4-ma’ruza. Osi etalon modeli. Reja


Download 271.5 Kb.
bet4/8
Sana18.10.2023
Hajmi271.5 Kb.
#1708687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.2-ma\'ruza OSI (59-74) (1)

Tarmoq pog’onasi. Bu pog’ona bir necha tarmoqlarni birlashtiradigan yagona transport tarmog’ini tashkil etish uchun xizmat qiladi, mos texnologiya esa tarmoqlararo o’zaro ishlash (internet working) texnologiyasi deyiladi. Turli texnologiyalar (Ethernet, Token Ring, ATM, Frame Relay) bo’yicha qurilgan kompyuter tarmoqlari o’zlarining istalgan foydalanuvchilari orasida faqat o’z tarmog’i chegarasida bog’lanadi, ularda boshqa tarmoqlarga ma’lumotlarni uzatish imkoniyati ko’zda tutilmagan. Hatto MAS-manzillashtirishning yagona tizimi bo’lganda ham bu texnologiyalar bir-birlarida ishlatiladigan kadrlar formatlari va protokollarning ishlash mantiqi bilan farq qiladi. Ya’ni, lokal va global tarmoqlar orasida farq katta.
Turli texnologiyalardagi tarmoqlar orasida ma’lumotlarning uzatilishini ta’minlash uchun tarmoq pog’onasida ishlay oladigan qo’shimcha vositalar kerak. Tarmoq pog’onasi vazifalarini (OSI modelning 3-nchi pog’onasi) bir emas, marshrutizatorlar qo’llaniladigan tarmoq pog’ona protokollar guruhidan foydalanib ishlatiladi, marshrutizatorning vazifalaridan biri tarmoqlarni fizik ulash hisoblanadi.
Marshrutizator o’z dasturiy ta’minotiga ega, tarmoqlarni ulash uchun bir necha tarmoq interfeysli maxsus apparatura hisoblanadi. Marshrutizatorning vazifasini kompyuter dasturi bajarishi mumkin (Unix va Windows operasion tizimlari marshrutlashtirish dasturiy moduliga ega).
4.2-rasmda turli Ethernet, Token Ring, Frame Relay, FDDI va ATM texnologiyalarning komponentlaridan iborat tarkibiy tarmoqning strukturasi keltirilgan. Tarmoq pog’onasi vazifasini bajaradigan bog’lovchi element marshrutizator (shtrixlangan) hisoblanadi.
Uzatish uchun ma’lumotlar tarmoq pog’onasiga transport pog’onasidan beriladi. Bu ma’lumotlar sarlavha bilan birga PDU-paketni tashkil etadi. Tarmoq pog’onasi paketining sarlavhasi tarkibiy tarmoqqa kiradigan tarmoqlar kanal pog’onalar kadrlari formatiga bog’liq emas. Tarmoq pog’onasidagi paketning sarlavhasida xizmat axboroti bilan bir qatorda bu paketni yuborish manzili kiritilgan bo’lib, bu tarmoq yoki global manzillar bo’lishi mumkin. Ya’ni paket ikkita: MAS-1 kanal pog’ona manzili va NET-A1 tarmoq pog’onasi manziliga ega bo’ladi (A kompyuteri). Bu Ethernet tarmoq manzillari hisoblanadi. Shunga o’xshash V kompyuter joylashgan ATM tarmoqda paketning harakatlanish marshruti tarmoqning NET-A2 manzili va virtual kanallarning ID1, ID2 manzillari bilan aniqlanadi. Marshrutning o’zi paket o’tishi kerak bo’lgan tarmoqlar, ya’ni yo’lda joylashgan marshrutizatorlararo ketma-ketligi orqali tavsiflanadi.
A kompyuterdan V kompyuterga ma’lumotlarni uzatish uchun bir necha marshrutlar tanlanishi mumkin. Marshrutni tanlash marshrutlashtirish jadvaliga asoslanadi (ilgari yoritilgan kommutasiya jadvaliga o’xshash), shuning uchun marshrutni aniqlashda tarmoq pog’onasi kanal pog’onaga murojaat qiladi, butun yo’l bir marshrutizatordan ikkinchi marshrutizatorgacha bo’lgan bo’laklarga ajratiladi, bunda har bir harakatlanish bo’lagi alohida tarmoq orqali yo’lga mos keladi.


Navbatdagi tarmoq orqali paketni yetkazish uchun keyingi marshrutizator portining kanal manzilini kadrning sarlavhasida ko’rsatish bilan kanal texnologiyasiga mos paketni tarmoq pog’onasi kadrning ma’lumotlar maydoniga joylashtiradi. Tarmoq o’zining kanal texnologiyasidan foydalanib paketni berilgan manzilga yetkazadi. Marshurtizator kadrni olib undan paketni ajratadi, uni keyingi harakatlanish bo’lagi kanal pog’onasining yangi kadriga transportirovka qilish uchun uzatadi.
Shuni aytish mumkinki, turli texnologiyalar bo’yicha qurilgan tarkibiy tarmoqlar orqali paketlarni uzatishda tarmoq pog’onasi tarkibiy tarmoqlarning birgalikda ishlashini tashkil etadigan koordinator vazifasini bajaradi.

Download 271.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling