4-ma’ruza: Yaqin va O’rta Sharq davlatlari ichki va tashqi siyosatining xususiyatlari
Download 455.88 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
/ М.А. Сапронова,
И.А. Ракитская, А.Г. Орлов, Н.Б. Крысенкова; науч. ред. А.В. Иванченко, В.И. Лафитский. – М.: РЦОИТ, 2012. – Б. 37. MAR sud hokimiyati tizimi sud tizimining mustaqiligi va odilligi prinsipiga asoslanadi. Sudyalar faqat Misr fuqarosi bo’lishi zarur. Birinchi instansiya sudlari uchun sudyalar 30 yoshdan kam bo’lmasligi, apelyatsiya sudlaridagi sudyalar esa 40 yoshdan kam bo’lmasligi kerak. MARdagi barcha sud organlari tarkibi president huzuridagi Oliy kengash magistraturasi tomonidan tayinlanadi. Sud hokimiyati tizimida konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat qilish ishlarini Oliy konstitutsiyaviy sud amalga oshiradi. Misr prokuratura tizimi prezident tomonidan tayinlanadigan Bosh prokuror tomonidan boshqariladi. Har bir gubernatorlikning o’z prokurori mavjud bo’lib prokuratura xodimlari Adliya vazirligi tomonidan tayinlanadi. Shu bilan birgalikda MAR davlat boshqaruvida shariat normalari qonunchilik tizimining muhim manbasi hisoblanadi. Shariat normalari asosan jamiyatda oila- nikoh munosabatlari, axloqiy normalar, diniy marosimlarni amalga oshirish qoidalarini nazorat qiladi. Biroq, MAR konstitutsiyasi dunyoviy xarakterga ega bo’lganligi bois musulmon huquqi normalari ma’lum darajada cheklangan. Yuqoridagilardan kelib chiqish aytish mumkinki, Misr Arab Respublikasining davlat boshqaruvi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda rivojlangan davlatlarning tajribasiga asoslanadi. Barcha boshqaruv organlari faoliyati jahonda umume’tirof etilgan huquq normalari bilan muvofiqlashtirilib, mamlakat konstitutsiyasida o’z aksini topgan. Har qanday davlatning qudratini ko‘rsatib beruvchi bir qator muhim omillar mavjudki, ular orasida buyuk tarixiylik omili ajralib turadi. Turkiya va Misr ham nafaqat musulmon dunyosi, balki butun jahon tamaddunining eng boy va tarixiy o‘lkalari hisoblanadi. Mazkur mamlakatlar o‘zining tarixiy rivojlanish dinamikasida, shuningdek, islomiy rivojlanish yo‘nalishida o‘ziga xos yo‘lni bosib o‘tgan mintaqaviy davlatlar toifasiga kiruvchi kuch markazlari hisoblanadi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning turli xil yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishdan avval har bir davlatning tashqi siyosati, geosiyosiy rivojlanishi va mintaqa miqyosidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Turkiya Respublikasi Usmonlilar imperiyasining siyosiy merosxo‘ri sifatida juda qulay geosiyosiy hududda joylashgan. Turkiya Osiyoning janubi-g‘arbi, Yevropaning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, mamlakat O‘rta Yer, Marmar, Egey va Qora Yer dengiziga chiqishga imkon beradigan, shuningdek, Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari chorrahasi ekanligi, hech bir istisnosiz, Turkiyani “Osiyo va Yevropa ko‘prigi” deb atash imkonini beradi. Shu singari muhim va istiqbolli omillar Turkiyani mintaqaviy siyosatdagi roli va ahamiyatini yanada oshiradi. Rasmiy Anqaraning tashqi siyosati mintaqadagi o‘zgarishlar bilan hamohang tarzda bo‘lib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Turkiya tashqi siyosatini quyidagi bosqichlarga bo‘lib chiqish orqali uning ustuvor yo‘nalishlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin: Birinchi bosqich – 1923-1950-yillar (Turkiya Respublikasining tashkil topishi va mamlakatda Mustafo Kamol Otaturk olib borgan islohotlar natijasida Turkiya xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intiladi); Ikkinchi bosqich – 1945-1974-yillar (“Sovuq urush”ning boshlanishi natijasida Turkiyaning xalqaro munosabatlarda AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari bilan hamkorlik munosabatlari mustahkamlanadi va tashqi siyosiy strategiya bir qutblilikka asoslanadi); Uchinchi bosqich – 1974-1980-yillar (Kipr muammosini hal qilish masalasida G‘arb davlatlari, ayniqsa AQSh Turkiyani aybdor davlat sifatida ko‘rsatadi va hamkorlik munosabatlari sovuqlashishi kuzatiladi. Natijada Turkiya tashqi siyosiy strategiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi); To‘rtinchi bosqich - 1980-2002-yillar (Turkiyada hokimiyat to‘natarilishi natijasida harbiylarning davlat boshqaruvini qo‘lga kiritganidan so‘ng, AQSh bilan aloqalar qayta tiklana boshlaydi. Bundan tashqari, Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng Turkiya tashqi siyosatida Kavkazorti, Markaziy Osiyo va Bolqon mintaqasi muhim rol o‘ynab, Anqara bu hududlarni o‘z ta’sir doirasiga olishi kuzatiladi);
Beshinchi bosqich – 2002-2016-yillar (hokimiyatga kelgan ATP tashqi siyosat vektorini bir qutblilikdan ko‘p qutblilikka o‘tishini boshlab berdi) 22 .
oshirilgan harbiy to‘natarish muvaffaqiyatsiz yakunlandi va Turkiya Prezidenti Rajab Tayip Erdo‘g‘on tomonidan to‘natarish tashabbuskori sifatida Fathulla Gulen va uni qo‘llab-quvvatlagan AQSh baholandi. Natijada Amerika bilan munosabatlar sovuqlashib Turkiya tashqi siyosatidagi yo‘nalishlar Rossiya, Eron va boshqa mamlakatlar bilan yaqinlashish yo‘nalishiga o‘ta boshladi). Turkiyaning tashqi siyosati shakllanishi va keyingi bosqichlarda asosiy yo‘nalish sifatida Yevropaga intilish sa’y-harakatlari, jumladan, Yevropa Ittifoqi a’zoligiga kirish masalalarini hal etilmasligi, Turkiyani rivojlanayotgan musulmon mamlakatlari, shuningdek, turkiyzabon davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga chorladi va buni “Sharqqa burilish” degan ibora bilan atasak, to‘g‘ri bo‘ladi. So‘nggi yillarda Turkiyaning iqtisodiy jihatdan shiddat bilan rivojlanishi va mamlakatdagi siyosiy hayotning demokratlashishi, uning nafaqat musulmon olamida, balki butun boshli rivojlanayotgan mamalakatlar uchun iqtisodiy-siyosiy modelga aylanishiga sabab bo‘lgan edi. Bunday ijobiy pozitsiyadan foydalangan Turkiya, o‘zining siyosiy ambitsiyalarini yaqin qo‘shni mamlakatlarga yoya boshladi. Rivojlanishning asosiy sababchisi bo‘lmish iqtisodiy va siyosiy tizimga zarar yetkazmaslik va uni ushlab turish maqsadida Turkiya o‘zini o‘rab olgan siyosiy jihatdan beqaror bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar, hamda o‘zining Yevropa va Osiyo, Shimol va Janub o‘rtasidagi siyosiy-geografik pozitsiyasi (bir vaqtning o‘zida ham qulay, ham xavfli joylashish) tufayli to‘qnashuvlardan saqlanish maqsadida zamonaviy tashqi siyosiy konsepsiyasini ishlab chiqqan edi.
22 Ахмедов А. Туркия ташқи сиёсатининг тарихий-тадрижий тараққиёти. // XXI асрда жаҳон сиёсати ва Ўзбекистон тажрибаси: сиёсий, ҳуқуқий ва ижтимоий жиҳатлари. “Ўзбекистон ва ҳалқаро ҳамжамият” рукни остида Республика миқёсидаги илмий – амалий конференция материаллари тўплами (Тошкент, 8 апрель 2017 йил) // Масъул муҳаррир: Ш.А. Ёвқочев. – Т.: ТошДШИ, 2017. – Б. 222.
Konsepsiyaning asosini “qo‘shnilar bilan nol muammo” g‘oyasi tashkil qilgan edi. Paradoksal ravishda o‘zining qo‘shnilari bilan nol muammo shiori bilan mashhur bo‘lgan bu konsepsiya o‘z shioriga tamomila teskari natijalarni berdi. Bunga sabab Turkiya siyosatchilarning uzoqni ko‘ra bila olmaganliklari va bugungi zamonaviy Turkiyaning rivojlanishi, siyosiy ambitsiyalari va geografik joylashuviga ko‘ra nafaqat qo‘shni mamlakatlar bilan, balki xalqaro miqyosda ham dushmanlar orttirishi turgan gap ekanligini tushunib yetmaganliklaridadir. Hozirgi Turkiya siyosiy va iqtisodiy holatiga ko‘ra hamma bilan birdek do‘st bo‘lishga qodir bo‘lgan neytral davlatga aylana olmasligi oldindan ma'lum edi. Shu reallikdan ko‘z yumgan holda mamlakatning siyosiy pozitsiyalarini abstrakt va tushunarsiz belgilash, Turkiyani nafaqat hamma bilan do‘stlikni saqlab qolishiga yordam bermadi, balki uni hamma bilan dushmanga aylanishiga olib keldi. Ayni paytda Turkiyaning Arab dunyosida ham qiladigan ishi qolmaganligi Arab bahori va undan so‘nggi Musulmon Birodarlarining siyosiy mag‘lubiyati bilan ko‘rsatib berildi. Tarixiy jihatdan Usmoniylar imperiyasining hududini tashkil qilgan bugungi Arab mamlakatlarining deyarli barchasida Turkiyaga yo dushman yoki raqobatchi ko‘zi bilan qaraydigan hukumatlar o‘rnashib oldi. Suriyadagi fuqarolar urushi va undagi Turkiya strategiyasining boshi berk ko‘chasiga kirib qolishi uni Arab dunyosi bilan ham siyosiy va ham geografik jihatdan uzilib qolishiga olib keldi. Eron va Rossiya o‘ziga yarasha geopolitik tuzilmalar bo‘lganligi tufayli va Kavkazda joylashgan Armaniston hamda Rossiya va Eronning kuchli ta’siri bu hududda ham Turkiyaga kelajak yo‘qligini ko‘rsatadi. Biroq, Turkiya bu hududda o‘rnashib olish uchun yuqoridagi davlatlar bilan munosabatlarga kirishishga majbur bo‘lmoqda 23 . Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, yuqorida ta’kidlangan tahlillar singari Turkiya tashqi siyosiy falokat yoqasida qolmaganligini ko‘rish mumkin. Turkiya bir qator
23 Rahmanov A. Turkiya siyosiy falokat yoqasida . https://geopolitika.uz/13-hududlar/yevrosiyo/yaqin-sharq/109- turkiya-siyosiy-falokat-yoqasida
davlatlar bilan munosabatlarini qaytadan yo‘lga qo‘yishga intilmoqda. Turkiyaning geosiyosiy jihatdan qulay hududda joylashganligi barcha yetakchi davlatlar, shu bilan birgalikda, Arab davlatlarini ham Turkiya bilan hisoblashishga majbur etadi, boshqacha aytganda, mintaqadagi kuch markazlari Turkiya bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor hisoblanadi. Mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash Misr Arab Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki chet el investitsiyalari tinch va barqaror mintaqalardagina joriy qilinadi. Misr o‘zining mintaqadagi va jahondagi obro‘-e’tibori va ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida aksariyat mintaqaviy loyihalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi 24 .
xavfsizllikni ta’minlash va umuman Yaqin Sharqdagi nizoli hollarni hal qilish shular jumlasidandir. Aynan mana shu omillar Misr prezidentini davlat rahbari va yetakchi sifatidagi obro‘yini ko‘tarib yuboradi. Bundan tashqari o‘zaro foydali asoslarda chet el investitsiyalarini jalb qilinishiga olib keladi. Misrning xalqaro maydondagi yana bir maqsadi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi huquqiga ega bo‘lishdir. Bu haqda Milliy Majlisning tashqi ishlar qo‘mitasi 1996-yil mayda qilgan ma’ruzasida aytilgan edi. Unga ko‘ra, Misr BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lishi uchun xalqaro maydondagi barcha davlatlar bilan yaqin va do‘stona aloqalar o‘rnatish va mintaqada Misrning yetakchi sifatida ta’sir doirasini kengaytirish lozimligi aytib o‘tildi. Bu mintaqa davlatlari va Misr bilan do‘stona aloqada bo‘lgan barcha davlatlar manfaatlariga mos kelar edi. Rasmiy Qohira BMTni isloh qilish dasturi bo‘yicha Afrikaga ajratiladigan Xavfsizlik Kengashidagi ikki o‘rindan biriga mos kelishini bir qator omillar bilan izohlaydi. Buni isbotlash uchun ko‘pgina dalillarni keltirib o‘tadi. Misr tashqi ishlar vaziri Ahmed al- Hait shunday deydi: “Misr butun Afrika bo‘yicha eng katta iqtisodiyotga va xalqaro hamjamiyat bilan keng aloqalar o‘rnatishga imkon beruvchi eng ko‘p diplomatik missiyaga ega. Bundan tashqari Misr ko‘plab xalqaro tinchlikparvar operatsiyalarda
24 Aл-Бухари М., Гафуров С. Арабская Республика Египет. Учебное пособие. (под ред акад. Н.Ибрагимова). – Т.: ТашГИВ, 2002. – С.87. qatnashayotgan ko‘psonli armiyaga ega. Shunday ekan arab, islom va O‘rtayer dengizi nomidan Xavfsizlik Kengashida qatnashishi mumkin bo‘lgan Afrika a’zosi bo‘la oladi. Misr buning uchun kerakli yordamni arab davlatlaridan oladi” 25 . Misrning kelgusidagi taraqqiyoti va istiqbolini ta’minlovchi omillar qatoriga geografik joylashuvini keltirishimiz mumkin. Misr Arab Sharqining ikki qismini – Mag‘rib va Mashriqni bir-biri bilan bog‘labgina qolmay, turli madaniyatlar tutashgan markazda joylashgan. Bu Misrning bir paytning o‘zida bir necha mintaqaning xalqaro munosabatlarida faol ishtirokchi bo‘lish imkonini beradi. Chunki u Afrika, Osiyo va O‘rta Yer dengizi mintaqalari tutashgan joyda joylashgan. XX-XXI asr davomida mana shu mintaqalar bilan faol hamkorllik munosabatlarini o‘rnatib, integratsion tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Suvaysh ustidan Misrning to‘laqonli mustaqilligi uning xalqaro maydondagi strategik ahamiyatini oshirib yuboradi. Bu kanal orqali dunyo bo‘yicha 10% tashuvlar amalga oshiriladi. Suvaysh kanalidan Misrga 2002-yil 1,9 mlrd dollar daromad kelgan bo‘lsa, 2004-yil bu ko‘rsatgich 3 mlrdga yetdi 26 . XXI asrda Misr o‘zining ko‘p sonli aholisi bilan mintaqada yetakchilik uchun da’vogarlardan biri bo‘ldi. Misr tashqi siyosati ko‘p qirraliligi va faolligi bilan, zamonaviy xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalarini qamrab olganligi bilan munosib o‘rin egallaydi. Ko‘p sonli armiya nafaqat o‘z suverenitetini, balki mintaqa xavfsizligining garovi hamdir. Misr o‘z qo‘shnilari bilan iliq va do‘stona munosabatlar o‘rnatib, mintaqaning ommaviy qirg‘in qurollaridan holi bo‘lishiga harakat qiladi 27 .
ekspertlar Husni Muborak rejimini mintaqadagi eng barqaror rejimlardan biri deb hisoblashgan. Tadqiqotchi Altavil Faris Alining ta’kidlashicha, ommaviy noroziliklar to‘lqini boshlangunga qadar Misrdagi ko‘p partiyaviylik tizimi,
25 Ёвкочев Ш.А. Миср Араб Республикасида: давлат ва диний институтлар. Ўзбекистон Республикаси Президенти хузуридаги Давлат ва жамият қуриш академияси. –Т., 2007. – Б.32. 26 Towards constructing an Egyptian democracy index (A glance on the international indexes). The Social Contract Center August 2014. 27 Мунавваров З.И Страны Аравийского полуострова в международных политических и экономических отношениях XX века: автореф. дисс. ... док. полит. наук. – Т., 1997. –C.34. saylovlardagi raqobat muhitining kuchayib borishi, parlament, mahalliy boshqaruv organlari hamda sud hokimiyati organlarining barqaror faoliyati mamlakatda demokratik unsurlarning shakllantirgani hamda uni mintaqaning barqaror demokratik davlatlaridan biriga aylantirgan edi 28 . Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, “Arab bahori” boshlangan 2010-yil dekabrida Misrda parlament saylovlari o‘tkazilayotgan edi. Ushbu saylovlarda “Musulmon birodarlari” tashkiloti faoliyatiga hukumat tomonidan jiddiy qarshilik amalga oshirildi. Buning ikkita asosiy sababi bor: birinchisi – bundan oldingi saylovlarda tashkilot o‘z faoliyati davomida eng yuqori o‘rinni egallagani bo‘lsa, ikkinchisi mintaqadagi davlatlarda olomon noroziliklarning avj olishi hisoblangan. Shu boisdan Misr bir qarashda bunday inqilobiy vaziyatga tayyor turgandek ko‘ringan edi. Biroq, voqealar rivoji buning aksini ko‘rsatdi. Shu jihatdan Misrdagi “arab bahori”da ichki ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy vaziyatdan ko‘ra, tashqi kuchlarning ta’siri nihoyatda kuchli rol o‘ynaganini ko‘rish mumkin. “Arab bahori” hodisalarida Misrda islomiy harakat kuchlarining hokimiyat tepasiga kelishi bilan yakunladi. Misrning tarixi guvohlik beradiki, hech qaysi Misr boshqaruv tizimi “Arab bahori” hodisalarigacha “Musulmon birodarlari”ni hokimiyatga kelishiga izn bermagan. Shu jihatdan Misrdagi “Arab bahori” hodisalarini islomiy boshqaruv tarafdorlarining “tarixiy yutug‘i” sifatida baholash mumkin. Misr prezidentlik saylovlarlarida g‘alaba qozongan “Musulmon birodarlari” a’zosi Muhammad Mursiy o‘z tarafdorlari va g‘arb ommaviy axborot vositalari tomindan Misrning demokratik yo‘l bilan saylangan dastlabki prezidenti deb e’lon qilishdi. Muhammad Mursiy mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni radikal islom tarafdorlarining ko‘rsatmalariga binoan amalga oshira boshladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan “Musulmon birodarlari”ning mamlakat iqtisodiyoti va taraqqiyotini belgilashda aniq dastur va o‘zgarishlarni ko‘rsatib berolmasligi yaqqol ko‘rina boshladi. Misrni qariyb chorak asr davomida dunyoviy taraqqiyot qoidalariga asoslanib boshqarib kelgan harbiylar va liberal kuchlar bunday
28 Altavil Faris Ali. Transformations of political regimes in Egypt and Libya in the context of the Arab spring: comparative analyses. https: // doi.org/10/241158/pep.2017.1.4
boshqaruv uslubiga rozi bo‘lmaligi tabiiy edi. Shu boisdan hech qancha vaqt o‘tmasadan, aniqrog‘i ikki yildan so‘ng Misrda ommaviy noroziliklar qayta sodir etildi. Mursiy rejimiga qarshi kayfiyatdagi ommaviy chiqishlar butun Misrni qamrab oldi. Bunday norozilikning qalqib chiqishi va muvaffaqiyat qozonishida harbiylarning yetakchi o‘ringa ega bo‘lganini alohida qayd etish joiz. Natijada Misr Abdulfattoh as-Sisi boshchiligida yana dunyoviy taraqqiyot vakillaridan iborat bo‘lgan harbiylarning boshqaruv yo‘li joriy etildi. Turkiya va Misr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1925-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, dastlab ishonchli vakil darajasida, 1948-yilda esa elchilar darajasida o‘rnatilgan. Yuzlab yillar davomida Misr Usmonlilar imperiyasining ma’lum bo‘lagi hisoblangan va turli xil davrlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar do‘stonadan dushmanlik kayfiyatigacha o‘zgarib turgan. 1990-yillarda Misr Turkiya bilan munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zaro hamkorlikning asosiy masalalaridan biri Misr gazini Turkiya orqali Yevropaga eksport qilishdan iborat edi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash maqsadida 2005-yilda “Erkin savdo to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi 29 . Mazkur shartnomaning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2006-yildan 2011-yilgacha Turkiyaning Misrga qilgan eksporti 709 mln dollardan 2 mlrd 759 mln dollarga ko‘tarildi 30 .
Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mintaqasida “Arab bahori” natijasida yuz bergan geosiyosiy o‘zgarishlar Turkiya uchun O‘rta Yer dengizi va Afrikaning shimolida mustahkanlanish uchun muhim imkoniyat taqdim eta boshladi. Biroq, 2013-yil iyulda Misrda bo‘lgan harbiy to‘natarish Turkiyaning istiqboldagi rejalariga putur yetkazdi. Natijada o‘zaro munosabatlar sovuqlashib diplomatik aloqalar to‘xtatib qo‘yildi. Xususan, 2013-yil 23-noyabrda Misrdagi Turkiya elchisi Huseyn Avni Botsal persona non-grata deb e’lon qilindi va Misr Anqaradan elchisini
29 Первин Мамед-заде. Современная внешняя политика Египта: приоритеты и особенности // Пространство и время в мировой политике и международных отношениях.. – Москва: МГИМО-Университет, 2007. – Т. 6. – С. 127-141. 30 Калугин П. Е. Современное стратегическое сотрудничество Российской Федерации с Турцией в сфере энергетики. Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических наук. Иркутск, 2014. – С. 167. chaqirib oldi. Misr hukumati mazkur qarorini Turkiya Prezidenti Rajab Tayip Erdo‘g‘onning ag‘darilgan rejim hisoblangan Muhammad Mursiy hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashi va bu bilan mamlakat ichki ishlariga aralashish sifatida izohladi. Londonning “Al-Sharq Al-Awsat” nashriyotida keltirilgan Misrdagi to‘natarishdan so‘ng Musulmon birodarlarining kelajakdagi taqdirini belgilashga qaratilgan muhokamaning Istanbulda o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 31 ham
Turkiyani Misrdagi harbiy to‘ntarishga jiddiy qarshi ekanligini amalda tasdiqladi. Misrning Tashqi aloqalar bo‘yicha parlament komissiyasi rahbari Muhammad Ibrohim Shokir qabul qilingan qaror ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblamaydi. Uning fikricha, mazkur qaror faqat Erdo‘g‘onning inqilob haqidagi keskin bayonotiga qarshi Misrning javobi hisoblanadi 32 . Bundan tashqari, Turkiyaning bir qator siyosiy namoyondalari Turkiyaning Misr ichki ishlariga jiddiy aralashganini takroriy ta’kidlashmoqda. Masalan, “Milliy qutqarish fronti” siyosiy bloki rahbari Nabil Zakiyning ta’kidlashicha, “Erdo‘g‘on uchun Misr go‘yoki Usmonlilarning bir viloyati hisoblanadi va Turkiya Sinay yarim orolida va Shimoliy Afrikaning bir qator hududlarida terrorizm unsurlarini qo‘llab-quvvatlamoqda” 33 . Misrning Musulmon birodarlari mafkuraviy jihatdan Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasiga juda yaqin. 2012-yilda Musulmon birodarlarini hokimiyat kelishi Turkiya tomonidan olqishlandi va o‘z navbatida “birodarlar” ham Turkiya timsolidagi “uyg‘un islom jamiyati va davlati”ni yaratish rejasida Turkiya bilan hamkorlik qilishini yashirib o‘tirmadi. Tabiiyki, As-Sisi tomonidan amalga oshirilgan to‘ntarish shunday rejalarni yo‘qqa chiqardi. Shu sababdan Turkiya yetakchisi Erdo‘g‘on As-Sisini xalq tomonidan tanlangan hokimiyatni
31 Al-Sharq Al-Awsat. November 25, 2013 http://www.aawsat.com/details.asp?section=4&article 32 Al-Ahram. November 23, 2013 , November 24, 2013. http://www.ahram.org.eg/News/1012/25/244158 33 Армине Акопян. Египетско-турецкие отношения сквозь призму геополитического противоборства. http://csef.ru/ru/politica-i-geopolitica/477/egipetsko-tureczkie-otnosheniya-skvoz-prizmu-geopoliticheskogo protivoborstva-4919
ag‘darganlikda ayblab, uni diktator deb atashini ma’lum qiladi. Qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, Turkiya uchun Misr to‘ntarishining boshqa bir jihati ham bor. Misrda hokimiyatning harbiylar qo‘liga o‘tishi, Turkiyada siyosiy dastak hisoblangan harbiylarning Erdo‘g‘onga qarshi bosh ko‘tarishiga sabab bo‘lishi ham Turkiya Prezidentini xavotirga soldi. Turkiya va Misr o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar har ikki mamlakat uchun ham muhim ahamiyatga ega. Buni quyidagi omillar orqali ko‘rishimiz mumkin: Birinchidan, ikki davlatning geografik yaqinligi hamda yuqori ko‘rsatgichli aholi soni o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya uchun katta bozor hisoblanadi. Ikkinchidan, Turkiya eksportchilari uchun Misr “Afrika darvozasi” hisoblanadi. Bu strategik ahamiyatga ega Suvaysh kanali hududlaridagi logistika yo‘nalishida istiqboli katta imkoniyatdir. Misrning COMESA (Common Market for Eastern and Southern Africa), Agadir shartnomasi, EFTA (Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Lixtenshteyn) mamlakatlari bilan “Erkin savdo to‘g‘risida”gi shartnoma va boshqa savdo shartnomalarining muhim a’zosi hisoblanadi. Bu omil Sharqiy Afrika, Yevropa, bir qator arab davlatlari va hattoki AQShda ham turk eksportchilarini o‘z pozitsiyasini mustahkamlab olishiga imkoniyat yaratib beradi. O‘z navbatida, Misr uchun Turkiya o‘z mahsulotlarini Anqara orqali Yevropa bozorlariga oson va arzon xarajatlar bilan olib chiqishda muhim yo‘lak hisoblanadi. Uchinchidan, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli sanalgan Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi uglevodorod zaxiralarini birgalikda izlash imkonini beradi. To‘rtinchidan, iqtisodiy hamkorlik mehnat migratsiyasi va turizm sohalaridagi keng imkoniyalarni ochib beradi 34 .
2005-yilda Misr iqtisodiyotiga kiritilgan Turkiya investitsiyasi 60 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib bu ko‘rsatgich 1,5 mlrd dollarga yetdi. 2010-
34 Носков А.Ю. Об экономических отношениях Турции и Египта. http://www.iimes.ru/?p=32884 yil holatiga ko‘ra, Misrda 40 ming misrlik ishchini o‘z ichiga olgan 250 ta turk kompaniyalari faoliyat olib borar edi 35 . 2011-yilda Misrda sodir bo‘lgan voqealar natijasida Turkiya eksporti hajmi 2011-yilda 3,681 mlrd dollardan 2012-yilga kelib 2,758 mlrd dollarga tushib ketdi. Umuman olganda, Turkiya bilan Misr o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar o‘z keskinligini saqlab qolmoqda. Siyosiy munosabatlarni yumshatishga ikki tomonning ham istagi yo‘q ekanligi yoki bunday munosabatlarni o‘rnatishda tomonlarning bir qator shartlarni ilgari surishi holatlar davom etmoqda. Iqtisodiy munosabatlarda esa hozirgi davrda ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan siljishlarni ko‘rish mumkin.
35 http://www.telegraph.co.uk/news/wikileaks-files/egypt-wikileaks-cables/8326861/TURKISH-INVESTMENTS- IN-EGYPT-GROWING-FAST.html Download 455.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling