4-laboratoriya ishi. Tashqi muhit namligi va temperaturasi datchigi


Download 356.93 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi356.93 Kb.
#1045351
1   2   3
Тermoqarshiliklar xaroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash xarorat o‘zgarishi bilan o‘tkazgichlar qarshiligining o‘zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning omik qarshiligi uning xarorati funksiyasidan iborat, ya‘ni R=f(t). Bu funksiyaning ko‘rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza metallarning elektr qarshiliklari xarorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlar (yarim o‘tkazkichlar) ning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrini tayerlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi: 1. Metall o‘lchanayotgan muxitda oksidlanmasligi va uning ximiyaviy tarkibi o‘zgarmasligi kerak. 2. Metallning xarorat qarshilik koeffitsiyenti yetarli darajada katta va stabillashgan bo‘lishi lozim. 3. Qarshilik xarorat o‘zgarishi bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziqli keskin chetlanishlar va gisterezis xolatlarisiz o‘zgarishi kerak. 4. Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta bo‘lishi kerak. Ma‘lum xaroratlar intervalida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi. Qarshilik termometrining issiqlik sezgir elementi diametri 0,05...0,07 mm ga teng platina simdan (ТSP) yoki diametri 0,1mm ga teng toza mis elektrolit simdan (ТSM) ishlanadi. Sanoat ishlab chiqaradigan platinali qarshilik termometrlari -200 0C dan + 650 0C gacha bo‘lgan xaroratlarni o‘lchashga mo‘ljallangan.

4.5-rasm. Termoqarshilikning sezgir elementi.
Platina sim (4.5-rasm) chetlari tishli slyuda plastinaga induksiyasiz (biflar) o‘raladi. Plastinaga o‘ralgan platina sim, uning izolyatsiyasi va mexanikaviy mustaxkamligini ta‘minlash uchun, ikki tarafidan slyuda qoplagichlar bilan berkitiladi. Uchala slyuda detal (platina va koplagichlar) kumush lenta bilan paket hosil qilgan. Misli qarshilik termometrlarini sanoatda -50 0C dan + 180 0C gacha xaroratlarni o‘lchash uchun chiqariladi. Standart misli qarshilik termometrining emal simi bir necha qavat qilib silindr shaklidagi plastmassa sterjenga o‘raladi. Sim lak bilan qoplangan.

Download 356.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling