4-laboratoriya ishi Mavzu: Transport vositasini tanlash Ishning maqsadi
Download 36.73 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-laboratoriya
4-laboratoriya ishi Mavzu: Transport vositasini tanlash Ishning maqsadi: Yuklarni tashishda transport vositasini tanlash va ularni soatli ish unumi va tashish tannarxi bo‘yicha solishtirish. Ishni bajarish tartibi: 1. Transport vositalarining marshrutlar bo‘yicha soatli ish unumini hisoblash. 2. Transport vositalarining marshrutlar bo‘yicha tashish tannarxini hisoblash. Transport vositasini tanlash uchtadan kam bo‘lmagan avtomobillar (avtopoezdlar) unumi va tashish tannarxini solishitirish orqali aniqalandi. Avtomobilning soatlik unumi quyidagi formula orqali aniqlanadi. bu yerda: qn – avtomobilning yuk ko’tarish qibiliyati, t; st - yuk ko‘tarish qobiliyatidan statik foydalanish koeffitsienti; Vt - avtomobilning o‘rtacha texnik tezligi (shahar ichida qn ≤ 7t bo‘lganda 24 km/soat, qn > 7t bo‘lganda 23 km/soat, shahar tashqarisida qn ≤ 7t bo‘lganda 42 km/soat, qn > 7t bo‘lganda 38 km/soat); - bosib o‘tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti; lyuk- o‘rtacha yukli qatnov uzunligi, km; to-t- ortish-tushirish uchun sarflangan vaqt, soat. Bir tonna tashilgan yukning tannarxi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: So‘z - 1 km bosib o‘tilgan masaofa uchun o‘zgaruvchan xarajatlar, so‘m/km; Sdoim - 1 soatli ish uchun doimiy xarajatlar, so‘m/soat. Har bir marshrut bo‘yicha WQ va ST hisoblanib, unum va tannarx matritsalari to‘ldiriladi. So‘ngra unum matritsasining ustuni bo‘yicha eng katta qiymat, tannarx matritsasida esa eng kichik qiymat belgilanadi va yangi yutuqlar matritsasi hosil qilinadi. Matritsadagi nollar qatori eng maksimal unum va eng minimal tannarxga ega bo‘lgan transport vositasiga to‘g‘ri keladi va shu transport vositasi tashish uchun qabul qilinadi. Download 36.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling