4-Laboratoriya mashg’uloti.(2-soat) Mavzu: Optik va elektron nivelerlashda geometric nivelerlash usullari nisbiy balandlikni o‘lchash. Laboratoriya mashg‘uloting mazmuni va maqsadi


Download 21.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1724998
Bog'liq
4-laboratoriya



4-Laboratoriya mashg’uloti.(2-soat) 
Mavzu: Optik va elektron nivelerlashda geometric nivelerlash usullari 
nisbiy balandlikni o‘lchash. 
Laboratoriya mashg‘uloting mazmuni va maqsadi 
Laboratoriya ishida guruhdagi talabalar 6 yoki 5 tadan brigadalarga bo‘linib, 
joyda berilgan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandliklarini nivelir asbobi orqali ikki 
hil usulda hisoblab topish va olingan natijalarni maxsus jadvalga yozish. 
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar 
Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, burchak o‘lchash jurnali. 
Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar 
Geodezik o‘lchash ishlari natijasida yer yuzasidagi yoki muxandislik in-
shootlaridagi nuqtalar orasidagi balandliklar farqini (nisbiy balandlik) aniqlash va 
shu nuqtalarni qabul qilingan tizimlarda balandliklarini hisoblashga nivelirlash 
deyiladi. Nivelirlashda qo‘llaniladigan asboblarga ko‘ra: geometrik, trigono-metrik, 
mexanik, gidrostatik, borometrik, gidrodinamik, stereofotogram-metrik va 
aeronivelirlash turlari mavjud. 
Geometrik nivelirlash - gorizontal vizirlash ko‘rish nuriga ega bo‘lgan 
geodezik asbob (nivelir) va maxsus o‘lchash reykalari yordamida nuqtalar baland-
liklarini farqini (orttirmalarini) o‘lchashdan iboratdir. Geometrik nivelirlashda 
nivelirni o‘lchanayotgan nuqtalarga nisbatan o‘rnatilishiga ko‘ra: ikki usulda- 
o‘rtadan(a) va oldiga qarab(b) nivelirlash usullarida bajarladi(2.1-rasm). 
a) b) 
2.1-rasm. Nivelirlash usullari 
Oldinga qarab  nivelirlashda balandligi N
A
ma’lum bo‘lgan A nuqta ustiga 
nivelir va N

balandligi aniqlanishi kerak bo‘lgan S nuqtaga geodezik reyka 
o‘rnatiladi. Nivelirni vizirlash nurini gorizontal xolatga keltirilib, asbob balandligi – 
i o‘lchanadi (A nuqtadan nivelirni okulyar markazigacha bo‘lgan masofa) va V 
nuqtadagi reykadan b sanog‘i olinadi. A va S nuqtalar orasidagi orttirma h, asbob 
balandligi i dan v sanog‘ini ayirmasiga teng, ya’ni: 
h = i - b (2.1) 
Rasmga ko‘ra, S nuqtani balandligi esa 


H

= H
A
+h (2.2) 
bo‘ladi. 
(2.1) ifodaga (2.2) tenglamadagi h nig qiymati qo‘yilsa, 
H

= H
A
+ i-b (2.3) 
kelib chiqadi. 
Bu yeda H
A
+ i – asbobni mutlaq balandligini ko‘rsatadi va asbobning sath 
balandligi deb yuritiladi va H
ACB 
ifoda bilan belgilanadi. 
Asbobning sath balanligi - H
ACB 
orqali V nuqtaning balandligi quyidagicha 
aniqlanadi: 
H

= H
ACB
-b (2.4) 
O‘rtadan nivelirlashda nivelir qo‘yilgan joy – stansiya deyiladi, keyingi 
nuqta deb unga nisbatan boshqa nuqtaning nisbiy balandligi aniqlanayotgan 
nuqtaga, oldingi deb nisbiy balandligi aniqlanayotgan nuqtaning sanoqlari qabul 
qilingan. 
Shunga ko‘ra: 
H

= H
A
+h (2.5) 
bu yerda, 
h = a – b (2.6) 
(2.6) ifodaga (2.5) tenglamani qo‘ysak 
H

= H
A
+ a – b (2.7)
Tenglamadagi H
A
+ a kattalik oldinga qarab nivelirlashdagi kabi asbobning 
sath balandligini ifodalaydi. 
Agar oldingi nuqta keyingi nuqtadan yuqorida joylashgan bo‘lsa, nisbiy 
balandliklar ishorasi plyus va aksincha joylashgan bo‘lsa minus ishorasi qabul 
qilinadi. 
Agar ikki nuqta balandliklarini farqi (nisbiy balandlik) bitta stan-siyada 
aniqlansa oddiy nivelirlash yoki bir nechta stansiyalarda, ya’ni nivelir va reykalarini 
bir necha marta ko‘chirishlar orqali hisoblansa murakkab nive-lirlash deyiladi. 
Murakkab nivelirlashlarda, nivelir yo‘llari hosil qilinib, stansiya uchun 
umumiy bo‘lgan nuqtalar bog‘lovchi, qolganlari oraliq nuqtalar deb yuri-tiladi. 
Murakkab nivelirlashda boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarning baland-liklarini farqi 
har bir stansiyada hisoblangan nisbiy balandliklarni yig‘indisiga teng: 
h=h
1
+h
2
+h
3
+…+h
n
= ∑ h (2.8) 
Bu ifodani (2.5) ko‘ra quyidagicha yozish mumkin: 
∑ h = ∑ a - ∑b (2.9) 
Nazorat savollari 
1. Nivelirni ish holatiga qanday tartibda o‘rnatiladi; 
2.Nisbiy balandlik o‘lchash usullari qanday; 
3.Balandliklar qanda hisoblanadi; 


4.Geodezik reykada sanoq oling.

Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling