4-maruza. Elektrik datchiklar ularning turlari va ishlash printsiplari. Reja
Download 112.69 Kb. Pdf ko'rish
|
18-maruza (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Rezistiv datchiklar
4-maruza. Elektrik datchiklar.Elektrik datchiklar ularning turlari va ishlash printsiplari. Reja: 1. Elektrik datchiklar haqida umumiy mа`lumоtlаr. 2. Ularning turlari. Datchiklarning turlari ko’p bo’lishiga qaramay, ular bir hildagi bir necha asosiy ko’rsatkichlarga ega: 1. Statik tavsifnomasi - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog’likligi (2.2-rasm). Statik tavsifnomasi chiziqli datchiklar (2.2-rasm, a) uchun sezgirlik koeffityenti o’zgarmaydi. 2.2-rasm. Datchiklarning statik tavsifnomalari. Statik tavsifnomasi nochiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffitsiyenti xar hil nuqtalarda (2.2-rasm, v) xar hil bo’ladi va bu kattatik differensial sezgirlik deyiladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formula qo’llanadi: K c =dy/dx=y/dx (2.1) 2. Datchikning absolyut xatoligi - datchikning chiqish signalining xaqiqiy u1 va uning hisoblangan u2 qiymatlarning farqi, ya’ni u = u1- u2 (2.2) U2 3. Datchikning nisbiy xatoligi - = -------- . 100% (2.3) u1 4. Datchikning dinamik tavsifnomasi - chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarilishini ko’rsatadi. 5.Datchikning dinamik tavsifnomasi chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarishini ko’rsatadi. Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo‘linadi. Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichini elektr zanjir kattaliklari (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi va kabilar) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulash hamda allohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak . 2.3. Rezistiv datchiklar Rezistiv datchiklar chiziq va burchak xarakatlarni kuch va momentlar, tebranish va vibratsiyalar, xarakat va yoruglik kabi noelektrik kattaliklarni nazorat qilish va o’lchash jarayonlarida qo’llaniladi. Rezistiv datchiklar guruxiga potensiometrik, ko’mir (kontaktli), tenzometrik kabi datchiklar (fotorezistiv, termorezistiv) kiradi. Bunday turdagi datchiklarning ish prinsipi nazorat qilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv qarshiligi o’zgarilishiga asoslangan bo’ladi. Download 112.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling