4-ma’ruza mavzu: оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri. Mеtаllаr, ulаrning tаbiаtdа uchrаshi, оlinish usullаri, kimyoviy хоssаlаri. Elеktrоkimyoviy jarayonlar. Elektroliz qonunlari. Mеtаllаr kоrrоziyasi


MЕTАLLАR KОRRОZIYASI. ULАRNING TURLАRI


Download 1.71 Mb.
bet29/36
Sana19.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1619151
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
4-MA’RUZA

5.MЕTАLLАR KОRRОZIYASI. ULАRNING TURLАRI.
5.1.Mеtаllаr kоrrоziyasi haqida tushuncha.
Metallning tevarak-atrofidagi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy ta’siri natijasida yemirilishi korroziya deyiladi. Metallga quruq gazlar, masalan, kislorod, sulfat angidrid, HCl, H2S va boshqa gazlar ta’sir etganda u kimyoviy korroziyalanadi. Ko’pincha metallarning yemirilishiga elektrokimyoviy korroziya sabab bo’ladi, bunday korroziya metallarning nam havo yoki elektrolit eritmasi bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi va bunda shu joyning o’zida elektr toki paydo bo’ladi.
Texnikada ishlatiladigan metallarga hamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo’ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil bo’ladi, bunda aktivroq metal yemiriladi. Metall havoda ayniqsa ko’p korroziyalanadi. Masalan, nam havodagi temir bilan mis bir-biriga tegib turganda galvanik element vujudga keladi, bunda temir anod, mis esa katod vazifasini o'taydi. Bunday galvanik element ishlaganda temir oksidlanadi, yemiriladi, chunki u o’zining elektronlarini to’xtovsiz ravishda misga berib, o’zi Fe2+ ionlarga aylanadi (66-rasm).
Fe0 –2e = Fe2+
5.2.Kоrrоziyagа qаrshi kurаshning qоplаsh, kimyоviy, elеktrоkimyоviy vа issiqlik ishlоv bеrish usullаri.
Metallarni korroziyalanishdan saqlash usullari juda xilma-xildir, bulardan eng muhimlarini ko’rib o’tamiz.
1. Muhit tarkibining o’zgarishi. Ba’zan metall uning atrofidagi muhitdan zararli qo’shimchalarni chiqarib tashlash yo’li bilan korroziyalanishdan saqlanadi. Masalan, erigan kislorodni bug’ qozonlariga beriladigan suvdan chiqarib tashlash qozonlarning ishlatilish muddatini birmuncha oshradi. Biroq kislorod korroziya protsessiga ikki xil ta'sir ko’rsatadi. Bir tomondan katod uchastkalarning depolyarizatsiyalanishi natijasida kislorod korroziyalanishni tezlatadi ikkinchi tomondan kislorod ta'sirida metall sirtidagi himoya parda ancha puxtalashadi, ya'ni korroziyalanish susayadi. Eritmada kislorodning konsentratsiyasi ancha ko’payganda uning himoya ta'siri ustun keladi. Kislotalar ta'sirida korroziyalanadigan metallarning korroziyalanishini sekinlashtirish uchun kislotali korroziyani sekinlashtiruvchilar yoki boshqacha aytganda ingibitorlar deb ataladigan moddalar ishlatiladi. Ingibitor qo’shilgan kislota metallga ta’sir qilmasdan metallarning oksidlari va boshqa birikmalarini eritadi. Ingibitorlarning qozonlarni quyqadan tozalashda, metall buyumlarning zangini ketkazishda va boshqa hollarda ishlatilishi shunga asoslangan.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling