4-ma’ruza rezonator va ularning turlari. Optik rezonatorlar. Rezonatorning aslligi va yo’qotish koeffisiyenti
Download 390 Kb.
|
4-ma’ruza rezonator va ularning turlari. Optik rezonatorlar. Rez
Aktiv rezonatorning vazifasi koʻzgularga tik tushgan yorugʻlik toʻlqinini iziga qaytarib, aktiv modda orqali oʻtkazib, yorugʻlikning kuchayishini ta’minlashdir. Shuning uchun aktiv rezonatorni musbat teskari bogʻlanishni ta’minlovchi sistema deb ham qabul qilingan. Aktiv moddadan chiqqan yorugʻlikni qaytarib yana aktiv moddaga kiritish va yorugʻlikning aktiv moddadan oʻtishida kuchayishi musbat teskari aloqa deyiladi.
Avvalo passiv Fabri-Pero rezonatorini qarab chiqamiz. Rezonator koʻzgularining shakli doiraviy boʻlmasdan, toʻrt burchak shaklida va tomonlari a ga teng, koʻzgular orasidagi masofa L ga teng deb qaraymiz. Har qanday rezonator tebranish konturi boʻlgani sababli, u xususiy tebranish chastotasiga ega. Rezonatordagi interferensiyalanuvchi yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga koʻra tebranish turlari (modalar) hosil boʻladi. Rezonator koʻzgulari oraligʻida hosil boʻlgan har bir turgʻun toʻlqin rezonatorning xususiy modasini (tebranish turini) hosil qiladi. Rezonatorning modasi koʻzgular oraligʻida uygʻongan turgʻun toʻlqindir.
Download 390 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling