4-ma’ruza. Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi Reja


Download 276.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana26.06.2023
Hajmi276.83 Kb.
#1655935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu



4-ma’ruza. Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi 
Reja: 
1. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish jarayonini tashkil etish. 
2. Aloqa chiziqlari va ularning xarakteristikalari. 
3. Ma’lumotlarni kodlash va multiplekslash. 
4. Birlamchi tarmoqlar: PDH, SONET/SDH va DWDM. 
5. Ma’lumotlarni simsiz uzatish. 
6. Simsiz tizimlar va ularning xillari. 
1. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish jarayonini tashkil etish 
Ma’lumotlarni uzatish (ma’lumotlarni almashish, raqamli uzatish, raqamli 
aloqa) – ma’lumot uzatish kanali orqali, qoidaga ko’ra, kompyuter texnologiyalari 
yordamida keyinchalik ishlov berish uchun nuqtadan nuqtaga yoki nuqtadan bir 
nechta nuqtaga ma’lumotlarni (raqamli bitlar oqimini) elektr signallar shaklida fizik 
uzatishdir. Bunday kanallarga misol qilib, mis o’tkazgichlar, optik tolali kabellar, 
simsiz ma’lumot uzatish kanallari yoki saqlash qurilmalari bo’lishi mumkin. 
Ma'lumot uzatish analog yoki raqamli bo'lishi mumkin, shuningdek analog 
modulyatsiya yoki raqamli kodlash orqali modulyatsiya qilinishi mumkin. 
Ma'lumot uzatish tarmog'i - ma'lumotlar uzatish kanallari va kommutatsiya 
qurilmalari (tarmoq tugunlari) bilan ulangan, barcha terminal qurilmalar o'rtasida 
xabar almashishni ta'minlaydigan uch yoki undan ortiq aloqa qurilmalarining 
(terminallarining) kombinatsiyasi. 
Ikki xil ma’lumot uzatish tarmoqlari mavjud: 
1. Telefon tarmoqlari. 
2. Kompyuter tarmoqlari. 
Kommutatsiyalash usullariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Kanallarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlar
2. Paketlarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlar. 
2. Aloqa chiziqlari va ularning xarakteristikalari. 
Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plami quyidagilar: 
axborotlar uzatgichi, aloqa kanali va axborotlar qabul qiluvchi birligi hisoblanadi. 
Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi sifatida kompyuterlarni bevosita aloqa 
liniyalariga ulanishini ta’minlaydigan ma’lumotlarni uzatish apparaturasidir. Bular 
modemlar (telefon liniyalari uchun) va tarmoq adapterlari hisoblanadi. 


Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni fizik uzatish muhiti signallar uzatiladigan 
elektr va optik o’tkazgichlar (o’tkazish muhiti), shuningdek, yer yuzidagi va sun’iy 
yo’ldoshli aloqa radiokanallar tarzidagi simsiz muhit hisoblanadi. Ishlatiladigan 
chastota diapazoni va kanalning uzunligi bilan farqlanadigan ko’pllab xilma-xil 
radiokanallar turlari mavjud. Kompyuter tarmoqlarida ham o’tkazgichli, ham simsiz 
muhitlar qo’llaniladi. Hozirgi kunda Ethernet standartidagi mobil kompyuter 
tarmoqlari texnologiyalari rivojlanmoqda. Ko’p hollarda, xususan, global va 
mintaqaviy kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar qanday oraliqda ma’lumotlar 
o’tkazgichlar orqali emas, simsiz radiokanallar va sun’iy yo’ldoshli aloqa kanallari 
orqali uzatilishini har doim ham bilishmaydi. 
Kabelli aloqa liniyalari kengroq tarqalgan. Kompyuter va telekommunikasion 
tarmoqlarda bir necha turlardagi kabellar qo’llaniladi.
Ekranlashtirilmagan o’rama juft UTP (Unshielded Twister Pair); 
Ekranlashtirilgan o’rama juft STP (Shielded Twister Pair); 
Koaksial kabel (“yo’g’on yoki “ingichka”); 
Optik tolali kabel. 

Download 276.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling