi shart;
- tematik - konspekt : mavzuning alohida bir qismi, bo’limi, rejasi mazmunini yoritishga xizmat qiladi;
- tayanch konspekt (V. F. Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan): axborot manbasi mazmuni grafik timsollar, rasmlar, sonlar, tayanch iboralar yordamida kodlangan bo’ladi;
- qiyosiy konspekt: o’zaro taqqoslash maqsadida bir nechta matnlar mazmunini o’rganish, solishtirish va ma’lumotlarni yagona shaklga keltirib konspekt tuzish;
- tanlov- konspekt: matndan ma’lum mavzu bo’yicha axborotni tanlash va yoritish.
Konspektlashtirish shakllari:
-reja (oddiy, murakkab) - matn tuzilishini tahlil qilish, umumlashtirish, voqealar rivojining mantiqi va mohiyatini ajratish asosidagi konspekt shakli.
-ko’chirmalar-matnni deyarli so’zma-so’z ko’chirish asosidagi oddiy konspektlashtirish shakli;
- tezislar- o’qilgan matn va qabul qilingan axborot asosida chiqarilgan xulosalar shaklidagi konspekt;
-iqtibos keltirish - matn avtori fikrlarni o’z so’zlaringiz bilan ifodalash imkoniyati bo’lmaganda, uni so’zma-so’z ko’chirma shaklida keltirish.
Topshiriqni bajarish
1) konspektni tuzish maqsadini belgilash;
2) konspekt matni mavzusini nomlash;
3) axborot manbasini aniq qo’rsatish(avtor, qaerda va qachon chop etilgan)
4) dastlabki o’qishda matnning asosiy ma’nolari yoritilgan qismlarini ajratish;
5) matnning asosiy mazmunini anglash;
6) aniqlashtirilishi lozim bo’lgan tushunchalar va atamalarni ajratish;
7) o’rganilayotgan materialning ahamiyatga molik tomonlarini o’zingizning so’zlaringiz orqali izchil hamda qichqa bayon etish;
8) asosiy holatlar, aniq faktlar va misollar bo’yicha qisqacha xulosalar keltirish;
9) matn mazmunini ko’rgazmali ifodalash usullaridan foydalanish (abzats, “zinalar”, satr ostini chizish, turli rangdagi ruchkalardan foydalanish)
10) iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish (iqtibos qo’shtirnoq ichida keltirilib uning manbasi hamda betiga havola keltirilishi shart).

Download 39.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling