4-ma’ruza rezonator va ularning turlari. Optik rezonatorlar. Rezonatorning aslligi va yo’qotish koeffisiyenti


Download 378 Kb.
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi378 Kb.
#1035404
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma’ruza rezonator va ularning turlari. Optik rezonatorlar. Rez

Aktiv rezonatorning vazifasi koʻzgularga tik tushgan yorugʻlik toʻlqinini iziga qay­tarib, aktiv modda orqali oʻtkazib, yorugʻlikning kuchayishini ta’minlashdir. Shuning uchun aktiv rezonatorni musbat teskari bogʻlanishni ta’minlovchi sistema deb ham qabul qilingan. Ak­tiv moddadan chiqqan yorugʻlikni qaytarib yana aktiv moddaga kiritish va yorugʻlikning aktiv moddadan oʻtishida kuchayishi musbat teskari aloqa deyiladi.

  • Aktiv rezonatorning vazifasi koʻzgularga tik tushgan yorugʻlik toʻlqinini iziga qay­tarib, aktiv modda orqali oʻtkazib, yorugʻlikning kuchayishini ta’minlashdir. Shuning uchun aktiv rezonatorni musbat teskari bogʻlanishni ta’minlovchi sistema deb ham qabul qilingan. Ak­tiv moddadan chiqqan yorugʻlikni qaytarib yana aktiv moddaga kiritish va yorugʻlikning aktiv moddadan oʻtishida kuchayishi musbat teskari aloqa deyiladi.
  • Demak, rezonatorni tebranish konturi va musbat teskari aloqani ta’minlovchi deb qarash ham mumkindir.
  • Agar rezonator boʻlmasa, aktiv modda elektromagnit yorugʻlik toʻlqinini kuchaytiruvchi boʻlib xizmat qiladi, xolos. Rezonatorsiz lazer nurlanishni hosil qilib boʻlmaydi. Optik kvant generator (lazer) asbobini ishlashi uchun Fabri-Pero rezonatori oraligʻiga aktiv moddaning joylanishi shart va zarurdir.

Avvalo passiv Fabri-Pero rezonatorini qarab chiqamiz. Rezonator koʻzgularining shakli doiraviy boʻlmasdan, toʻrt burchak shaklida va tomonlari a ga teng, koʻzgular orasidagi masofa L ga teng deb qaraymiz. Har qanday rezonator tebra­nish konturi boʻlgani sababli, u xususiy tebranish chastotasiga ega. Rezonatordagi interferensiyalanuvchi yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga koʻra tebranish turlari (modalar) hosil boʻladi. Rezonator koʻzgulari oraligʻida hosil boʻlgan har bir turgʻun toʻlqin rezonatorning xususiy modasini (tebranish turini) hosil qiladi. Rezonatorning modasi koʻzgular oraligʻida uygʻongan turgʻun toʻlqindir.

  • Avvalo passiv Fabri-Pero rezonatorini qarab chiqamiz. Rezonator koʻzgularining shakli doiraviy boʻlmasdan, toʻrt burchak shaklida va tomonlari a ga teng, koʻzgular orasidagi masofa L ga teng deb qaraymiz. Har qanday rezonator tebra­nish konturi boʻlgani sababli, u xususiy tebranish chastotasiga ega. Rezonatordagi interferensiyalanuvchi yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga koʻra tebranish turlari (modalar) hosil boʻladi. Rezonator koʻzgulari oraligʻida hosil boʻlgan har bir turgʻun toʻlqin rezonatorning xususiy modasini (tebranish turini) hosil qiladi. Rezonatorning modasi koʻzgular oraligʻida uygʻongan turgʻun toʻlqindir.

Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling