Steganografiyaning krintografiyadan boshqa o’zgacha farqi ham bor.
Ya’ni uning maqsadi — maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir.
Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni ximoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo’ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun).
Zamonaviy kompyuter steganografiyasi
Global kompyuter tarmoqlari va multimedia soxasidagi zamonaviy progress telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun mo’ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keldi.
Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib xabarlarni kompyuter fayllari (konteynerlar)da yashirish imkonini beradi.
SHu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni uzatish faktining o’zini ham yashiradi.
Zamonaviy kompyuter steganografiyasi
K.SHennon sirli yozuvning umumiy nazariyasini yaratdiki, u fan sifatida steganografiyaning bazasi hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuter steganografiyasida ikkita asosiy fayl turlari mavjud: yashirish uchun mo’ljallangan xabar-fayl, va konteynerfayl, u xabarni yashirish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda konteynerlar ikki turda bo’ladi:
konteyner-original (yoki «bo’sh» konteyner) - bu konteyner yashirin axborotni saqlamaydi;
konteyner-natija (yoki «tuldirilgan» konteyner) — bu konteyner yashirin axborotni saqlaydi.
Kalit sifatida xabarni konteynerga kiritib kuyish tartibini aniklaydigan maxfiy element tushuniladi.
Kompyuter steganografiyasi hozirgi kunda axborot xavfsizligi bo’yicha asosiy texnologiyalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |