4-маруза. Товар пул муносабатлари


Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etadi


Download 23.26 Kb.
bet7/8
Sana02.06.2024
Hajmi23.26 Kb.
#1836643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.RAQOBAT VA MONOPOLIYA

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

  • Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan (1996 yil 27 dekabrda) «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta'minlashga qaratilgan. Shuningdek, mazkur qonunda mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste'mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish zarurligi belgilab qo‘yilgan.

Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:

-Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan bozordagi ustunlik mavqeining suiste'mol qilinishi (5-modda);

-Xo‘jalik sub'ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);

-Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);

-G‘irrom raqobat (8-modda).

Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi tovarlarning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat Reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan.

O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) Iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish.

Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institusional islohotlar zarur;


Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling