4-Laboratoriya mashg’uloti.(2-soat) Mavzu: Optik va elektron nivelerlashda geometric nivelerlash usullari nisbiy balandlikni o‘lchash. Laboratoriya mashg‘uloting mazmuni va maqsadi
Download 21.79 Kb. Pdf ko'rish
|
4-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, burchak o‘lchash jurnali. Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar
- Geometrik nivelirlash
- O‘rtadan nivelirlash
- Nazorat savollari
4-Laboratoriya mashg’uloti.(2-soat) Mavzu: Optik va elektron nivelerlashda geometric nivelerlash usullari nisbiy balandlikni o‘lchash. Laboratoriya mashg‘uloting mazmuni va maqsadi Laboratoriya ishida guruhdagi talabalar 6 yoki 5 tadan brigadalarga bo‘linib, joyda berilgan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandliklarini nivelir asbobi orqali ikki hil usulda hisoblab topish va olingan natijalarni maxsus jadvalga yozish. Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, burchak o‘lchash jurnali. Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar Geodezik o‘lchash ishlari natijasida yer yuzasidagi yoki muxandislik in- shootlaridagi nuqtalar orasidagi balandliklar farqini (nisbiy balandlik) aniqlash va shu nuqtalarni qabul qilingan tizimlarda balandliklarini hisoblashga nivelirlash deyiladi. Nivelirlashda qo‘llaniladigan asboblarga ko‘ra: geometrik, trigono-metrik, mexanik, gidrostatik, borometrik, gidrodinamik, stereofotogram-metrik va aeronivelirlash turlari mavjud. Geometrik nivelirlash - gorizontal vizirlash ko‘rish nuriga ega bo‘lgan geodezik asbob (nivelir) va maxsus o‘lchash reykalari yordamida nuqtalar baland- liklarini farqini (orttirmalarini) o‘lchashdan iboratdir. Geometrik nivelirlashda nivelirni o‘lchanayotgan nuqtalarga nisbatan o‘rnatilishiga ko‘ra: ikki usulda- o‘rtadan(a) va oldiga qarab(b) nivelirlash usullarida bajarladi(2.1-rasm). a) b) 2.1-rasm. Nivelirlash usullari Oldinga qarab nivelirlashda balandligi N A ma’lum bo‘lgan A nuqta ustiga nivelir va N S balandligi aniqlanishi kerak bo‘lgan S nuqtaga geodezik reyka o‘rnatiladi. Nivelirni vizirlash nurini gorizontal xolatga keltirilib, asbob balandligi – i o‘lchanadi (A nuqtadan nivelirni okulyar markazigacha bo‘lgan masofa) va V nuqtadagi reykadan b sanog‘i olinadi. A va S nuqtalar orasidagi orttirma h, asbob balandligi i dan v sanog‘ini ayirmasiga teng, ya’ni: h = i - b (2.1) Rasmga ko‘ra, S nuqtani balandligi esa H S = H A +h (2.2) bo‘ladi. (2.1) ifodaga (2.2) tenglamadagi h nig qiymati qo‘yilsa, H S = H A + i-b (2.3) kelib chiqadi. Bu yeda H A + i – asbobni mutlaq balandligini ko‘rsatadi va asbobning sath balandligi deb yuritiladi va H ACB ifoda bilan belgilanadi. Asbobning sath balanligi - H ACB orqali V nuqtaning balandligi quyidagicha aniqlanadi: H S = H ACB -b (2.4) O‘rtadan nivelirlashda nivelir qo‘yilgan joy – stansiya deyiladi, keyingi nuqta deb unga nisbatan boshqa nuqtaning nisbiy balandligi aniqlanayotgan nuqtaga, oldingi deb nisbiy balandligi aniqlanayotgan nuqtaning sanoqlari qabul qilingan. Shunga ko‘ra: H S = H A +h (2.5) bu yerda, h = a – b (2.6) (2.6) ifodaga (2.5) tenglamani qo‘ysak H S = H A + a – b (2.7) Tenglamadagi H A + a kattalik oldinga qarab nivelirlashdagi kabi asbobning sath balandligini ifodalaydi. Agar oldingi nuqta keyingi nuqtadan yuqorida joylashgan bo‘lsa, nisbiy balandliklar ishorasi plyus va aksincha joylashgan bo‘lsa minus ishorasi qabul qilinadi. Agar ikki nuqta balandliklarini farqi (nisbiy balandlik) bitta stan-siyada aniqlansa oddiy nivelirlash yoki bir nechta stansiyalarda, ya’ni nivelir va reykalarini bir necha marta ko‘chirishlar orqali hisoblansa murakkab nive-lirlash deyiladi. Murakkab nivelirlashlarda, nivelir yo‘llari hosil qilinib, stansiya uchun umumiy bo‘lgan nuqtalar bog‘lovchi, qolganlari oraliq nuqtalar deb yuri-tiladi. Murakkab nivelirlashda boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarning baland-liklarini farqi har bir stansiyada hisoblangan nisbiy balandliklarni yig‘indisiga teng: h=h 1 +h 2 +h 3 +…+h n = ∑ h (2.8) Bu ifodani (2.5) ko‘ra quyidagicha yozish mumkin: ∑ h = ∑ a - ∑b (2.9) Nazorat savollari 1. Nivelirni ish holatiga qanday tartibda o‘rnatiladi; 2.Nisbiy balandlik o‘lchash usullari qanday; 3.Balandliklar qanda hisoblanadi; 4.Geodezik reykada sanoq oling. Download 21.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling