4-laboratoriya mashg’uloti. (Viii-semestr) Mavzu: Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi. Loyiha texnologiyasi


O‘quv faoliyatini loyihalashtirishda tayyorgarlik (izlanish) bosqichi


Download 53.5 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1611110
1   2   3
Bog'liq
4-TAJR~1

O‘quv faoliyatini loyihalashtirishda tayyorgarlik (izlanish) bosqichi:

Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida mavzusi tanlanadi, dars turi, maqsadi, mazmuni tanlanadi, ya’ni mavzuga taalluqli ma’lumotlar to‘planadi, ma’lumotlar o‘rganilib ishlov beriladi va tahlil qilinadi, mavzu yuzasidan axborotlar yig‘iladi va shular asosida dars bosqichlari rejalashtiriladi talabalarning o‘qitilayotgan fan predmeti, fan mavzulariga qiziqishlari, tafakkuri, dunyoqarashi va bu boradagi ularning qobiliyatlari e’tiborga olib kutiladigan natijalar belgilanadi, dars bosqichlari qo‘llaniladigan pedagogik va axborot texnologiyalari tanlanadi.

                1. Dars turini aniqlanadi (ma’ruza, amaliy, laboratoriya darslaridan qaysi biri);

2. Darsning maqsadini aniqlashtiriladi:
ta’limiy maqsad (darsning maqsadi nima, nimalarni o‘rgatadi?);
tarbiyaviy maqsad (qanday xususiyatni tarbiyalaydi);
rivojlanuvchi maqsad (qanday holatni, xislatni, qobiliyatni rivojlantiradi).
3. Darsdan kutiladigan natijalarni rejalashtiradi (dars yakunida o‘quvchilar nimalarni bilib olgan bo‘lishlari kerakligini ifodalaydi). Bunda o‘qituvchi mazmunni aniqlaydi va mazmunni yoritilish ketma-ketligini va aynan o‘quvchiga yetkazilishi kerak bo‘lgan aniq tushunchalarni belgilab oladi.
4. Ajratib olingan mazmunni yetkazib berish uchun metodlarni tanlaydi (an’anaviy metoddan qaysi, noan’anaviy, interfaol metodlardan qaysini shu mavzuga qo‘llash mumkin va h.k.) Aynan shu jarayon(dars)da AT necha vaqt, pedagogik texnologiyadan qancha vaqt foydalanishni belgilaydi.

  • Loyihani tayyorlash (Konstruktorlik) bosqichi. Dars bosqichlarga ajratilib, har bir bosqichda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlari, har bir bosqichda mazmun va uni yoritishda qo‘llaniladigan metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalari, multimediali vositalari, slaydlardan foydalanish, kutiladigan natijalar rejalashtiriladi. Loyihalashtirish dars ishlanmasi va texnologik xarita ko‘rinishini oladi.

O‘quv faoliyatini loyihalashtirish (loyihani tayyorlash), metodik tizim sifatida ishlab chiqishni bir dars loyihasi misolida keltiramiz.

Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling