4 ma‘ruza Mavzu: Qatlam energiyasi turlari. Reja
Neft uyumining energetik tavsifi
Download 1.45 Mb.
|
4-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Qatlam suvi tazyiqi energiyasi.
4.2. Neft uyumining energetik tavsifi.
Neftning quduqqa qarab oqimi qatlam bosimi va quduq tubi ayirmasi bilan bog’liq bo’ladi. Bosimlar ayirmasining miqdori quduqdan olinadigan suyuqlik miqdori, suyuqlik va tog’ jinslarining fizikaviy xususiyatlari va qatlam energiyasi turi bilan belgilanadi. Neftli qatlam va quduqlar yagona gidrodinamik tizimni tashkil etadi (albatta tektonik buzilish bo’lmagan hollarda). Uyumdagi energiya zaxirasi neftning qatlamdan quduq tubiga oqimini ta‘minlashga sarflanadi. Bu energiya zaxirasi qatlam bosimi bilan bog’liq. Qatlam energiyasi manbai sifatida qatlam suvlari tazyiqi energiyasi, ozod va bosim pasayishida neftdan ajraladigan erigan gaz energiyasi, siqilgan tog’ jinslari va suyuqliklar energiyasi va neftning og’irlik kuchi ta‘siridagi energiyasi xizmat qiladi. Uyumlarni ishlatish jarayonida qatlam energiyasi zaxirasi qatlamdan neft harakatiga qarshilik qiluvchi kuchlarni yengib o’tishga, suyuqliklarning ichki ishqalanishi, ularning tog’ jinslari bilan ishqalanishi va kapillyar kuchlarni yengib o’tishga sarflanadi. Ishqalanish kuchlari suyuqliklarning qovushqoqligi bilan bog’liq. Neft bir vaqtning o’zida bir yoki bir necha qatlam energiyalarining ta‘sirida harakat qilishi mumkin. Uyumlarning ishlashi va ishlatilishi to’laligicha konlarning energetik xususiyatlari bilan belgilanadi. Endi yuqorida qayd etilgan energiya turlari xarakteri va xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. 4.3. Qatlam suvi tazyiqi energiyasi. 4.1-rasmda chekka suvlar tazyiqi mavjud bo’lgan uyum shakli sxematik tarzda tasvirlangan. Bu uyumda neft oqimi kontur chekka qismida Н balandlikdagi suyuqlik sathi orqali bajariladi. Bunday uyumlarda burg’ilangan quduqqa neft oqib kelishi va yuqoriga ko’tarilish chekka suvlar tazyiqi ta‘sirida amalga oshadi. Bu holatda chekka suvlar tazyiqi samaradorligi nafaqat qatlamning quduq ustki qismidan ham balandroq qismiga chiqqanligi, balki qatlam tog’ jinslarining o’tkazuvchanligi va suyuqliklarning qovushqoqligiga ham bog’liq. Tog’ jinslarining o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan hollaridagi mavjud tazyiq ta‘sirida qatlam tizimi orqali yetarli miqdorda suyuqlik oqimi ta‘minlansa, chekka suvlar tazyiq energiyasi uzoq muddat suyuqlik oqimini ta‘minlashi mumkin.
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling