4-ma’ruza (2 soat)


Download 69.94 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi69.94 Kb.
#1563407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-ma’ruza (2 soat) 7-mavzu. Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan (1)

Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma‟muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi.
Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma‟muriyati topshirig„i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masalan, ishga borib-kelish vaqtida, xizmat safari vaqtida, boshqa obyektlar- dagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlanishlarga (baxtsiz hodisalarga) ishab chiqarish bilan bog„liq bo„lsa, ma‟muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo„qotilgan ish kunlari uchun haq to„lanadi. Agar jarohatlanish ishning mehnat xavfsizligi qoida va nor- malariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan bo'lsa, u holda ishchi ma‟muriyat xodimi bilan javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to„lov ma muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi.
Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, mast bo„lishi natijasida, davlat mulkini o„g„irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi.
Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta‟sirida
ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o'tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig„ilsa, u su-runkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi. Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlaming sodir bo„lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo„l qo„yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo„lgan chora-tadbirlar ко riladi.Tekshirish, hisobga olish ishlarini kasaba uyushma federatsiyasining nizomiga asosan sex boshlig„i, texnika xavfsizligi muhandisi, jamoat inspektori va bosh muhandis ishtirokida tuzilgan komissiya olib boradi. 0„zbekiston Res- publikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalami va xodim- lar salomatligining boshqa xil zararlanishni tekshirish va hisobga olish» to„g„risidagi Nizomda 0„zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo„yicha ishlayotgan ayrim fuqarolar bilan mehnat faoliyatiga bog„liq holda yuz bergan hodisalami hamda xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibi belgilangan. Ushbu Nizomda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa- ni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish va hisobga olish umumiy qoidalari va tartibi ko„rsatilgan. Bir kundan kam boMgan ish kuni yo„qotilgan baxtsiz hodisalarda 3 kun davomida tekshirilib, maxsus forma (N-l) bo„yicha 4 nusxada akt tuziladi. Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari, bunday hodisalar takrorlanmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko„rilish kerakligi haqidagi maMumotlar beriladi. Aktni bosh muhandis tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex boshlig„iga, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo„mitasiga, uchinchi nusxasi tarmoq kasaba uyushmasi markaziy qo„mitasiga - texnik nazoratchiga, to„rtinchi nusxasi korxona mehnatni muhofaza qilish boMimiga nazorat о matish uchun beriladi. Baxtsiz hodisaning asoratlarining ketishing ham, kelib chiqishini ham hisobga olib tuzilgan aktlami 45 yilgacha saqlash tavsiya etiladi. Tekshirishdan so„ng korxona ma‟muriyati yo‟l qo„yilgan xatolar
qaytarilmasligini ta‟minlashga qaratilgan buyruqni e‟lon qiladi, baxtsiz hodisaning kelib chiqishida aybdor kishilarning javobgarligi aniqlanadi. Agar baxtsiz hodisa ikki va undan ortiq ishchilar bilan yoki o„lim bilan tugagan bo„Isa, u holda maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi. Komis- siya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi. yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi. Tekshiruv material lari 15 kunda tayyor bo„lishi kerak. Bunday baxtsiz hodisalar korxona kasaba uyushmasi qo„mitasida, yuqori tashkilot kasaba uyushmasi qo„mitalarida batafsil ko„rib chiqiladi.
Odam umrining ko„p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o„matilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa, bu, o„z navbatida, inson mehnat faoliyatiga va sog„ligiga jiddiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoiti - bu insonni o„rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog„liq bo„lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta‟sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hokazo) kiradi.
Xavfli omillar deganda - muayyan bir sharoitda inson sog„ligiga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi tushiniladi. Zararli omillar esa - insonning ish faoliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatishi yoki biror- bir kasallikka olib keluvchi holat tushuniladi. Ish sharoitida ishning qandayligiga va ish joyining qanday tashkil etilganligiga bog'liq.
Xavfli va zararli omillaming ta‟sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tizilishiga, fizik- kimyoviy xossalariga, miqdoriga, inson tana a‟zolariga ta‟sir etish yollariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog„da eruv- chanligiga va boshqa ko„rsatkichlariga bog„liq.
Aksariyat xavfli omillarga - ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologk moddalar, ionlantirish xususiytiga ega bo„lgan nurlar va boshqa kuchli ta‟sir etuvchi kuchlar kiradi.
Zaharli kimyoviy moddalaming yo„l qo„yiladigan oxirgi darajasidan (UQOD) yuqori miqdorda, yoki biologik xavfli ta‟sirlaming (patogen mikroorganizmlarning) inson tanasiga o'tishi natijasida kuchli kimyoviy, yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o„limiga olib keladi. Shuningdek, ionlantirish xususiytiga ega bo„lgan nurlaming yuqori miqdordagi do„zasi ta‟sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi.
Zaharli omillarga - ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug„lar, yo„l qo„yiladigan oxirgi darajadan (YQOD) yuqori qiymatga ega bo'lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me‟yorlari, shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqa ta‟sirlar kiradi.
^ Zaharli omillaming inson tana a‟zolariga o„z-o„zidan o„tishi yoki ta‟sir etishi va tanada yig„ilishi natijasilda kasb kasalliklari kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarish changlari Pnevmokomioz kasalliklaridan tashqari teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi (bular xususida III bobda batafsil ma‟lumotlar keltirilgan).
Xavfli va zararli omillar ta‟siridagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasb kasalliklarining paydo bo„lishi, kasal- lanishning ortib ketishi hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo„qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo„linadi (ГОСТ 12.0.003-83 - Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko„rsatkichlari tasnifi)
1. Fizikaviy
2. Kimyoviy.
3. Biologik.
4. Psixofiziologik.
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklaming paydo bo„lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo„qoti!ishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Xavfli va zararli omillarning quyidaei turlari mavjud:
Kimyoviy (zaharli moddalaming paydo bolishi va ularning inson organizmiga salbiy ta‟sir ko„rsatishi).
Fizikaviy (shovqin, silkinish, va boshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, iqlim o„zgarishlari: ob-havo haroratining isishi yoki sovib ketishi)] atmosfera bosimining o„zgarishi yoritilish darajasi, chang-to„zonlaming ko„tarilishi va boshqalar).
Biologik (kasallangan mikro organizmlar, mikrob preparatlari, biologik pestitsidlar va boshqalar).
Jismoniy (statistik va dinamik) zo„riqish - og„ir yukni olib o'tish, inson jismoniy holatining buzilishi, inson tana a‟zolarining katta bosim ostida bo„lishi va boshqalar.
Fiziologik (jismoniy harakatlanishning cheklanishi — ginokeniziya).
Psixologik (nerv faoliyatining zo„riqishi - aqliy faoliyatni keragidan ortiq ishlatish, his- hayajonning ortib ketishi).
Fan va texnika taraqqiyot yutuqlarining keng sur‟atlarda mehnat faoliyatida qo„Ifanilishi inson mehnat faoliyatining hamda ishlab chiqarish muhitining o„zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga bunday mehnat insonning iqtisodiy, sotsial va ilmiy salohiyatining oshishiga hamda uning har tomonlama barkamol rivojlanishiga o„z ta‟sirini ko„rsatadi.



Download 69.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling