4-Ma’ruza: Operatsion tizim xotira boshqaruvi va xavfsizligi


Download 22.47 Kb.
bet4/4
Sana21.01.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1106936
1   2   3   4
Bog'liq
4-Ma’ruza Operatsion tizim xotira boshqaruvi va xavfsizligi

Svoping – jarayon xotirga to‘liq joylashadi, bir necha daqiqaga ishga tushadi, keyin diskka o‘tkaziladi. Nofaol jarayonlar ko‘p vaqt diskda saqlanadi va tezkor xotiradan joy olmaydi.
Virtual xotira – dasturlar qisman tezkor xotirada bo‘lib ishlashi mumkin.
Dasturni tezkor xotirada turli vaqtda turli joyda yuklanishi muammo (manzillarni tartiblab dasturiy yechish yoki bazaviy va cheklangan registrlardan foydalanib yechish mumkin) hisoblanadi.
Xotirani fragmentatsiylanish muammosi. Yechilishi mumkin, biroq yechim sezilarli resurslarni talab etadi.
Dasturlar ma‘lumotlari segmentlarini o‘sib ketish muammosi. Segmentlarni xotiraga joylash bilan yechiladi, biroq resurslarni talab qiladi. Oldindan katta hajm ajratish mumkin, biroq esda tutish kerakki, svopingda bo‘sh joyni diskka nusxalashda sezilarli resurslar kerak bo‘ladi.
OT xotirani dinamik taqsimlashda jarayonni boshqaradi.
Xotiradan foydalanishni kuzatish yo‘llari:

  • Bitli matritsa

  • Bo‘sh muhit ro‘yhati

  • Bitli matritsadan foydalanish

Xotira belgilangan hajmdagi bloklarga ajratiladi. Hajm tizimga bog‘liq bo‘lib bir necha baytdan kilobaytlargacha o‘zgarishi mumkin.
Bitli matritsa tuziladi, bunda har bir bitga xotirani bir bloki mos keladi. 0 – blok bo‘sh, 1 – blok band. Yetarlicha kam bo‘lgan qo‘shimcha xotira talab etiladi.
Muammo – agar xotirada N bloklarda iborat jarayonlarni kerak bo‘lsa, unda matritsada N ta nollar ketma-ketligidan iborat qismni topish kerak bo‘ladi. Bitli matritsada berilgan ketma-ketlikni qidirish yetarlicha sekin operatsiya, chunki ketma-ketlik so‘zni chegarasidan chiqib ketib qolishi mumkin.
Xotirani ajratish algoritmi:
Birinchi mos kelish – eng tez algoritm
Keyingi mos kelish – bo‘sh joyni qidirish ro‘yhatda oldingi qidiruv tugagan joydan bsohlanadi. Samaradorlik “birinchi mos kelishdan” bir qancha yomon.
Kamroq mos kelish – eng kam bo‘sh joy tanlanadi. Sekin ishlaydi, tartibsiz xotirani sarflaydi, chunki kichik foydalanilmagan joylar qoldiradi.
Ko‘proq mos kelish – eng katta bo‘sh qism tanlanadi. Modellashtirish past samaradorlikni ko‘rsatadi.
Barcha algoritmlarni xotirani bo‘sh va band joylari uchun alohida ro‘yhat yuritish hisobiga tezlashtirish mumkin. Xotirani bo‘shatish muolajasi qiyinlashadi. Bo‘sh joylarni royhatini hajm bo‘yicha saralash mumkin. Bo‘sh joylar ro‘yhatini eng bo‘sh joylarda saqlash mumkin.
Tez topiladigan mos keluvchi – kerakli hajmlar uchun alohida ro‘yhatlar yuritish.
Barcha ajratilgan ro‘yhatlar muammosi – xotirani bo‘shatishda bo‘sh qismlarni birlashtirish zaruratini tahlili talab etiladi.
Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling