4-laboratoriya mashg`uloti. Optik usullarning dori vositalari tahlilida qo’llanilishi. Dori vositasini mikroskopik usulda tahlil qilish laboratoriya mashg‗ulotining rejasi
TRAZODON DORI VOSITANI MIKROKRISTALLOSKOPIK TAHLILINI O‗RGANISH
Download 0.51 Mb.
|
4-LAB
TRAZODON DORI VOSITANI MIKROKRISTALLOSKOPIK TAHLILINI O‗RGANISH.
Mikrokristalloskopik tahlil, moddalarni kristall tuzilishi, kristall o‗lchami va rangi bo‗yicha aniqlashga asoslanadi. Mikrokristalloskopik reaksiyalar buyum oynachasi ustida bajariladi, buyum oynachasiga tekshirilayotgan modda, so‗ng reaktiv tomizilib, mikroskop ostida kristall ko‗riladi. Hosil bo‗lgan kristallar 20-50 mk kattalikda bo‗lishi kerak. Ularning shakli va qirralari mikroskopning kattalishtirishi (60-100 marta) da namoyon bo‗lishi kerak. 2-20 mk kattalikdagi zarrachalarni 150-250 marta kattalashtirib, mikroskop ostida ko‗rish mumkin. Odatda mikroskopdan foydalanilganda 30-80 marta kattalashtirilib ko‗riladi. Trazodon dori vositasini mikrokristalloskopik usulida chinligini aniqlash uchun trazodon dori vositasining 10 mg olinib uni 10 ml 96% etil spirtida eritilib, eritma hajmi 10 ml ga etil spirti bilan etkazildi. Mikrokristalloskopik tahlil jarayonida 50 dan ortiq reaktivlardan foydalanildi. Bulardan xlor-rux-yod, kadmiy-yodid reaktivi, temir-yod kompleksi va boshqa reaktivlari yordamida rangli mikrokristallar hosil bo‗lishi kuzatildi. Temir-yod kompleksi bilan hosil qilgan mikrokristallari - tayyor eritmadan buyum oynachasiga 2-3 tomchi tomizilib, spirtli eritma xona haroratida quritilgach, 1-2 tomchi temir-yod kompleksiqo‗shiladi va ho‗l kamerada 15-20 daqiqa saqlanadi. Mikroskopda tekshirilganda ayrim xarakterli mikrokristallar hosil qiladi. Bajarilgan tahlil natijalari 1-rasmda keltirilgan. Kadmiy-yodid reaktivi bilan hosil qilgan mikrokristallari - tayyor eritmadan buyum oynachasiga 2-3 tomchi tomizilib, spirtli eritma xona haroratida quritilgach, 1-2 tomchi kadmiy-yodid reaktivi qo‗shiladi va ho‗l kamerada 15-20 daqiqa saqlanadi. Mikroskopda tekshirilganda ayrim xarakterli mikrokristallar hosil qiladi. Tahlil natijalari 2-rasmda keltirilgan. Xlor-rux-yod reaktivi bilan hosil qilgan mikrokristallari - tayyor eritmadan buyum oynachasiga 1-2 tomchi tomizilib, spirtli eritma xona haroratida quritilgach, 1-2 tomchi xlor-rux-yod reaktivi qo‗shiladi va ho‗l kamerada 10-15 daqiqa saqlanadi. Mikroskopda 1-rasm. Temir-yod kompleksi bilan trazodonning hosil qilgan mikrokristallari(och qo‗ng‗ir fonda) tekshirilganda ayrim xarakterli mikrokristallar hosil qiladi. Bajarilgan tahlil natijalari 3-rasmdakeltirilgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling