4-mashg’ulot Landshaft kartasini mazmuni bilan tanishish Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar
Download 27.8 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-amaliy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tipologik landshaftlar.
- Sinflarga
4-mashg’ulot Landshaft kartasini mazmuni bilan tanishish Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: har xil masshtabdagi rangli topgrafik va tuproq kartalari, tarqatma materiallar, ko’rgazmali materiallar. Mashg’ulotdan maqsad: landshaft kartalari bilan tanishish, ishlashni, o’qishni, kartada landshaftlarning ko’rinishini, sinflarga bo’linishi va boshqalarni aniqlashni o’rganish. Tipologik landshaftlar. Tipologik landshaftlar morfologik ko’rsatkichlari, ular orasidagi o’zaro bog’liqlik va bir-biridan farqlanuvchi belgilari bilan ajralib turadi. Landshaftlarning eng oddiy, kichik morfologik birligi fatsiya deyiladi. Fastiya doirasida tabiiy komponentlarning o’zaro bog’liqligi deyarli bir xil bo’ladi. Fatsiya hududida yerning ustki qatlami tuzilishi, relefning shakli, namlanishi, mikroiqlimi, tuproq tipi, o’simlik va hayvonot dunyosi nisbatan bir xil bo’ladi. Fatsiya sifatida tog’ va adirlardagi jarliklarning yonbag’irlari, daryo o’zanidagi chuqur bo’lmagan pastliklarni ko’rsatish mumkin. Bir nechta fastiyalar birgalikda bitta mezorelef hududida soylikni hosil qiladi. Soyliklarning har biri barcha landshaft komponentlarini o’z ichiga oladi. Yer tuzish ishlarini amalga oshirishda (loyihalashda) har bir soy alohida tabiiy maydon (zaxira) hisoblanadi. Bularga daryo qirg’og’ining quyi qismida joylashgan yerlar, daryo uzani yonidagi nisbatan baland yerlar kiradi. Landshaft morfologik qismlari, ularning miqdoriy kursatkichlari asosida bir-biridan farqlanuvchi tasnifiy, o’rta va yuqori landshaft kurinishi, tip, tipcha, sinf va sinfchalarga bo’linadi. Sinflarga: orografik va geologo-geomarfologik xususiyatlari bo’yicha nisbatan bir xil bo’lgan hududlar kiradi (tog’liklar, tekisliklar). Sinfchalarga: sinflar kiruvchi hududlarning ayrim belgilariga qarab tabaqalashgan maydonlar kiradi (tog’ning yuqori qismida, past qismida va oralig’ida shakllangan landshaftlar). Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling